Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
-bob. Kasb-hunarga o‘qitish markazini boshqarish
Download 1.39 Mb.
|
183 05.04.2021
4-bob. Kasb-hunarga o‘qitish markazini boshqarish
12. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning hududiy mehnat organlari kasb-hunarga o‘qitish markazlariga umumiy rahbarlik qiladi, nazoratni tashkil etadi, uning tashkiliy-kadrlar va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini ko‘radi. 13. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazi kasb-hunarga o‘qitish markazlari ishini tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va o‘quv-metodik jihatdan ta’minlaydi. 14. Kasb-hunarga o‘qitish markaziga Qoraqalpog‘iston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi. Kasb-hunarga o‘qitish markazi direktorining O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi. 15. Direktor: kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, o‘quvchilarning o‘qishi va amaliyot o‘tashi, o‘quv rejalari va dasturlari bajarilishi, moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilishi uchun javob beradi; kasb-hunarga o‘qitish markazi nomidan ish ko‘radi, uning manfaatlarini ifoda etadi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uning mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi; kasb-hunarga o‘qitish markazi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi, o‘quv muassasasiga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi; o‘z vakolatlari doirasida kasb-hunarga o‘qitish markazi o‘quvchilari va xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi; kasb-hunarga o‘qitish markazi o‘quv-moddiy bazasini mustahkamlash, o‘quv-amaliyot va kasbga yo‘naltirish ishlarini takomillashtirish, malakali o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bilan butlash hamda kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyati bo‘yicha ayrim masalalarni ko‘rib chiqish uchun davlat boshqaruvi organlariga takliflar kiritadi; o‘qituvchi, boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi, texnik va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi. Direktor qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 16. Kasb-hunarga o‘qitish markazi huzurida kollegial organ hisoblanadigan O‘quv-metodik kengash tashkil etiladi. O‘quv-metodik kengashning asosiy vazifa va funksiyalari kasb-hunarga o‘qitish markazining ustavida belgilanadi. Kasb-hunarga o‘qitish markazining rahbar va mutaxassis xodimlariga, shu jumladan o‘qituvchilari, ishlab chiqarish ta’limi ustalari va boshqa xodimlariga qo‘yiladigan lavozim malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning hududiy mehnat organlari tomonidan belgilanadi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling