Karer haqida tushuncha. Pog‘ona elementlari
Karerning bosh parametrlari
Download 332 Kb.
|
Karyer mexanik uskunalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karer osti o‘ lchamlari
- Karer bortining q iyalik burchagi
- Karer chegarasidagi butun kon massasi h ajmi
Karerning bosh parametrlari.
Oxirgi chuqurlik —bu qiya va tik joylashgan uyumlarni qazib olishda, karerning ishlab chiqarish quvvati, uning maydondagi o‘lchamlari, qazib olinadigan kon massasi jami hajmi aniqlanadi. Gorizontal va og‘ma uyumlar uchun oxirgi chuqurlik tabiiy shart-sharoitlar bilan aniqlanadi va karerni butunligicha qazib olish davrida ozgina o‘zgaradi. Oxirgi chuqurlik karerni loyixalashtirish vaqtida o‘rnatiladi. Hozirgi vaqtda jahonda karerlarning chuqurliklari 400 metrlarni tashkil etadi. Loyixalarda 700 metrgacha chuqurlikda ochiq kon ishlarini olib borish mo‘ljallanmoqda. Yer yuzasida uyumning cho‘zilishi va ko‘ndalang yo‘nalishi bo‘yicha karerning ko‘rsatkichlari, uyumning o‘lchamlari ya’ni karerning tubi, chuqurligi va uning borti qiyalik burchagi o‘lchamlari bilan aniqlanadi. Ular chizma tasvir holida yoki analitik o‘rnatiladi. Plandagi karerning shakli ko‘pincha ovalsimon shaklga ega bo‘ladi. Karerning uzunligi 100 metrdan 8 km.gacha masofaga, kengligi esa konning tuzilishiga qarab 4 km.gacha uzunlikda o‘zgarib turadi. Karer osti o‘lchamlari, karerning oxirgi chuqurlik belgisida qazib olinayotgan uyum qismi bilan chegaralanadi. Karerning ostki minimal o‘lchamlari pastki pog‘onada olib borilayotgan jinslarni xavfsiz qazib olish va yuklash shart-sharoitlari bilan aniqlanadi (kengligi buyicha kamida 20 metr, uzunligi buyicha 50 metrdan kam bo‘lmasligi kerak). Karer bortining qiyalik burchagi bort yonbag‘iri massivi jinslari mustahkamligi va transport kommunikatsiyalarining joylashtirilishi shart-sharoitlari bilan aniqlanadi. Qoplovchi tog‘ jinslarini qazib olishni kamaytirish maqsadida bortlarning qiyalik burchaklarini iloji boricha tikroq qilib olinadi. Karer chegarasidagi butun kon massasi hajmi, korxonaning ishlab chiqarish quvvatini, uning qazib olinish muddatini va boshqa bir qancha ko‘rsatkichlarni belgilovchi zarur ko‘rsatgich hisoblanadi. Yer yuzasi relefi tekis bo‘lganda karer maydonidagi butun kon massasi hajmini (m3) quyidagi formula yordamida aniq hisoblash mumkin: Download 332 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling