Kanaldagi suv isrofi


Toshli va shag'alli qoplamalar


Download 1.07 Mb.
bet4/5
Sana03.02.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1153647
1   2   3   4   5
Bog'liq
15- mavzu

Toshli va shag'alli qoplamalar. To'kma yoki terilgan tosh, hamda metall ichiga tosh to'ldirilgan quti ko'rinishida barpo etiladi. Toshli to'kma uchun (2 - rasm, v) saralanmagan tosh ishlatiladi. Qoplama ostiga kalinligi 10. 20 sm li sheben, shag'al yoki katta zarrali qumli tushama ba’zi bir hollarda toshli to'kma to'qilgan kataklar ichiga to'qiladi. Kataklar to'g'ri burchakli yoki rombli bo'lib,
uning tomonlari uzunligi 0,5.0,7 m ga teng bo'ladi. Kataklarga tosh, qum yoki graviy tushama ustiga qalinligi 0,3... 0,4 m qatlamda tosh yotqiziladi.
Qiyaliklarni yuvilishdan, muz va shamol ta’sirlaridan himoyalash maqsadida kanal qiyaliklariga tosh teriladi. Toshning shakli va o'lchamlari tanlanib, ular qalinligi 10.15 sm tushama ustiga qo'lda teriladi. qoplama usti vibrokatoklar va pnevmozichlagichlar bilan zichlanadi. Terilgan tosh qalinligi 15.20 sm gacha o'zgaradi. Bunday kanallar sirti g'adir-budurliklarga ega bo'lib, ular 100 yil va undan ortiq ishlaydi.
Katak ichiga tosh to'ldirilgan qutilar ko'rinishidagi mustahkamlash ta’mirlash va avariya ishlarida ishlatiladi. Kattaligi 10 sm li tosh o'lchamlari 10x10 sm li metalldan yasalgan turli kataklarga joylashtiriladi.
Beton va temir-betonli qoplamalar nisbatan silliq yuzaga ega bo'lib, bu o'z navbatida kanalning suv o'tkazish qabuliyatini oshiradi, qiyaliklari va tubini yuvilishdan saqlaydi, kanaldan filtratsiya tufayli yo'qolishini keskin kamaytiradi, kanaldagi suv sifatini yaxshilashga imkon beradi. Uning asosiy kamchiliklaridan biri juda ko'p miqdorda choklarni o'rnatishdir. Beton va temir-betonli qoplamalar monolit va yig'ma bo'lishi mumkin (2 - rasm, g). Monolit qoplamalar qurilish joyida tayyorlanadi ( 3; 4; 5; 6 - rasmlar), alohida plitalardan tashkil topgan yig'ma qoplamalar temir-beton zavodlarida tayyorlanadi.



3 - rasm. Kanal o'zanini betonlashga tayyorlash:




a) kanal o'zanini profilini hosil qilish; b) kanal o'zaniga poleietelin plyonka yotqizish; 1 - kanalni gruntli o'zani; 2 - kanal qazgich; 3 - kanalni plyonka bilan qoplangan o'zani.




  1. b)

4- rasm. Kanal o'zanini betonlash:

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling