12.4 Jamg‘arma va vaqt bo‘yicha chekli tanlash normasi.
Insonlar joriy va kelajakdagi iste'molni bir-biri bilan solishtirib, jamarish to‘g‘risida qaror qabul qiladilar. Odatda shaxs kelajakda ko‘proq iste'mol qilish uchun bugungi kundagi bir so‘mlik iste'molidan voz kechadi. Masalan, shaxsning bir yillik daromadi 100 ming so‘m bo‘lsin. Agar u ushbu daromadini joriy yilda to‘liq iste'mol qilsa, uning jamg‘armasi nolga teng bo‘ladi. Shaxs ushbu daromadidan 10 ming so‘mini jamg‘aradi (10 ming so‘mlik joriy iste'moldan voz kechadi), agar u kelajakda 10 ming so‘mdan ko‘proq iste'mol qilish imkoniyatiga ega bo‘lsa, masalan 15 ming so‘mlik. U holda uning vaqt bo‘yicha chekli tanlash normasi quyidagicha aniqlanadi:
- vaqt bo‘yicha chekli tanlash normasi, bu shaxsning umumiy tushum darajasi o‘zgarmagan sharoitda bir birlik joriy iste'moldan voz kechish hisobiga bo‘ladigan kelajakdagi qo‘shimcha iste'mol qiymati bo‘lib, u shu voz kechilgan birlik iste'molni qoplash uchun yetarlidir.
Vaqt bo‘yicha tanlash investitsiya qo‘yishga jamg‘arma orqali ta'sir qiladi. Lekin, joriy iste'mol hisobidan jamg‘armani xohlagancha oshirish mumkin emas. Nega deganda, umumiy daromad cheklangan. Jamg‘arma umumiy daromaddan iste'molni ayrilganiga teng.
bu yerda - jamg‘arma; - umumiy daromad; - iste'mol.
Ma'lumki foiz stavkasi qancha yuqori bo‘lsa, jamg‘arishga moyillik shuncha yuqori bo‘ladi va aksincha.
Do'stlaringiz bilan baham: |