ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-776-780
Academic Research, Uzbekistan 776 www.ares.uz
ZULFIYA QUROLBOY QIZI NASRIDA REALIZM TAMOYILLARI
Kamola Egamberdiyeva
Respublika ta‟lim markazining Adabiyot fani metodisti
ANNOTATSIYA
Zulfiya Qurolboy qizi hikoya va romanlari o„zbek adabiyotda yaratilgan asarlar
orasida o„zining qiziqarligi, ta'sirchanligi, hayot haqiqati
va insoniy harakterlarni
ishonarli gavdalantirganligi hamda turmushning murakkab muammolarini dadil
ko„tarib chiqilgani bilan ajralib turadi. Z.Qurolboy qizi asarlarining adabiyotda jiddiy
hodisa darjasiga ko„tarilganligi mazkur maqolaning dolzarbligini belgilaydi.
Kalit so’zlar: adabiyot, Zulfiya, nasr, realizm, mafkura.
PRINCIPLES OF REALISM IN THE PROSE OF ZULFIYA KUROLBOY
KIZI
Relevance of the topic. Zulfiya Kurolboy qizi's stories and novels are among
the most popular works in Uzbek literature. The fact that the works of Z.Kurolboy
kyzy have risen to the level of a serious event in the
literature determines the
relevance of this dissertation.
Keywords: literature, Zulfiya, prose, realism, ideology.
KIRISH
Adabiyotshunoslik uzoq vaqt mobaynida badiiy asarni asosan ijtimoiylik
nuqtai nazaridan tekshirishga moslashgan bo„lsa, endi mavjud
ilmiy qoliplarni tark
etgan holda, estetik talablar asosida ruhiy-hissiy sehrli hodisa tarzida yondoshishga
urinmoqda.
Hozirgi ijtimoiy yangilanish davrida inson shaxsiyatida ham katta o„zgarishlar,
rivojlanish
yuz bermoqdaki, natijada o„quvchilarning ma'naviy, ruhiy olamini bilish
murakkab tus olmoqda, ularning ongida ma'naviy uyg„onish va g„oyaviy yangilanish
sezilmoqda.
Bu jarayon esa, o„quvchilarga badiiy adabiyot namunalarini taqdim
etishning ta'sir kuchini oshirish yo„llarini izlashni taqozo etadi. Garchi badiiy asarlar
tahlili bo„yicha o„zbek adabiyotshunosligida keng ko„lamdagi ilmiy tadqiqotlar e'lon
qilingan bo„lsada, hozirgacha o„quvchiga asarni mavzu
dolzarbligiyu ijtimoiy
ahamiyati jihatidan tekshirib, taqdim etish hollari kamaymayotir.
Badiiy asar
tadqiqida birinchi navbatda badiiy matnning o„zigina turishi, hyech bir ijodkorning