Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
-bob. Kasb-hunarga o‘qitish maskanlari faoliyatini tashkil etish tartibi
Download 1.39 Mb.
|
183 05.04.2021
7-bob. Kasb-hunarga o‘qitish maskanlari faoliyatini tashkil etish tartibi
35. Kasb-hunarga o‘qitish maskanlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi o‘quv markazlari filiallari (tarkibiy bo‘linmalari) (keyingi o‘rinlarda — maskanlar) sifatida tashkil etiladi. Maskanlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari buyruqlariga muvofiq ushbu hududdagi kasb-hunarga o‘qitish markazlariga alohida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tarkibiy bo‘linma sifatida biriktiriladi. 36. Maskanlar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan tartibda ajratiladigan mahalla guzarlari, ta’lim muassasalari yoki hududdagi boshqa tashkilotlar binolaridagi alohida joylarda tashkil etiladi. 37. Maskanlarda mehnat bozori ehtiyojlari asosida murakkab jihoz va ko‘nikma talab etilmaydigan yo‘nalishlar (tikuvchilik, oshpazlik, qandolatchilik, sartaroshlik, kompyuter savodxonligi, tadbirkorlik asoslari hamda boshqa kasb va mutaxassisliklar) bo‘yicha uch oydan oshmagan, shuningdek, o‘qitish quvvati bir vaqtning o‘zida 15 kishidan oshmagan holda qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi. 38. O‘quv kurslariga mehnat organlari yo‘llanmasi asosida yuborilgan ishsiz shaxslar belgilangan tartibda bepul o‘qitiladi, shuningdek, ushbu toifaga kirmaydigan aholi qatlami uchun o‘quv kurslari pulli asosda tashkil etilishi ham mumkin. 39. Maskanlarda o‘qitiladigan yo‘nalishlar (mutaxassisliklar), ularning o‘quv reja va dasturlari, dars jadvallari va o‘quv jarayoniga tegishli boshqa hujjatlar maskanga biriktirilgan kasb-hunarga o‘qitish markazi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari ko‘rsatmasiga muvofiq tasdiqlanadi. 40. Maskanlarda kasb-hunarga o‘qitish faoliyatini amalga oshiradigan ishlab chiqarish ta’limi ustalari maskanlar joylashgan hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar yoki markazdagi ta’lim ustalari orasidan tanlab olinadi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda biriktirilgan o‘quv markaziga ishga qabul qilinadi. 41. Maskanlarda faoliyat yurituvchi ishlab chiqarish ta’limi ustalari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi kasb-hunarga o‘qitish markazlari hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ko‘rsatmasiga asosan boshqa muassasalarda malaka oshiradi. 42. Maskanlarga ular biriktirilgan kasb-hunarga o‘qitish markazi umumiy rahbarlik qiladi hamda ularning faoliyati yuzasidan barcha masalalarni muvofiqlashtirib boradi. 43. Maskanlarni tamomlagan bitiruvchilarga maskanlar biriktirilgan kasb-hunarga o‘qitish markazlarining tegishli o‘qishni tamomlaganligini tasdiqlovchi hujjat (sertifikat) beriladi. 44. Maskanlarni moddiy-texnik jihatdan ta’minlash, ularga jihoz, asbob-uskuna, o‘quv qurollari, xomashyo, konselyariya mollari hamda o‘quv jarayoniga tegishli boshqa barcha moddiy qimmatliklarni xarid qilish, saqlash va boshqa xarajatlar ushbu maskanlarga biriktirilgan kasb-hunarga o‘qitish markazi talabnomasi asosida tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari tomonidan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manba mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 45. Maskanlardagi mavjud jihoz, asbob-uskuna, o‘quv qurollari va boshqa tovar-moddiy qimmatliklar ushbu maskanlarga biriktirilgan kasb-hunarga o‘qitish markazining mol-mulki hisoblanadi. Ushbu mol-mulkni asrab-avaylash va undan samarali foydalanish bo‘yicha moddiy javobgar shaxs ushbu maskanlarda o‘qitish faoliyatini amalga oshiruvchi ishlab chiqarish ta’limi ustasidir. 46. Maskanlarning mol-mulki va boshqa moddiy qimmatliklarini saqlash, asrab-avaylash bo‘yicha ushbu maskanlarga biriktirilgan kasb-hunarga o‘qitish markazlari barcha chora-tadbirlarni, shu jumladan, texnika xavfsizligi, yong‘inga qarshi signalizatsiya, videokuzatuv, yoritish tizimi, temir panjarali oyna o‘rnatish hamda boshqa ishlarni tashkil etadi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan maskanlar mol-mulki va boshqa moddiy qimmatliklarini saqlash uchun qorovul va farrosh shtatlari maskanlarga biriktirilgan kasb-hunarga o‘qitish markazi tomonidan ta’minlanadi. 47. Maskanlarda o‘quv jarayonlarini tashkil etish va olib borish tartib-taomillari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yo‘riqnomalari, ichki tartib-qoidalar va maskanlar faoliyatiga doir boshqa ichki hujjatlar ushbu maskanlarga biriktirilgan kasb-hunarga o‘qitish markazi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 48. Maskanlar faoliyati ushbu maskanlarga biriktirilgan kasb-hunarga o‘qitish markazining xarajatlar smetasi asosida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari, o‘qish uchun to‘lovlar, xalqaro moliya institutlari kreditlari va grantlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa moliyaviy manbalar hisobidan moliyaviy ta’minlanadi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling