Kamashi tumani xalk ta’limi bo‘limiga qarashli


Download 18.23 Kb.
Sana20.02.2023
Hajmi18.23 Kb.
#1215262
Bog'liq
19- yanvar


Kamashi tumani xalk ta’limi bo‘limiga qarashli 39- umumiy o‘rta ta’lim maktabining yig‘ilish


B A Yo N N O M A S I
25-Yanvar 2021 yil "Oqrabot"MFY


Kamashi tuman XTBga qarashli 39- umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 19 yanvar kuni “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillishtirish” masalalari bo‘yicha videoselektor mazmun mohiyatini pedagogik jamoa oldida muhokamasi yig‘ilish bayoni


Yig‘ilish raisi: R.Rajabov
Yig‘ilish kotibasi: S.Bobonazarova
Qatnashdilar: MMIBDO‘N.Suyarov, O‘TIBDO‘ Z.Nomozova, 18 nafar sinf rahbar hamda fan o‘qituvchilari.


Kun tartibidagi masala:


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 19 yanvar kuni “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillishtirish” masalalari bo‘yicha videoselektor mazmun mohiyatini, unda ko‘rilgan masalalar taxlili.


Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori R.Rajabov so‘zga chiqib, Joriy yilning 19 yanvar kuni muhtaram Prezidentimiz raisligida ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi bosqichida ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifat sohasini zamonaviy mezonlar bo‘yicha rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu yig‘ilish mazkur sohadagi ishlar ko‘lami bundan buyon sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilishidan dalolat beradi.
— Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir, — dedi davlatimiz rahbari. — Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz.
Birinchisi – bozortamoyillarigaasoslangankuchliiqtisodiyot.
Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat.
Bu kun mamlakatimiz ma’naviy hayotida chin ma’noda tarixiy voqea sifatida e’tirof etishga arziydi. Boisi shu kuni yangragan ezgu fikrlar hayotimiz ma’no-mazmuni, yurtimiz taraqqiyotini belgilovchi mushtarak maqsadlarimizni amalga oshirishga xizmat qiladi. Chunki ma’naviy asoslarsiz, ma’naviyat qadriyatlar hamda ma’naviy negizlarsiz hech bir jamiyat, xalq yuksak maqsadlarga erisha olmaydi.
Yuqoridagi ma’ruza yuzasidan MMIBDO‘ N.Suyarov so‘zga chiqib darhaqiqat, bugun ma’naviyat hayot-mamot masalasi ekan, yuksak ma’naviyatli avlodni tarbiyalashda ta’lim tizimi muhim o‘rin tutadi. Shu ma’noda, umumta’lim maktablarida qo‘shimcha ravishda ijodkor ziyolilar uchun shtat birliklari ajratish, ular uchun yagona bir metodika yaratish, ma’naviy tarbiya yo‘nalishida yagona metodologiya bo‘lishga erishish vazifasi belgilandi.
Ta’lim tizimi ma’naviyatsiz, ma’naviy ilmsiz aslo mukammal bo‘lmaydi. Endilikda bu borada tegishli davlat va jamoat tashkilotlari o‘zaro hamkorlikda mas’uliyat bilan ishlasa, ma’nan barakamol avlod orzusi yo‘lidagi islohotlar, albatta, o‘z samarasini beradi.
«Yoshlarga katta - katta lavozimlarni ishonib topshiryapmiz. Ularda bilim bor, iste’dod bor. Afsuski, ayrimlari milliyz amin, milliy ma’naviyatimizdan uzoqlashib ketgani sezilib qolmoqda. Ularning ko‘plari o‘zlari o‘qib kelgan xorijiy davlatlardagi tajribani tez va shoshilinch amalga oshirmoqchi bo‘lyaptilar, ammo bunday natijaga o‘sha davlatlar birnecha yuz yillar davomida erishgani haqida ular o‘ylab ko‘rmayapti.
Men bunday yoshlarimizga milliy tariximiz va qadriyatlarimizni, o‘z ijtimoiy muhitini chuqur o‘rganishni maslahat bergan bo‘lar edim», – dedi Mirziyoev.
Davlat rahbari ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni chuqur tushunib, ta’sirchan tilda yetkazib beradigan tahlilchi va ekspertlar juda kamligini qayd etdi.
«Bugun dunyoda insonning ongi va qalbini egallash tobora kuchayib bormoqda. Bu ishning boshida turgan kuchlar o‘z maqsadiga erishish yo‘lida targ‘ibotning barcha usullaridan unumli foydalanyapti. Shunday vaziyatda jamiyatimizni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlarni tubdan qayta ko‘rib chiqishimiz zarur.
Umuminsoniy, milliy va diniy qadriyatlarimizga bepisandlik holatlariga qarshi kurashning metodologik asoslarini shakllantirishimiz lozim.
Shu ma’noda Ma’naviyat va ma’rifat, Taraqqiyot strategiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazlari, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi tadqiqot institutlari haqiqiy aql markazlariga aylanishi kerak», – dedi Shavkat Mirziyoev.
MMIBDO‘ N.Suyarov o‘z fikrlarini bildirdi, Prezidentimizning ma’ruzalaridan kelib chiqib, Ta’lim tizimi ma’naviyatsiz, ma’naviy ilmsiz aslo mukammal bo‘lmaydi. Endilikda bu borada tegishli davlat va maktab jamoasi o‘zaro hamkorlikda mas’uliyat bilan ishlasa, ma’nan barakamol avlod orzusi yo‘lidagi islohotlar, albatta, o‘z samarasini beradi deb aytib o‘tdi.


Yuqoridagilardan kelib chiqib yig‘ilish
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 19 yanvar kuni “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillishtirish” masalalari bo‘yicha videoselektor mazmuni ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillishtirish” masalalarini MMIBDO‘ N.Suyarov sinf rahbarlar va o‘quvchilar uning mazmun moiyatini tushuntirish ishlarini olib borsin.


Yig‘ilish raisi: R.Rajabov
Download 18.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling