Kapital qo’yilmalar va kapital bozori reja: Asosiy va aylanma kapital mablag’lar. Diskontirlangan qiymat


Loyiha deganda, ma'lum maqsadga erishish uchun qilinadigan resuslar investitsiyasi tushuniladi. Investitsiya


Download 276.16 Kb.
bet2/11
Sana05.01.2022
Hajmi276.16 Kb.
#214676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
lllldd

Loyiha deganda, ma'lum maqsadga erishish uchun qilinadigan resuslar investitsiyasi tushuniladi.

Investitsiya - daromad olish uchun qo‘yiladigan kapital mablag‘.

Investitsiyalash - bu kapitalni yaratish yoki kapital zahirasini to‘ldirish jarayonidir. Investitsiyalash deganda, yalpi va sof investitsiyalash tushuniladi.

Yalpi investitsiyalash - kapital zahirasining umumiy o‘sishidir.

Qoplash - asosiy kapitalning ishdan chiqqan qismini almashtirish.

Sof investitsiya - yalpi investitsiyadan qoplash uchun sarflanadigan mablag‘ni ajratgandan keyingi qolgan qismi.

Sof investitsiya = Yalpi investitsiya - qoplash.

Agar yalpi investitsiya qoplashdan yuqori bo‘lsa, sof investitsiya musbat bo‘ladi (bu holda kapital ko‘payadi va ishlab chiqarish kengayadi).

Agar yalpi investitsiya qoplashdan kichik bo‘lsa, sof investitsiya manfiy bo‘ladi (mavjud kapital kamayib boradi). Va nihoyat, yalpi kapital qoplashga teng bo‘lsa, kapital hajmi o‘zgarmaydi (bu holda kapital oddiy takror ishlab chiqarilmaydi).

qisqa muddatli loyihalarni (qisqa muddatli investitsiyalarni) tahlil qilganda kapitalning ichki o‘zini oqlash koeffitsiyenti dan va ssuda foizi dan foydalaniladi. qisqa muddatli oraliqdagi investitsiyalarning (bir yillik oraliqdagi) chekli sof oqlashi ularning chekli ichki oqlash koeffitsiyentidan ssuda stavkasi foizini ayirish orqali aniqlanadi:

bu yerda - chekli sof qoplash;

- chekli ichki qoplash;

- ssuda stavkasi foizi.

Agar bo‘lsa, investitsiyadan olinadigan foyda maksimal bo’ladi.

Faraz qilaylik, firma mandarin sotish bilan shug‘ullanadi, deylik. Firma sotish quvvati turli bo‘lgan do‘konlarni qurmoqchi.

Do‘konlarni qurish uchun sarflanadigan kapital mablag‘lar, sotish uchun sarflanadigan xarajatlar quyidagi jadvalda keltirilgan (1-jadval). Ssuda foizi stavkasi 10 foiz bo‘lsin.



Bir kunda 1000 kg mandarin sotadigan do‘kon qurish uchun 100000 so‘m sarflanadi, 2000 kg uchun esa 200000 so‘m sarflanadi va hokazo. Sotish masshtabi 1000 kg ga oshganda umumiy sarflanadigan kapital hajmi 100000 so‘mga o‘zgaradi.

Foiz stavkasi 10 foiz bo‘lgani uchun chekli investitsiya 100000 so‘mga, to‘lanadigan mablag‘ 10000 so‘mga teng. Har bir 100000 so‘mlik chekli investitsiyadan olinadigan chekli daromad bir xil bo‘lib, u 120000 so‘mga teng. Sotish quvvati 1000 kg bo‘lganda, chekli umumiy xarajat (chekli investitsiya plyus kapitalga to‘lanadigan chekli foiz plyus chekli sotish xarajati) 115000 so‘m bo‘ladi va chekli foyda 120000-115000=5000 so‘mni tashkil etadi. Sotish quvvati 2000 kg bo‘lgan do‘kon uchun ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 117500 va 2500 so‘mga teng bo‘ladi. Agar chekli xarajat chekli daromad ga teng bo‘lsa , kapitaldan olinadigan foyda maksimal bo‘ladi.

Do‘konlarning bir kunlik sotish quvvati 3000 kg bo‘lganda foyda maksimal bo‘ladi, ya'ni 5000+2500=7500 so‘m. Ushbu holat quyidagi 12.19-rasmda ifodalangan.



Ishlab chiqarish masshtabi oshishi bilan birga chekli xarajat ham oshib boradi, shuning uchun ham chizig‘i musbat yotiqlikka ega.



Chekli daromad 120000 ga teng bo‘lganligi uchun chizig‘i 120000 nuqtadan o‘tib absissa o‘qiga parallel bo‘ladi. chizig‘i bilan chizig‘ining kesishgan nuqtasi maksimal foydani ta'minlaydigan optimal sotish quvvati 3000 kg ga teng ekanligini aniqlaydi. Endi chekli qoplash normasi koeffitsiyenti ni va ssuda foiz stavkasi bilan taqqoslaymiz
Sotish masshtabi oshishi bilan o‘zini oqlash normasi 15 foizdan 5 foizga tushadi. bo‘lganda, investitsiyadan olinadigan daromad maksimallashadi, ya'ni sotish hajmi 3000 kilogrammga yetadi. Ushbu vaziyat 13.20-rasmda keltirilgan

Ssuda foizi stavkasi o‘zgarmas bo‘lib 10% ga teng bo‘lgani uchun, uning chizig‘i absissa o‘qiga parallel joylashadi. Chekli oqlash normasi do‘konlarning sotish quvvatiga qarab o‘zgaradi, ya'ni sotish masshtabi oshishi bilan pasayib boradi.

Chekli oqlash normasi chizig‘i investitsiyaga bo‘lgan talab chizig‘ini ifodalaydi. Talab chizig‘idan ko‘rish mumkinki, foiz stavkasi qancha yuqori bo‘lsa, kapitalga bo‘lgan talab shuncha kam va aksincha, foiz stavkasi qancha past bo‘lsa, kapital mablag‘ga bo‘lgan talab shuncha yuqori bo‘ladi. Foydani maksimallashtiradigan sotish hajmi bo‘lganda 3000 kilogrammga teng bo‘ladi.


Download 276.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling