Karl imperiyasi Mundarija


Download 200 Kb.
bet14/15
Sana02.05.2023
Hajmi200 Kb.
#1422613
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2-02 Xayriniso Mirzokirova

Sud jarayoni
ranklarda sud jarayoni ayblov-tortishuv xarakte-riga ega bo‘lgan. Jinoyat va fuqarolik sud ishlarini yuri-tish bir xil shakllarda amalga oshirilgan. Ish faqat da’vo-garning tashabbusi bilan qo‘zg‘atilgan. Tomonlar sud jarayonida teng hu-quqlarga ega edi. Sud jarayoni og‘zaki, oshkora bo‘lgan va o‘ta rasmiyligi bilan ajralib turgan. O‘g‘irlangan mulkni qidirib topish, sudga javobgarni, guvohlarni chaqirish jabrlanuvchining majburiyati hisoblangan. Sud jara-yonida nafaqat tomonlar, balki ish bo‘yicha guvohlar ham muhim o‘rin tutgan. “Sali haqiqati” javobgar va guvohning sudga uzrli sabablarsiz kel-maganligi uchun 15 solid jarima belgilaydi (I titul, 1-modda).

Javobgar yoki guvohning qirol xizmatida bo‘lishi, kasal bo‘lib qolishi, qarindoshlaridan birining o‘limi, uyiga o‘t ketishi tufayli sudga kelmasligi uzrli sabab sanalgan. “Sali haqiqati”da ko‘rsatilishicha, ”Agar kimdir birovni sudga chaqirmoqchi bo‘lsa, guvohlar bilan birgalikda uning uyiga kelishi va bu haqda uni xabardor qilishi lozim bo‘lgan. Agar sudga chaqiriluvchi javobgar yoki guvoh uyda bo‘lmasa, u holda jabrlanuvchi uning xotini yoki uyidagilardan birini chaqirib, uni sudga chaqirilayot-ganligini aytib qo‘yishlarini tayinlagan” (I titul, 3-modda).
“Sali haqiqati” sud jarayonida qo‘llaniladigan dalillarning uch turini ko‘rsatadi. Bular: guvohlarning ko‘rsatmalari, qasamxo‘rlar ko‘rsatmalari va ordaliya bo‘lib, ularning ichida guvohlarning ko‘rsatmalari katta ahamiyatga ega edi.
Sudda guvohlarning yolg‘on ko‘rsatma berishi, ish bo‘yicha bilgan-larini aytishdan bosh tortishi qattiq jazolangan. Bunday guvohlar qonun-dan tashqari deb e’lon qilingan va ularga jarima solingan. Guvohga qator talablar qo‘yilgan. Chunonchi, qul erkin kishiga qarshi guvohlik bera ol-magan. Shuningdek, ilgari yolg‘on ko‘rsatma berganligi uchun fosh qilin-gan shaxslar ham guvohlikka o‘ta olmagan (“Alleman haqiqati”, XLII ti-tul, 2-modda). “Bavar haqiqati” bo‘yicha guvoh kimga qarshi guvohlik be-rayotgan bo‘lsa, u bilan teng mavqeda bo‘lishi lozim edi. Agar yerga oid nizo ketayotgan bo‘lsa, guvohning o‘sha jamoadan bo‘lishi va hech bo‘l-maganda ma’lum boylikka (6 solidga) ega bo‘lishi talab qilingan (XVII titul, 2-modda).
Sud ishlarining amalga oshirilishida guvohlarning muhim o‘rin tutishi sud jarayonida ularga nisbatan talabchanlikning bir muncha yuqori qilib belgilanishiga sabab bo‘lgan. Chunonchi, “Sali haqiqati”ning maxsus XLIX tituli ”guvohlar to‘g‘risida” alohida me’yorlar belgilaydi. ”Agar guvoh, biror qonuniy to‘siq uni ushlab qolmagan bo‘lsa-yu, sudga chaqiril-ganda kelmasa, 15 solid jarima to‘lashi lozim bo‘lgan” (XLIX titul, 2-modda). Xuddi shuningdek, yolg‘on guvohlik berish uchun ham 15 solid jarima nazarda tutilgan edi (XLVIII titul, 1-modda). Guvohlar o‘z ko‘rsat-malarining to‘g‘riligini qasam ichish yo‘li bilan tasdiqlardilar.
Bu haqda “Bavar haqiqati”ning XVII tituli 6-moddasida ham alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Bundan tashqari, ushbu moddada ko‘rsatilishicha, agar biror ish yuzasidan guvohlar ko‘p bo‘lsa, bunday holda ularning orasidan sud majlisida ishtirok etib, ko‘rsatmalar berishi lozim bo‘lgan guvohlar qur'a tashlash yo‘li bilan tanlab olinardi. Javobgarning guvoh ko‘rsatmalaridan noroziligi ular o‘rtasidagi yakkama-yakka olishuv (duel)ga sabab bo‘lishi mumkin edi. Tomonlar yakkama-yakka olishuvda o‘z o‘rnilariga qullarini qo‘yishga haqli edilar. (“Bavar haqiqati”, XVIII titul, 1-2-moddalar). Agar ish bo‘yicha guvohlar, ”ishonchli dalillar” yo‘q bo‘lsa va jinoyatni ”lozim darajada isbotlash” mumkin bo‘lmasa, sudga qasamxo‘rlar jalb qilingan (“Sali haqiqati”, XVII titul, 5-modda).
Qasamxo‘rlik institutining ildizlari franklarning uzoq urug‘doshlik o‘tmishiga borib taqaladi. Qasamxo‘rlar - qarindoshlar, qo‘shnilar, do‘stlar bo‘lib, ular sudda tomonlardan birining haqligiga guvohlik berish yo‘li bilan uni himoya qilishlari, qo‘llab-quvvatlashlari lozim edi. Bunda qasamxo‘rlar ish holatlarini bilganliklari uchun emas, balki go‘yoki javobgar, ayblanuvchi va boshqalarning ”halol-pokligi, xushfe'lligi hamda mo‘min-qobil ekanligi uchun himoya qilib chiqqanlar. Qasamxo‘rlar, o‘g‘rilik jinoyati rad etilgan hollarda, o‘g‘irlangan narsaning qiymatini ham belgilaganlar. “Bavar haqi-qati” bo‘yicha, qasamxo‘rlar ”maxsus qurbonlik qilinadigan joyda, Injilni ochib qo‘ygan holda, cherkovning noibi ishtirokida qasam” ichganlar.
“Sali haqiqati” jinoyat qilishda ayblanuvchi shaxslarni ”xudo sudi”da sinash hisoblangan ordaliyani ham belgilaydi. Bunga ko‘ra, ayblanuvchi shaxsning qo‘li qozonda qaynab turgan suvga tiqilgan va kuyib yaralangan qo‘l bog‘lab qo‘yilgan, ma’lum muddat o‘tgach, yara yechib ko‘rilganda yaxshi bitmagan bo‘lsa, uning aybdor ekanligi tasdiqlangan. Qaynoq suvda sinashdan uni sotib olish yo‘li bilan qutulish mumkin edi. Bunday holda to‘lovning qiymati aybdordan undirilishi lozim bo‘lgan jarimaning qiymatiga bog‘liq bo‘lgan, lekin jarimaning o‘zidan ancha kam edi. Masalan, sodir etil-gan jinoyat uchun 15 solid jarima nazarda tutilgan bo‘lsa, shunday jinoyatni sodir etgan yoki etmaganligini aniqlash maqsadidagi sinov (ordaliya)dan qu-tulish evaziga 3 solid, 35 solidli jarima uchun esa - 6 solid to‘lov haqi belgi-langan edi (“Sali haqiqati”, LIII titul, 1-3-moddalar). Albatta, sinovdan qutu-lib qolish imkoniyatiga faqat mulkdor va badavlat kishilargina ega bo‘lishgan.
Franklarda sinab ko‘rish usulining boshqacha turlari ham qo‘llanilgan. Masalan, kapitulyariylar bo‘yicha ”qur'a tashlash” yo‘li bilan ham aybni isbot-lash mumkinligi o‘rnatilgan edi. Qullarga nisbatan ko‘pincha qiynash usullari qo‘llanilgan. Qul aybiga iqror bo‘lgunicha qiynoqqa solingan. ”Adolatli qiy-noqqa solish” uchun o‘z qulini taqdim etish xo‘jayinning majburiyati hisoblan-gan. Agar xo‘jayin uch marta ”pand-nasihat” yo‘li bilan so‘ralgandan keyin ham o‘z qulini ”adolatli qiynoqqa solish”ga bermasa, undan jarima undirilgan. Shuni aytib o‘tish kerakki, hamma franklarda ”sinash”, ”qiynash” usullari teng darajada qo‘llanilmagan. Masalan, gotlarda suv, olov bilan sinash, shuningdek, yakkama-yakka olishuv taqiqlangan edi. Biroq, Teodorix ediktiga asosan ”qa-sam” yo‘li bilan sinash saqlanib qolgandi (74-modda). Tomonlar sud qarorini ixtiyoriy ravishda bajarishdan bosh tortgan hollarda, uni grafning o‘zi ijro etgan. Agar kimdir grafning sud qarorini bajarishiga to‘sqinlik qilsa, qattiq ja-zolangan. Sudning vergeld undirish to‘g‘risidagi qarori kafillar yordamida ke-chiktirilishi mumkin edi. Kafillik alohida ishonchli bo‘lishi uchun sud majlisida qatorasiga to‘rt marta tasdiqlanardi (“Sali haqiqati”, VIII titul, 1-modda).
Xulosa
800-843-yillarda hukm surgan bolib, uning hududi hozirgi Fransiya
Germaniya, Shimoliy Italiya. Qizigi shundaki, bu davlatning doimiy poytaxti bo‘lmagan. Imperiya asoschisi Buyuk Karl o‘z amaldorlari bilan mamlakat bo‘ylab harakatlanib, turli shaharlardagi saroylarda to‘xtagan, mahalliy aholiga og‘irligi tushmasligi uchun uzoq vaqt o‘tmay yana boshqa shaharga yo‘l olgan. Shunday shaharlardan biri Axenda joylashgan. Davlat asoschisi Buyuk Karl-kardinglar sulolasi asoschisi Pipin Pakananing o‘g‘li. U Franklar qirolligini, 800-yildan imperiyasini 46 yil boshqargan. Buyuk nomi unga tarixchilar tomonidan 53ta harbiy yurishga boshchilik qilib, yirik saltanat turgan bu davlatda yangi qonunlar maorif va madaniyatga asos solgani uchun berilgan. Karl haqida ko‘plab tarixiy asarlar, afsonalar, rivoyatlar to‘qilgan. Uning nomidan Karol qirol unvoni kelib chiqqan. Buyuk Karl davlati yevropaning katta qismini egallagan, uning hududini G‘arbiy Rim Imperiyasi bilan bemalol taqqoslasa bo‘lar edi. Lekin Buyuk Karlning hokimiyati so‘nggi Rim imperatorlarinikidan ancha yuksak bo‘lgan. Ayni paytda so‘ngan imperiya haqidagi hotiralar VIII asrda ham G‘arbiy Yevropaning turli xalqlari hotirasida saqlanib qolgan. Karlning maslahatchilarida uni qadimgi rimliklarga taqlid qilib imperator deb elon qilish goyasi tugiladi. Bunday imkoniyat 800-yilda Rim mahalliy zodagonlarining papa Leo IIIga qarshi isyon ko‘tarishi orqali vujudga keladi. Karl qos‘hin olib birib isyonni bostiradi. Bu yordam evaziga Rim papasi 800-yil dekabrda Karlga imperatorlik tojini kiydiradi. Shu tariqa G‘arbda yana imperiya paydo bo‘ldi. Imperiyani Kardinglar sulolasiga mansub 3 ta imperator boshlagan: Buyuk Karl(768-814), Lyudovik Taqvodor (814-840), Karl II Tusni (840-877). Davlat boshliqlarining shaxsiy fazilatlariga kelsak, Buyuk Karl mohir sarkarda, davlat arbobi, siyosatchi bo‘lgan. U madaniyatga homiylik qilib o‘z saroyida akademiya tashkil qilgan. Karldan keyin taxtga kelgan Lyudovik ham aqlli, mohir davlat arbbobi bo‘lishi bilan birga, o‘ta taqvodor, fanat odam bo‘lgan. 840 yildan hukmronlik qilgan Karl II esa ayyor, mug‘ombir siyosatdor bo‘lib o‘z raqiblarini bir necha bor aldagani manbalarda qayd etilgan. Shu tufayli Karl II Tulki nomi bilan mashhurdir. Davlatning siyosiy ahvoliga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu davrda Garbiy Yevropa xalqlari hayotida qator ijtimoiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Masalan, mulkiy tabaqalanish kuchayib aholi erkin kishilik, zodagonlar va yarim ozod kishilarga bo‘linib ketdi. Imperiyaning iqtisodiy ahvoli qudratli bo‘lgan bu davrda imperiyada otliq ritsorlar qo‘shini vujudga kelishi natijasida feodallar toifasi shakllandi .Feodallarga inom etilgan yerlar soliqlardan ozod etilgan. Natijada erkin dehqonlar zimmasidagi soliqlar soni va hajmi tobora ortgan. Shuningdek, axoli ham qirolga ,ham xristian cherkoviga soliq to‘lagan. Buyuk Karl Imperiyasida asosan Xristian dini mavjud bolib, aholi bu dinning katolik oqimiga etiqod qilishganlar.778-yilda Ispaniyaga hujum qilishi va Ispan markasi tuzilishi bilan, islom diniga etiqod qiluvchi aholi ham paydo bolgan.Chunki Ispaniya Arab xalifaligi tomonidan istilo qilingan edi.Davlatning boshqaruv shakli tola monarxiya shaklida bolib, imperator qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini ozida mujassamlashtirgan. Buyuk Karlning saroy hizmatkorlari ayni paytda vazirlar hisoblanishgan. Moliya, soliq, harbiy ayonlar, dasturxonchilar, otxona, boshligI va boshqalar. Franklar imperiyasida muhim lavozimlardan hisoblangan. Davlat tuzilishi shakliga kora, gersoglik va grafliklarga bo‘lingan. Yirik qabilalarni gersoglar (nem-saylangan harbiy yolboshchi) boshqargan. Yirik bo‘lmagan hududlarni imperator tayinlagan graflar (nem- qirol tayinlagan amaldor) boshqaradi. Gersog unvoni avvaldan merosiy bo‘lsa, graflarni imperator tayinlagan Buyuk Karl imperiya chegaralarini mustahkamlash maqsadida morhalar (nem-chegara harbiy viloyati) turib uni morhgraflar boshqargan. Davlatda madaniy hayot ancha rivojlangan. Buyuk Karl o‘z davlatida yangi maorif tizimini yaratadi. Qirol tomonidan 789-yilda xalq maktabi joriy qilindi. Qonunga binoan, maktablar ibodatxonalar qarshisida tashkil etilib, ruhoniylarga oddiy xalq tarafdorlarini o‘qitish buyurilgan. Saroyda ham maktab tashkil qilinib, unda Karlning yaqin dostlari, olimlar-saroy akademiyasi azolari dars berishgan. Saroy Akademiyasi antik davr mualliflari asarlarini o‘rganish, sherlar bitish bilan mashg‘ul bo’lishgan. Ulardan biri tarixchi-rohib Eyngard asarlaridan Buyuk Karl hayoti va faoliyati xaqidagi malumotlarni olamiz. Eyngardning ilmga chanqoqligi va tirishqoqligi tufayli mehnatsevar chumoli deb atashgan. Aytishlaricha, Karlning ozi lotin va yunon tillarni mukammal bilgan.Davlatda yashab otgan tarixiy shaxslar quyidagilar edi:Eyngard, Alkuin, Roland,Lev III, Derideriy va boshqalar. Eyngard tarixchi-rohib bolib, Saroy Akademiyasi asosi, Karl haqida yozgan.
Foydalanilgan adabiyotlar :




  1. Download 200 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling