Kapsulalar to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar


Kapsula qobig‘ini tayyorlashda ishlatiladigan


Download 26.72 Kb.
bet2/4
Sana19.01.2023
Hajmi26.72 Kb.
#1102980
1   2   3   4
Bog'liq
Kapsula #6

Kapsula qobig‘ini tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar
Kapsulalar ishlab chiqarish texnologiyasining ba’zi jihatlari, kapsula qobiqlarini tayyorlashda ishlatiladigan xomashyolar hamda dori moddasining kompazitsiyasiga bog‘liq. Kapsula qobig'ini ishlab chiqarishda elastik plyonka (parda) hosil qiluvchi, yuqori molekulyar birikmalardan (YMB) foydalaniladi, ulardan ma’lum darajada mustahkam bo‘lishi talab etiladi. Bu sinf moddalariga kazein, zein, parafin, yog'lar va mumsimon moddalar, MS, ES, polietilen, PVX, natriy alginat, akril kislotasining tuzlari, ayrim sintetik polimerlar (sopolimer, metakrilat va matakril kislotasi va boshqalar) kiradi. Lekin bu moddalardan kapsula qobiqlarini ishlab chiqarishda
keng ko'lamda foydalanilmaydi. Bugungi kunda sanoat miqyosida dori vositalarini kapsula shaklida ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan asosiy xomashyo jelatin (jelatinli kapsulalar) hisoblanadi.
Jelatin (CAS № 9000-70-8). Jelatin lotincha «gelare» — «qotmoq, qotib qolmoq» so‘zidan olingan bo‘lib, kollagenning qisman gidrolizidan hosil bo'lgan mahsulot. U oqsil tabiatiga ega, bog'lovchi to‘qimalarning asosiy qismini tashkil etadi. Hayvonlarning teri, pay, shox, suyak hamda tuyoqlarida ko‘p miqdorda uchraydi.
Dunyo miqyosida jelatin xomashyosi, asosan, G ‘arbiy Yevropada ishlab chiqariladi
Jelatinning asosini inson organizmi uchun zarur bo'lgan, almashtirib bo‘lmaydigan, 19 ta aminokislotadan tashkil topgan polipeptid zanjir; glytsin — 21,5-30% gacha, prolin — 12%, hydroxyprolin — 12%, glutam kislotasi — 10%, alanin — 9 %, arginin— 8%, aspargin kislotasi — 6%, lytsin — 4%, serin — 4%, leutsin —
3%, valyn — 2%, phenylalanin — 2%, treonin — 2%, isoleutsin —1%, hydroxylytsin — 1%, methionin va histidin <1% hamda tyrosin <0,5% tashkil qiladi. Jelatin bezarar, hattoki me’da-ichak traktidagi og‘ir buzilish holatlarida ham tez va oson o‘zlashtiriladi.
Suyak va teridan kislota hamda ishqor ishtiroki bilan matseratsiya usulida kollagen ajratib olinadi. Kislota va ishqor kollagenni zanjir hosil qilmagan (shoxlanmagan) aminokislotalarga parchalaydi. Zanjirning uzunligiga qarab jelatinning og'irligi 40 000 dan 100 000 gacha bo‘ladi.
Jelatin parchalanish usuliga ko'ra, jelatin A (kislotali muhitda eriydigan) va jelatin В (ishqoriy muhitda eriydigan)ga bo‘linadi. Bu ikki tur, bir-biridan fizik-kimyoviy xossalari bilan farqlanadi. Kapsula qobiqlarini hosil qilishda jelatin bilan birgalikda yana bir qancha asosiy va yordamchi xomashyolardan foydalaniladi.

Download 26.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling