Kambag’allikni tushunish va iqtisodiy rivojlanish bog’liqlilgi tahlili


Kambag‘allikni barataraf etishning iqtisodiy ahamiyati


Download 1.63 Mb.
bet2/7
Sana19.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1600644
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kambag‘allikni barataraf etishning zarurligi va asosiy yo\'llari

2. Kambag‘allikni barataraf etishning iqtisodiy ahamiyati
O‘zbekistonda mehnat bozori siyosati va mehnatga haq to‘lash siyosatini takomillashtirishsiz bugungi kunda kambag‘allik muammosini samarali hal etib bo‘lmaydi. Aholiga manzilli ijtimoiy yordam dasturlarini ishlab chiqish zarurligini e‘tirof etgan holda shuni ta‘kidlash kerakki, hozirgi sharoitda ushbu dasturlar ko’p jihatdan mehnatga layoqatli aholining aksariyat qismidagi yuqori darajadagi kambag’allikni qisqartirishga qaratilgan. Agar davlat tomonidan belgilangan siyosati aholi bandligini oshirishga, yangi ish o’rinlarini yaratishga va mavjudlarini saqlab qolishning tashkiliy-moliyaviy asoslarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lsa, kambag‘allik darajasini real pasaytirishga erishiladi.
O‘zbekistonda kambag’allik uzoq yillardan beri “yopiq mavzu” bo‘lib kelgan. Davlatimiz rahbarining 2020-yil 24-yanvarda Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomasida bu borada ochiq to‘xtalib, mamlakat tarixida birinchi marta kambag’allikni kamaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

3.Kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi Har bir mamlakatda bo’lgani kabi, mamlakatimizda ham insonlar yashash darajasi va hayot farovonligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. 2020-yil boshida Prezidentimiz kambag‘allikni qisqartirish masalasini davlat siyosatining asosiy vazifasi sifatida belgilab berdi. Umuman, O’zbekistonda kambag’al qatlam mavjudligining tan olinishi sohaga doir siyosatning dastlabki burilish nuqtasi bo’ldi. 2020- yilda mamlakatda kambag’allar soni aholining 12-15 foizini tashkil etishi ochiq-oshkora aytildi. Bugungi kunda mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish, insonlar yashash darajasini yanada yaxshilash, barqaror rivojlanish bo’yicha bir qator chora-tadbirlar, strategiyalar, konsepsiyalar ishlab chiqilmoqda. Jumladan, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, 2026 yil oxiriga qadar mamlakatda kambag’allik darajasini ikki barobarga kamaytirish rejalashtirilmoqda. Kambag’allikni qisqartirishning bosh omili sifatida tadbirkorlikni rivojlantirish, xususan, oilaviy tadbirkorlik, kichik biznes, yakka tartibdagi tadbirkorlik, o‘zini-o‘zi band qilish xizmat qiladi. Shundan kelib chiqib, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yo‘nalishlari, kambag‘allikni qisqartirish yo’llari bo’yicha ilmiy tadqiqot olib borilgan.

  • Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Jahon banki ekspertlari bilan birgalikda olib borilgan o‘rganishlar natijasida mamlakatimizda kambag‘allik darajasini aniqlash uchun oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlardan iborat bo‘lgan hamda bir kishi uchun zarur bo‘lgan minimal iste'mol xarajatlari qiymati tushunchasi kiritilmoqda. Mazkur usulning o‘ziga xosligi aholi real iste'moli tarkibi va xarakteridan (consumption behavior) kelib chiqadi.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling