Kanaldagi suv isrofi
Download 1.07 Mb.
|
15- mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gruntli qoplamalar (ekranlar)
- 2-rasm. Kanal qoplamalari sxemasi
- 5 - simmetrik plenka; 6 - graviy qumli tushama; 7 - qalinligi 0,1...0,3 m li tokilgan tosh; 8 - bir qatorli tushama tosh; 10 - olchami 8 x 8 sm li egoch brus; 11- drenaj.
Kanal qoplamalari. qoplamalar himoyalovchi va filtratsiyaga qarshi turlarga bo'linadi. Himoyalovchi qoplamalar kanal o'zanini yuvilishdan saqlaydi, suvda oqib keluvchi jismlar va muz ta’sirlaridan hosil bo'ladigan buzilishlarini oldini oladi. Filtratsiyaga qarshi qoplamalar kanallardan filtratsiya tufayli suv yo'qolishlarini kamaytiradi. Ular loyli, gruntli, polimerli, asfaltbetonli bitumli,
beton va temir betonli turlarga bo'linadi. Har bir holat uchun qoplama turi variantlami texnik - iqtisodiy taqqoslash asosida tanlanadi. Gruntli qoplamalar (ekranlar) gruntli to'g'on ekranlariga o'xshash bo'lib, lekin ularning kalinligi kichik bo'ladi va kanaldagi suv chuqur ligiga ham da qiyalik qiymatiga bog'liqdir. (8.2- rasm, a). Agar kanal trassasi suv o'tkazmasligi kam loyli gruntlardan o'tgan bo'lsa, unda gruntli qoplama o'sha loydan barpo etiladi. Bunda faqat gruntning strukturasi o'zgartiriladi: yoriqlar va g'ovakliklar kamaytiriladi; tuproq o'yuvchi jonivorlar yo'llari berkitiladi. Buning uchun kanal tubi va qiyaliklarining Yuqori qatlami 40 sm chuqurlikkacha yumshatiladi yoki ag'dariladi va katoklar bilan zichlanadi va shibbalanadi. Agar kanal bog'lanmagan gruntlarda quriladigan bo'lsa qiyaliklari va tubi Yuqori qatlami bog'langan (yopishqoq) yaxshi zichlangan suv o'tkazmaydigan loyli yoki sog' gruntlar bilan almashtiriladi. 2-rasm. Kanal qoplamalari sxemasi: a - gruntli (loyli ekran bilan); b - polimerli (sintetikplenka bilan); v - to'kilgan toshliyoki toshyotqizilgan; g - ko'ndalang va bo'ylama chok o'rnatilgan beton va temir - betonli; 1, 4, 9 - himoya qatlami mos ravishda qalinligi 0,2 m li shag'aldan, betonplitadan, 2 - loyli ekran; 3 - muz; 5 - simmetrik plenka; 6 - graviy qumli tushama; 7 - qalinligi 0,1...0,3 m li to'kilgan tosh; 8 - bir qatorli tushama tosh; 10 - o'lchami 8 x 8 sm li eg'och brus; 11- drenaj. Kanal o'zani gruntdan yoki boshqa sun’iy materiallardan yasaladi. Agarda kanal o'zanida gruntdan qoplama qilinsa, uning tagidagi grunt qalinligi 0,4...0,6 m va qiyaliklarda 0,6...1,0 metrni tashkil qiladi. Agarda qoplama betondan yasalsa, uning qalinligi 8.10 sm qabul qilinadi. Qirg'oq qiyaliklari 1:2.1:1,5 dan katta qabul qilinmaydi. Agarda qoplamaning yuvilishi ehtimoli bo'lsa, bunday holatda himoyalovchi qatlam sifatida bog'lanmagan qalinligi 0,2...0,3 m li shagal va galechnikdan foydalaniladi. Sovuq iqlim sharoitli hududlarda loyli ekranni muzlashdan saqlash uchun uning ustiga mahalliy grunt yoki shag'al to'qiladi. Uning qalinligi qiyaliklarda minimal suv sathidan pastda 0,5 m, suv sathidan Yuqorisida grunt muzlash qalinligiga teng qilib olinadi. Agar yon bag'irlar qiyaliklari m > 3 bo'lsa, qoplama joylashtiriladi va kontur qatlamlar bo'yicha zichlanadi, agar m < 2,5 bo'lsa kanal o'qi bo'yicha gorizontga nishabligi 0,1.. .0,5 miqdorga qatlam-qatlam qilib joylashtiriladi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling