Kamola Egamberdiyeva Respublika ta‟lim markazining Adabiyot fani metodisti


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES


Download 234.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana01.11.2023
Hajmi234.3 Kb.
#1737316
1   2   3   4   5
Bog'liq
zulfiya-qurolboy-qizi-nasrida-realizm-tamoyillari

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-776-780 
Academic Research, Uzbekistan 779  www.ares.uz 
oqibatida o„z makonidan, Vatanidan ayrilgan bo„lsa, Zulfiya Qurolboy qizi 
qahramoni ko„ngil istagi va tirikchilik orasidagi azaliy, ko„zga ko„rinmas jang tufayli 
o„z makonidan judo bo„lgan. Har ikki roman asosini insonlarning tug„ilib o„sgan 
go„shasiga talpinish, faqat o„ziniki bo„lgan go„shasini yaratish istagi tashkil qiladi
deydi tadqiqotchi. 
Isroilova Caodat esa adiba hikoyalarini tahlilga tortib, ulardagi shafqatsizlik, 
qahramonlarning fojeali taqdiri Zulfiya Qurolboy qizi ijodi o„ziga xosligini 
ta'minlashini ta'kidlaydi. 
Biz har ikki tadqiqotchi fikrini inkor etmagan holda, adiba “Armon asirasi” 
romanida Hulkar Armondan ham ko„ra Nasiba hamda Donish zimmasiga asosiy 
yukni ortganini, makonini dastlab Donish yo„qotganini, shuning oqibatida Nasiba 
ham tinchini yo„qotganini, ularning farzandlarini kutayotgan kelajak mavhum qolgani 
esa makonsizlik davom etishi mumkinligini ko„rsatishini ta'kidlashni istardik. 
Isroilova Caodat qahramonlar tasviridagi shafqatsizlik haddan ziyodligini, bu 
o„quvchini charchatishini aytadi. Bizningcha esa, ayni jihat Zulfiya Qurolboy qizi 
asarlari hayotiyligini ta'minlaydi, o„quvchini sergaklantiradi, umuman, adiba ijodi 
o„ziga xosligini belgilaydi.
Bu va matbuotdagi turli adabiyotshunoslar qalamiga mansub boshqa chiqishlar 
yozuvchi ijodi haqida o„quvchilar ommasida taassurot va ma'lumot hosil qilgan 
bo„lsa-da, uni ilmiy tekshirish va qat'iy xulosaga kelish ehtiyojini qondirmagan edi. 
Z.Qurolboy qizi asarlarini alohida ish sifatida tadqiq etish zaruratini bitiruv ishimiz 
doirasida bajarishga ahd qildik. Va asosiy e'tiborni qissada ustuvor ruhiyat, ifoda 
uslubi, qahramonlar tabiati, asarlar badiiyatini o„rganish va izohlashga qaratdik.
XULOSA
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Zulfiya Qurolboy qizining badiiy ijod olamiga 
kirib kelganidan tortib, to bugungi kungacha bo„lgan ijodiy kamolotini tadrijiy tarzda 
tadqiq etish orqali adibaning nasriy asarlaridagi o„ziga xos xususiyatlari, yutuq va 
kamchiliklari sabablarini ko„rsatib berishga urinildi. Xususan, muallifning “Armon 
asirasi”, ”Mashaqqatlar girdobi” romanlari va bir necha hikoyalari misolida yosh 
yozuvchi nasriga xos ko„plab asosiy xususiyatlar aniqlandi. Shunday xususiyatlar 
jumlasiga yozuvchining ayol qalbini va harakterini chuqur badiiy tadqiq qilib, ular 
to„g„risidagi haqiqatni ifodalashga intilishi, syujetning qiziqarliligi va ko„pincha 
noan'anaviy qurilganligi, hayotning muammolari jasorat bilan yoritilganligi hamda 
ezgu ijtimoiy ideallar tasdiqlanganligi kabi belgilar kiradi. Mazkur xususiyatlar 



Download 234.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling