Kamola Egamberdiyeva Respublika ta‟lim markazining Adabiyot fani metodisti
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
Download 234.3 Kb. Pdf ko'rish
|
zulfiya-qurolboy-qizi-nasrida-realizm-tamoyillari
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-776-780 Academic Research, Uzbekistan 777 www.ares.uz yoshi, qaysi partiyaga mansubligiyu jinsining, qanchalar tajribaga ega ekanligining butkul ahamiyatsizligi hamisha ham yodda turmaydi. Endi adabiyotshunoslik oldidagi vazifalar o„zgardi: asarni matndan kelib chiqqan holdagina tadqiq etish va matn tabiatiga mos tarzda xulosalash. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Adabiyot hamisha o„zgarish, yangilanishda bo„ladi. Unda ko„pchilik ko„nikkan, normaga aylangan ifoda tarzi, fikr yo„siniga zid yangi janr, yangi talqin mavjud bo„laveradi. Shu bois so„ng yillarda o„zbek adabiyotida sifat o„zgarishlari, turli shakliy o„yinlar tobora ko„p ko„zga tashlana boshladi. Bunday shakliy yangiliklar o„zbek adabiyotini, ifoda usuliyu o„quvchilar didini o„zgartirib yubordi. O„tgan yigirma yil mobaynida butun jamiyat mafkurasi xususan, madaniyat, san'at va adaiyot sohasida misli ko„rilmagan yangiliklar ro„y berdi. Bu davrda o„zbek adabiyoti sotsiolistik realizm qoliplari doirasidan chiqib, erkin taraqqiyot yo„liga kirdi. Uning rivojida uchta muhim yo„nalish bugungi kunda taraqqiyotni belgilovchi omil bo„lib xizmat qilmoqda. Uning birinchisi, realizmning hayotbaxsh an'analarini novatorona rivojlantirish bo„lib, ikkinchisi, muttasil davom etayotgan modernistik izlanishlar hisoblanadi. Uchinchi yo„nalish esa, realizm va modernizmning asosiy xususiyatlarini sintezlashtirish asosida tug„ilayotgan bo„lib, u adabiyotshunoslikda norealizm deb atalmoqda. Hozirgi davrda bu yo„nalishlarning uchalasida ham ijod qilayotgan ko„plab so„z ustalari mavjud bo„lib, ular orasida realistik an'analar izidan borayotganlari jiddiyroq muvaffaqiyatlarga erishayotgandek ko„rinadi. Bunday ijodkorlar safi yildan yilga ortib borayotgandek ko„rinadi. O„tgan yigirma yil davomida realistik adabiyotning imkoniyatlari cheksiz ekanligi Said Ahmad, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Shukur Xolmirzaev, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, O„tkir Hoshimov, Muhammad Ali singari yozuvchilarning asarlarida yaqqol isbotlandi. XX asrning oxirlarida ular qatoriga Abduqayum Yo„ldosh, Luqmon Bo„rixon, Halima Ahmedova, Guljamol Asqarova, Zulfiya Qurolboy qizi kabi yosh nosir va nozimlar avlodi kelib qo„shildi. Download 234.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling