Kapital qo’yilmalar va kapital bozori reja: Asosiy va aylanma kapital mablag’lar. Diskontirlangan qiymat


Download 276.16 Kb.
bet8/11
Sana05.01.2022
Hajmi276.16 Kb.
#214676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
lllldd

Inflyatsiyaning ta'siri.
Inflyatsiya yoki narxlarning umumiy darajasining o‘sishi joriy va kelajakda olinadigan mablag‘lar nisbatini o‘zgartiradi. Shuning uchun ham inflyatsiya darajasi loyihalarni baholashda e'tiborga olinishi zarur.

Agar barcha tovarlarga, xizmatlarga va ishlab chiqarish resurslariga (ish haqiga ham) bo‘lgan narxlarning darajasi o‘sganda, ular o‘rtasidagi nisbat o‘zgarmasa, bunday o‘zgarishga balanslashgan inflyatsiya deyiladi. Bunday holda, ya'ni narxlarning o‘sish sur'ati bir xil bo‘lganda loyihani tahlil qilishda inflyatsiyani hisobga olmasa ham bo‘ladi.

Nominal narxlardan, nominal foiz stavkasidan foydalanib daromadlar va xarajatlarni hisoblab, ularni solishtirish mumkin. Foyda va xarajatlarni belgilangan (solishtirma) narxlarda ham hisoblash mumkin, lekin bunday holda real foiz stavkasidan foydalanish kerak bo‘ladi.

Agar har bir tovar, xizmat va resurs o‘zining narx o‘sish sur'atiga ega bo‘lsa, inflyatsiya balanslashmagan bo‘ladi. Balanslashmagan inflyatsiya loyiha bo‘yicha hisob-kitoblarni murakkablashtirib yuboradi.




Download 276.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling