Zayomlarning qiymatini diskontirlash. Zayomlar to‘lov majburiyati bo‘lib, ularning mohiyati shundan iboratki, zayom beruvchi zayom oluvchiga (kreditorga) ma'lum muddat o‘tishi bilan ma'lum summada pul to‘laydi. Faraz qilaylik, davlat yoki biror korxonaning zayomi yaqin 10 yil ishlab chiqarishda har yilda 100 so‘mdan daromad keltiradi, 10 yil o‘tgandan keyin pirovard dividend 1000 so‘m bo‘lsin. Ushbu zayomga zayom oluvchi qancha to‘lashini ko‘rib chiqamiz. Buning uchun daromadlarning diskontirlangan summasini hisoblab chiqamiz.
Bu yerda ham zayom qiymati foiz stavkasiga bog‘liq. 12.22-rasmda zayomning har xil foiz stavkalarida diskontirlangan qiymati keltirilgan. Foiz stavkasi qancha ko‘p bo‘lsa, zayomning qiymati shuncha past bo‘ladi. Masalan, 5 foizli stavkada zayom narxi 1386 so‘mni tashkil qilsa, 15 foizda u 747 so‘mga teng bo‘ladi.
Zayomlar muddatsiz bo‘lganda zayom olgan shaxs cheklanmagan muddatda har yili ma'lum o‘zgarmas summa olib turadi. 1000 so‘mlik dividend beradigan cheksiz muddatli zayomning narxi quyidagiga teng:
Bunday holda quyidagicha hisoblanadi:
Shunday qilib, agar foiz stavkasi 5% bo‘lsa, muddatsiz zayomning qiymati so‘m bo‘ladi. Agar foiz stavkasi 20% bo‘lsa, zayomning qiymati 5000 so‘mga teng bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |