Kanaldagi suv isrofi
Download 1.07 Mb.
|
15- mavzu
a) kanalning polietelin plyonka yotqizilgan o'zani; b) kanal o'zaniga beton yotqizish; 1 - plyonka yotqizilgan o'zan; 2 - gusenitsali beton yotqizgich; 3- beton qoplama.
b) 5- rasm. Beton qoplamasiga ishlov berish: a) tebranuvchi reyka bilan zichlash; b) gusenetsali beton yotqizgich; 1 - beton qoplama; 2 - tebranuvchi reyka; 3 - beton yotqizgich hosil qilgan qoplpma. 6 - rasm. Quyilgan betonga texnik qarov ishlarini amalga oshirish a) yangi quyilgan beton qoplamada birinchi 3 kungacha o'tkaziladigan qarov; b) yangi quyilgan betonga 3 ... 7 kun ichida o'tkaziladigan texnik qarov; 1 - qoplama ustiga yotqizilgan bo'z mato; 2 - avtobetonqorgich yordamida qoplama yuzasini namlash. Monolit betonli qoplamalar qalinligi 10 - 20 sm li yaxshi tekislangan shag'al, shag'al qum aralashma ustiga yotqiziladi. Agar kanal loyli gruntlarda o'tgan bo'lsa, tushama qalinligi 30 - 50 sm gacha oshadi. Bunday qoplamalarda yon bag'irlar, qiyaliklar qiymati 1:1,5 dan tik bo'lmasligi kerak. Ularni yotqizish zamonaviy kompleks beton yotqizuvchi mashinalar bilan bajariladi. Monolit temir- betonli qoplamalar beton qoplamalarga nisbatan beton qalinligi va po'lat armaturaning qalinligi bilan farq qiladi. Armaturaning ishlatilishi uning mustahkamligi yoriqlar hosil bo'lishiga qarshiligini oshiradi, deformatsiyalanishi va cho'kishi oldini oladi. Ularni kuchli deformatsiyalanadigan va ustuvorligi kam bo'lgan gruntlarda qo'llash maqsadga muvofiqdir. O'zidan issiqlik chiqarib qizishi, betonning kichrayishi, harorat o'zgarishi monolit betonning yemirilishiga olib keladi. Buni oldini olish uchun unda avvalroq bo'ylama va ko'ndalang deformatsiya choklari, (siqilish, kengayish va qurilish) choklar o'rnatiladi. Kengligi 8-10 mm ko'ndalang siqiluvchi choklar har 3.. .6 m dan so'ng o'rnatilib, qoplama qalinligi yarimigacha yoki uning qalinligini uchdan birigacha qirqiladi. Kengligi 20.25 mm li ko'ndalang kengayuvchi choklar har 12.16 m dan keyin, bo'ylama choklar esa qiyalik kanal tubi tutashgan chizig'i bo'yicha o'rnatiladi. choklar qoplama qalinligi bo'yicha to'liq qirqiladi va zichlagichlar sifatida yog'och, tol, plastika yoki asfalt mastika qo'llaniladi. Temir-betonli qoplamalarda deformatsiya choklari beton qoplamalarga nisbatan kamroq ishlatiladi, ba’zi bir hollarda kengligi 0,5 m va har 15.20 m dan so'ng faqat vaqtinchalik ko'ndalang qo'llaniladi. Bu choklar uzun beton seksiyasi kichraygandan so'ng beton bilan berkitiladi. Yig'ma qoplamalarda monolit qoplamalarga nisbatan mehnat ishlarining kamligidir. Bu qoplamalarning kamchiliklariga ularda choklarning ko'p bo'lishi, suvning ko'p o'tkazuvchanligi, qiyaliklar deformatsiyasi tufayli ularning siljish ehtimolining oshishidir. Meliorativ kanallar qurilishida uzunligi 5 m, kengligi 1,5 va 2,0 m li oldindan kuchlantirilgan NPK turdagi silliq temir betonli plitalar keng qo'llaniladi. Yig'ma plitalar yordamida o'zaro bog'lanmagan grunt o'zanli kanallarning o'zani qoplanadi. Qoplama hosil qilishdan oldin kanal tagi va qirg'oqlari tekislanishi shart. Nazorat savollari: 1 Kanallardagi suv isrofi qanday bo’ladi. Kanal o'zanini mustahkamlash Turlari haqida tushuncha bering. Kanal o'zanini betonlash ishlari tartibi qanday. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling