Kapital qo’yilmalar va kapital bozori reja: Asosiy va aylanma kapital mablag’lar. Diskontirlangan qiymat


Download 276.16 Kb.
bet1/11
Sana05.01.2022
Hajmi276.16 Kb.
#214676
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
lllldd


KAPITAL QO’YILMALAR VA KAPITAL BOZORI

Reja:

1.Asosiy va aylanma kapital mablag’lar.

2.Diskontirlangan qiymat.

3.Firmalarning istiqboldagi daromadlarini baholash.

4.Diskontirlangan qiymat asosida loyihalarni baxolash va unga inflyatsiyaning ta’siri .

Kapital - bu uzoq muddatli oraliqda ishlatiladigan ishlab chiqarish resursi bo‘lib, uning yordamida uzoq vaqt davomida mahsulot ishlab chiqariladi.

Kapitalning ikki xil turi mavjud: asosiy kapital (uzoq muddatda foydalaniladigan uskuna, texnologik liniya, bino, qurilma); aylanma kapital (har bir ishlab chiqarish siklida o‘z qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga o‘tkazadigan ishlab chiqarish resurslari, xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va hokazolar).

Asosiy kapitaldan uzoq muddatda foydalaniladi va u o‘z qayta takror ishlab chiqaradi, ya'ni u ishlatilishi davomida o‘z qiymatini ma'lum qismini mahsulot qiymatiga o‘tkazadi.

Kapitaldan foydalanish davomida u ham ma'naviy, ham jismoniy eskiradi. Jismoniy eskirish - bu kapitalning vaqt o‘tishi bilan ishga yaroqsiz bo‘lishi bo‘lsa, ma'naviy eskirish uning unumdorligining kamayishi, ya'ni yangi ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalarga qaraganda unumdorligining pastligi, yoki umuman barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha (mahsulot sifati, foydalanishga qulayligi) yangi uskunadan orqada qolganligidir.

Asosiy kapital egasi kapital qiymatini undan foydalanish vaqti davomida qayta tiklaydi. Masalan, uskuna 1000000 so‘m bo‘lib, undan foydalanish muddati 10 yil bo‘lsa, uning qiymati 10 yil davomida teng qiymatlarda mahsulot qiymatiga o‘tkaziladi deb qaraydigan bo‘lsak, har yilgi daromaddan 100000 so‘mdan amortizatsiyaga ajratish kerak bo‘ladi.

Aylanma kapital bir yil davomida o‘zining butun qiymatini mahsulot qiymatiga o‘tkazib qayta tiklanadi.

Kapitalning qiymati undan foydalanib, kelajakda qancha daromad olishga bog‘liqdir. Kelajakda ko‘proq daromad olish ishtiyoqi ko‘pchilikni bugungi iste'molining bir qismidan voz kechib, uni jamg‘arishga undaydi. Jamg‘arilgan mablag‘ pul ko‘rinishidagi kapital sifatida biror-bir tadbirkorga ma'lum muddatga qo‘shimcha qiymat orqali qaytarilishi sharti bilan berilishi mumkin. Ushbu olingan qo‘shimcha qiymatga kapitalga olingan foiz deyiladi.

Ssuda foizi - kapital egasiga uning kapitalidan ma'lum muddat oralig‘ida foydalanganligi uchun to‘lanadigan narxdir.

Kapitaldan foydalanishni tahlil qilganda bugun sarflangan mablag‘ni kelajakda sarflanadigan mablag‘ bilan taqqoslash yoki bugun olinadigan daromad bilan 170 kelajakda olinadigan daromadni taqqoslash muhim ahamiyatga egadir.

Bu yerda vaqt omilini e'tiborga olish kerak bo‘ladi. Bugungi sarflangan bir so‘m bir yildan keyin sarflanadigan bir so‘mga teng emas. Bularni bir-biriga tenglashtirish uchun, avval ularni bir vaqtga keltirish zarur bo‘ladi. Turli xil yillardagi xarajatlarni yoki daromadlarni bir yilga keltirishda diskont ko‘paytiruvchisidan foydalaniladi.

Xarajat va daromadlarni bir xil boshlang‘ich vaqtga keltirish hisob-kitoblariga diskontirlash deyiladi. Bunday hisob-kitoblar investitsiya loyihalarini baholashda keng qo‘llaniladi.

investitsiyalarni tahlil qilganda yillar davomida bo‘ladigan xarajatlar bilan loyihadan olinidigan daromadlarni solishtirishga to‘g‘ri keladi. Kelajakda olinadigan daromadning nafi bugungi kunda olinadigan daromad nafidan kichik bo‘ladi. Nima uchun deganda, joriy daromadga (ya'ni, bugungi kundagi daromadga) kelajakda foiz bo‘yicha qo‘shimcha daromad olish mumkin.

Loyihalarni tahlil qilishda loyiha qiymatini aniqlash uchun bugungi kunda qo‘yilgan kapital mablag‘lar bilan loyiha amalga oshirilgandan keyin olinadigan daromadlarni solishtirish zarur bo‘ladi. Buning uchun joriy xarajatni va kelajakda olinadigan daromadni hisob-kitob qilish kerak.




Download 276.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling