Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Download 1.39 Mb.
|
183 05.04.2021
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘rtasida ochiq tanlov (keyingi o‘rinlarda — tanlov) o‘tkazish hamda tanlov g‘oliblariga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan grant ajratish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: grant — hududlardagi ishsiz va band bo‘lmagan aholi, birinchi navbatda, kambag‘al oilalar a’zolari, chet eldan qaytib kelgan mehnat migrantlari, xotin-qizlar va yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun tanlov ishtirokchisiga tanlov asosida ajratiladigan mablag‘lar; kasbga tayyorlash dasturi — ishsiz va band bo‘lmagan aholi, birinchi navbatda, kambag‘al oilalar a’zolari, chet eldan qaytib kelgan mehnat migrantlari, xotin-qizlar va yoshlarni bir (yoki bir necha) kasb-hunarlarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yoxud tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan dastur loyihasi; tanlov komissiyasi — tanlov ishtirokchisi tomonidan yuborilgan kasb-hunarga tayyorlash dasturlarini ko‘rib chiqish, umumlashtirish va baholash maqsadida tanlov tashkilotchilari huzurida tuziladigan komissiya. 3. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalari tanlovning ishtirokchilari (keyingi o‘rinlarda — tanlov ishtirokchilari) hisoblanadi. 4. Tashkil etish ko‘lamiga ko‘ra tanlov respublika hamda viloyat miqyosda o‘tkaziladi. Bunda mazkur Nizomda belgilangan tartibga muvofiq bir marta o‘tkaziladigan tanlovda kasbga tayyorlash dasturiga muvofiq qamrab olinadigan qishloq va chekka joylarda hamda chegara hududlarida yashovchi ishsiz va band bo‘lmagan aholi, ayniqsa, kambag‘al oilalar a’zolari, chet eldan qaytib kelgan mehnat migrantlari, xotin-qizlar va yoshlarning soni: 500 nafargachani tashkil etsa — tanlov viloyat miqyosida; 500 nafardan ko‘p bo‘lsa — tanlov respublika miqyosida tashkil etiladi va o‘tkaziladi. 5. Tanlov respublika miqyosida o‘tkaziladigan tanlovning respublika tashkilotchisi tomonidan, viloyat miqyosida o‘tkaziladigan tanlovning viloyat tashkilotchisi tomonidan mazkur Nizomga muvofiq belgilangan tartibda tashkil etiladi hamda muvofiqlashtiriladi. 6. Tanlovning respublika tashkilotchisi — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) hamda viloyat tashkilotchilari — tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — tanlov tashkilotchilari) hisoblanadi. 7. Respublika va viloyat miqyosida o‘tkaziladigan tanlov uchun bir martalik ajratiladigan grant miqdori tanlovda qamrab olinadigan har bir shaxsga nisbatan bir oy uchun to‘g‘ri keladigan mablag‘ bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravaridan oshmasligi shart. 8. Tanlov g‘oliblari tanlov komissiyasi tomonidan mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha aniqlanadi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling