Kapital qo’yilmalar va kapital bozori reja: Asosiy va aylanma kapital mablag’lar. Diskontirlangan qiymat


Download 276.16 Kb.
bet5/11
Sana05.01.2022
Hajmi276.16 Kb.
#214676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
lllldd

Qiymatni diskontirlash. Bir yildan keyin beriladigan bir so‘mning bugungi qiymati qancha bo‘ladi? Bu savolga javob - foiz stavkasiga bog‘liqdir. Faraz qilaylik, foiz stavkasi bo‘lsin. U holda biz bir so‘mni jamg‘aradigan bo‘lsak, uning qiymati bir yildan keyin so‘mga teng bo‘ladi (agar foiz stavkasi bo‘lsa, bugungi bir so‘m bir yildan keyin 1,5 so‘mga teng bo‘ladi). Demak, aytishimiz mumkinki, bir yildan keyin olinadigan bir so‘mning bugungi qiymati so‘mga teng, ya'ni u bir so‘mdan kichik bo‘ladi. Xuddi shunday ikki yildan keyin to‘lanadigan bir so‘mning bugungi qiymati ga teng bo‘ladi. Nima uchun deganda, bir so‘m foiz stavkasi bo‘yicha investitsiyaga qo‘yilsa, ikki yildan keyin u so‘mga teng bo‘ladi.

Umumlashtirib aytadigan bo‘lsak, joriy diskontirlashtirilgan qiymat (Present Discount Value), ya'ni boshlang‘ich yilga keltirilgan qiymat - bu ma'lum muddat o‘tgandan keyin to‘lanadigan bir so‘mning bugungi qiymati (narxi).

Agar muddat bir yilga teng bo‘lsa, ga teng.

Agar muddat yilga teng bo‘lsa, ga teng bo‘ladi.



  1. Quyidagi jadvalda (13.3-jadval) bir dollarning har xil foiz stavkalaridagi keltirilgan qiymatlari ko‘rsatilgan.

Jadvaldan ko‘rish mumkinki, foiz stavkasi qancha yuqori bo‘lsa, bir dollarning joriy diskontirlangan (boshlang‘ich yilga keltirilgan) qiymati shuncha kichik bo‘ladi. Masalan, foiz stavkasi 5% bo‘lganda, 10 yildan keyin oladigan dollarning bugungi qiymati 61,4 sentga teng bo‘ladi, 10 foizlik stavkada esa ushbu ko‘rsatkich 38,6 sentga va 20% bo‘lganda 16,2 sentga teng bo‘ladi.

Vaqt bo‘yicha diskontirlangan (boshlang‘ich vaqtga keltirilgan) daromadni qaraymiz. Faraz qilaylik, bizda ikki xil daromad bor. Birinchisini "A" deb belgilasak, ikkinchi daromadni "B" deylik. "A" daromad 400 so‘mga teng bo‘lib, uning 200 so‘mi hozir to‘lanadi, qolgan 200 so‘mi bir yildan keyin to‘lanadi. "B" daromad 440 so‘m bo‘lib, uning 40 so‘mi bugun to‘lanadi, 200 so‘mi bir yildan keyin, qolgan 200 so‘mi ikki yildan keyin to‘lanadi. Ushbu ikki variantdan qaysi biri foydaliroq hisoblanadi?

Javob: foiz stavkasiga bog‘liq. Ushbu daromadlarni boshlang‘ich vaqtga keltirilgan qiymatini hisoblaymiz.



Quyidagi jadvalda daromadlarning ikkala turi bo‘yicha foizlar stavkasi 5, 10, 15, 20% bo‘lgandagi keltirilgan qiymatlari ko‘rsatilgan.




Jadvaldagi ma'lumotlardan ko‘rish mumkinki, daromadlarni tanlash foiz stavkalariga bog‘liq. Agar foiz stavkasi 10% ga teng va undan kichik bo‘lganda, shaxs "A" daromad turiga qaraganda "B" daromad turini tanlashi yaxshiroq bo‘lardi. Foiz stavkasi 15% va undan yuqori bo‘lganda, "A" daromad turi "B" daromad turiga nisbatan yaxshiroq bo‘lar edi.

Bu yerda asosiy sabab, "A" daromad qiymati "B" daromadga qaraganda kam bo‘lsa ham, u tezroq to‘lanadi.



Download 276.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling