Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
-bob. Kasb-hunarga o‘qitishni tashkil etish va kasb-hunarga o‘qitish jarayoni qatnashchilari
Download 1.39 Mb.
|
183 05.04.2021
5-bob. Kasb-hunarga o‘qitishni tashkil etish va kasb-hunarga o‘qitish jarayoni qatnashchilari
17. Kasb-hunarga o‘qitish markazida hududiy mehnat organlari tomonidan ro‘yxatga olingan ishsiz va ish qidirayotgan shaxslar, shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hamda “labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatga olingan fuqarolarni tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillarga o‘qitish, kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomaga asosan bepul amalga oshiriladi. 18. Mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgandan tashqari shaxslarni tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillarga o‘qitish, kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish fuqarolarning o‘z mablag‘lari, buyurtmachilar mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 19. Kasb-hunarga o‘qitish quyidagi turlar bo‘yicha amalga oshiriladi: uzoq muddatli o‘qitish — o‘quv jarayoni o‘ttiz haftadan qirq haftagacha davom etadi; o‘rta muddatli o‘qitish — o‘quv jarayoni besh haftadan yigirma besh haftagacha davom etadi; qisqa muddatli o‘qitish — o‘quv jarayoni to‘rt haftagacha davom etadi; ishlab chiqarishda kasbga o‘qitish — o‘quv jarayoni ish beruvchida bir vaqtning o‘zida olib boriladigan mehnat faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bir nafar o‘quvchi uchun kelgusida ish beruvchida ishga joylashtirilgan holda kasbga tayyorlashdan (stajirovkadan) o‘tishi yigirma besh haftagacha davom etadi; maqsadli o‘qitish — o‘quv jarayoni to‘rt haftagacha davom etadi. Uzoq muddatli hamda o‘rta muddatli kasbga o‘qitish kasb-hunarga o‘qitish markazi, ish beruvchi, mahalliy mehnat organi va ishsiz shaxs o‘rtasida tuziladigan to‘rt tomonlama shartnoma asosida amalga oshiriladi. Agar ishsiz shaxs o‘qish tugagach, jismoniy va yuridik shaxslar uchun ish haqini (mehnat daromadini) olishga qaratilgan xizmatlarni ko‘rsatish, ishlarni bajarish bo‘yicha mehnat faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshirish majburiyatini hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishni o‘z zimmasiga oladigan bo‘lsa, o‘rta muddatli o‘qitishga doir shartnoma tuzilayotganda ish beruvchining ishtirok etishi talab qilinmaydi. Bunday holatda kasb-hunarga o‘qitish kasb-hunarga o‘qitish markazi, mahalliy mehnat organi va ishsiz shaxs o‘rtasida tuziladigan ijtimoiy shartnomaga asosan tashkil etiladi. 20. O‘quvchilar, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari tarkibi va ish beruvchilar kasb-hunarga o‘qitish markazi ta’lim jarayonining qatnashchilari hisoblanadilar. 21. Kasb-hunarga o‘qitish markazi o‘quvchilari o‘quv markazining ichki tartib-qoidalariga rioya qilishlari shart. 22. Kasb-hunarga o‘qitish markaziga qabul qilingan o‘quvchilar: kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlikka o‘qish; tashkilotlarda egallayotgan kasbiy ko‘nikmalariga mos bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliyot o‘tash; kasb-hunarga o‘qitish markazining moddiy-texnik bazasi va mol-mulkidan foydalanish; o‘quvchilar turar joyida yashash; belgilangan tartibda o‘qishni boshqa o‘quv markaziga ko‘chirishga haqli. 23. Mahalliy mehnat organlari tomonidan belgilangan tartibda yo‘llanma asosida yuborilgan o‘quvchilarga o‘qish davrida stipendiya to‘lanishi hamda ushbu davrni mehnat stajiga qo‘shish fuqarolarga (ishsizlarga) davlat tomonidan moddiy yordam berishga oid kafolatlar hisoblanadi. 24. O‘qituvchilar tarkibini, ishlab chiqarish ta’limi ustalari va boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi, texnik va boshqa xodimlarni kasb-hunarga o‘qitish markaziga ishga qabul qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 25. O‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining huquqlari va vazifalari qonunchilik hujjatlariga va kasb-hunarga o‘qitish markazi ustaviga muvofiq belgilanadi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling