Kapsulalar to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar


Download 26.72 Kb.
bet4/4
Sana19.01.2023
Hajmi26.72 Kb.
#1102980
1   2   3   4
Bog'liq
Kapsula #6

Xiralashtiruvchilar. Bu moddalar noshaffof kapsulalar olishda ishlatilib, ular jelatin massasida mayda dispers suspenziya hosil qiladi. Bu maqsadda, asosan, titan oksidi ishlatiladi, kamdan-kam hollarda alyuminiy oksidi va kalsiy karbonat (CAS № 471-34-1) lardan ham foydalaniladi.
Suv yutuvchi moddalar. Bu moddalar agar kapsula gigroskopik moddalar bilan to‘ldirilsa, undagi namlikni shimib olishning oldini oladi. Bu maqsadda, asosan, polipeptidlar, oligosaxaridlar, kraxmal (CAS № 9005-25-8) va boshqa suv shimuvchi moddalar ishlatiladi.
Dezintegrantlar - jelatinli kapsulalar uzoq vaqt saqlanganda ham ularning parchalanishini ta ’minlaydi (jelatin kollagendan olingandan so‘ng eskirish xususiyatiga ega). Bu maqsadda aminokislotalar, proteinlar, kazein, kroskarmeloza, tvinlar, natriy gidrokarbonat ishlatiladi. Bundan tashqari, dezintegrantlar dori moddasining tez ajralishiga ham yordam beradi. Kapsula qobig‘ini tez parchalanishini ta’minlash uchun ayrim gazlardan ham foydalaniladi. Bu maqsadda kislorod, azot, uglerod (II) oksidi, argon va boshqa gazlar ishlatiladi. Yapon olimlari tomonidan taklif qilingan jelatinni yantar angidridi bilan ishlov berish usuli bu borada diqqatga sazovordir.
Sirpantiruvchi agentlar. Ular kapsulalarni yopishib qolishdan saqlaydi. Bularga D-mannit, D-sorbit (TSH 64-5-17-80), ksilit va boshqalar kiradi.
Aromatizatorlar - kapsulalarga xushbo‘y hid berish maqsadida, ba’zi hollarda jelatinli asosga efir moylari, essensiya, etil-vanilin 0,1% kabi aromatizatorlar qo‘shilishi mumkin. Ta’mni yaxshilash maqsadida esa shakar qiyomi, saxaroza, glyukoza va boshqa yordamchi moddalar ishlatiladi.
Download 26.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling