Kapsulalar to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar
Download 26.72 Kb.
|
Kapsula #6
- Bu sahifa navigatsiya:
- Stabilizatorlar.
- Konservantlar
- Tozalangan suv
Plastifikatorlar. Ular kapsulaning mexanik mustahkamligini yaxshilash, talab darajasida elastikligini hamda qattiqligini ta ’minlash, shuningdek, mo'rtligini yo'qotish maqsadida jelatin massasiga qo'shiladi. Bu maqsadda eng keng qo'llaniladigan moddalar: glitserin (CAS № 56-81-5), sorbit (TSH 64-5-17-80), PEO-400, PEG, polipropilen, polietilensorbit (3—15%) va oksietilen (4—40%) aralashmasi, geksantropol va boshqa moddalar yoki ularning aralashmalari va bosh. Plastifikatorlaming miqdori qattiq jelatin kapsula qobig‘ining umumiy og‘irligini 0,3—1,0%, yumshoq jelatin kapsula qobiqlari umumiy og‘irligining 20—45% tashkil qilishi mumkin.
Stabilizatorlar. Ular jelatin ishlab chiqarilgan vaqtdan boshlab, ma’lum vaqtga qadar saqlanishida, uning fizik-kimyoviy turg‘unligini taminlaydi. Bu maqsadda fizik-kimyoviy jihatdan dispers tizimlar (MS hosilalari, PVP, bentonitlar, tvin 80 va boshqalar, kimyoviy moddalar qaysiki, gidrolitik jarayonlarni to ‘xtatuvchi moddalar (kislotalar, ishqorlar, bufer tizimlar); shuningdek, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini to'xtatuvchi moddalar (natriy metabisulfit, tiomochevina, trilon В va boshqalar) ishlatiladi. Konservantlar (E200-E299). M a’lumki, jelatin massasi mikroorganizm larning yashashi va ko‘payishi uchun eng qo‘lay muhitdir. Jelatinning mikrobiologik turg‘unligini ta’minlash maqsadida unga konservantlar qo‘shiladi. Bu maqsadda, asosan, salitsil kislotasi (0,12% gacha) va kaliy (natriy) metabilulfit (0,2% gacha) aralashmasi, benzoy kislotasi va natriy benzoat (0,05-0,1% ), metilparaben (nipagin, 0,1-0,5% , CAS № 99-76-3, E218) va etilparaben (nipazol, CAS № 12047-8, E214) hamda sorbin kislotasi ishlatilishi mumkin. Tozalangan suv - (CAS № 7732-18-5, FM 42Uz-0511-2002). Yordamchi xomashyolar — jelatinning hosil bo‘lishi yoki boshqa maqsadlar uchun qo‘shiladigan moddalar. Ayrim chetlanishlardan tashqari deyarli barcha jelatin kapsulalarining estetikligini ta’minlash maqsadida hamda har turdagi dorilarni ishlab chiqarishda ularni rangi bo'yicha farqlashda rang beruvchi moddalar (E100—E199) qo‘shiladi. Rang beruvchilar kapsulada 50 mkg dan oshmasligi talab etiladi. Bo‘yovchi moddalar sifatida tibbiyot amaliyotida qo'llashga ruxsat etilgan: eozin, eritrozin, qizil 2C kislotasi, tropeolin 00, indigotin, indigo, bo‘yalgan shakar (ruberozum, flavorozum, serulezum) va ularning turli nisbatdagi aralashmalari qo‘shiladi. Asosan, tabiiy mahsulotlar (karbin kislotasi, xlorofil (E l40), (3- karotin (El60a) va boshqalar), noorganik moddalar (temir oksidlari) va organik bo‘yovchilardan foydalaniladi. Download 26.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling