Karlibaeva R. H., Tashhodjaev M. M., Axunjonov U. M. Korporatsiyalar moliyаsi oliy ta'limning 340000 «Biznes va boshqaruv»


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/61
Sana16.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1273228
TuriУчебное пособие
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORPORATSIYALAR MOLIYАSI

Tayanch iboralar: qayta investitsiyalash, aktsiya, Gordon modeli, emissiya, 
ishlab chiqarish, soliqqa tortish, investitsion portfel, kapital qo’yilma, aktiv.
 
Nazorat savollari 
1. Dividend siyosatining mazmuni va mohiyati 
2. Dividend siyosati 


56 
3. F.Modilyani va M.Millerning dividend nazariyasi 
4. R.Litstenberger va K. Ramasvamilarning soliq differenstiastiyasi 
nazariyasi 
 
 
 
 
VIII BOB. MOLIYAVIY REJALASHTIRISHGA YONDASHUV 
 
8.1. Moliyaviy rejalashtirish va nazorat–boshqarish tizimining muhim 
elementi sifatida 
Keng ma’noda har qanday biznesni tashkil qilish, boshqarishning har qanday 
shaklini o’z ichiga oluvchi ijtimoiy iqtisodiy tizimning izohi o’zida 
boshqariladigan tizim eelemntlariga boshqaruvchi tizim elementlarini maqsadli 
yo’naltirilgan, tizimli va uzluksiz ta’sir etish jarayonidir. 
Moliyaviy rejalashtirishning ob’ekti bo’lib xo’jalik sub’ektlari va davlatning 
moliyaviy faoliyati hisoblanadi. Har bir xo’jalik sub’ekti moliyaviy rejasini tuzadi, 
ya’ni bu alohida muassasaning smeta xarajatlaridan tortib to davlatning yig’ma 
moliya balansigacha qamrab oladigan muxim jarayondir. 
Har qanday moliya rejasida ma’lum bir davrga mo’ljallangan hamda moliya 
va kredit tizimi bilan bog’liq bo’lgan daromadlar va xarajatlar aniqlanadi. 
Umuman olganda moliya tizimining barcha soha va bo’g’inlarida, 
faoliyatidan kelib chiqib, moliyaviy rejalar tuziladi. Masalan: tijorat asosida 
faoliyat ko’rsatagtgan xo’jalik sub’ektlari daromadlar va xarajatlar balansi, 
notijorat asosida faoliyat ko’rsatadigan muassasalar esa smeta xarajatlari 
ko’rinishida moliyaviy reja tuzadi. 
Moliyaviy rejalashtirishning aniq vazifalarini moliya siyosati aniqlab beradi. 
Ular tarkibiga quyidagilar kiradi: rejali topshiriqlarni bajarish uchun zarur bo’lgan 
moliyaviy resurslar miqdori va ularning manbalari; xarajatlarni iqtisod qilish va 
daromad rezervlarini oshirishni aniqlash; markazlashgan va markazlashmagan 
fondlar o’rtasidagi taqsimlashlarni optimal yo’llarini qidirib topish va boshqalar. 
Bozor iqtisodiyoti moliyaviy rejalashtirishni rad etmaydi. Ammo, bozor 
munosabatlari rejali iqtisodiyotga qaraganda rejalashtirishni egiluvchan, ya’ni davr 
talabiga moslab o’zgartirib boradi.
Boshqarishning mohiyatini shakllantiruvchi qator yondashuvlar bizga 
ma’lum bo’lib boshqarish tizimi elementlari sifatida rejalashtirish, operativ 
boshqarish va nazorat tizimlarini yuqorida ko’rib o’tdik. Masalan, P.Durker 
boshqarishning umumiy funkstiyalari ketma ketligini: rejalashtirish, nazorat, 
tashkil qilish, kommunikastiya, motivastiya kabi elementlarini keltiradi.
Moliyaviy rejalashtirish bir nechta uslublarga tayangan holda amalga 
oshiriladi. Shulardan asosiylari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 
1. Ekstrapolyastiya usuli; 
2. Normativ usuli
3. Matematik modellashtirish usuli. 


57 
Ekstrapolyastiya usulining mohiyati shundaki, o’tgan hisobot davrining 
moliyaviy natijalaridan xulosa chiqarib kelgusi hisobot yili uchun moliyaviy rejani 
tuzishni ko’zda tutadi. Moliyaviy ko’rsatkichlarning prognoz va rejali hisob 
kitoblari turli usullardan foydalanishga asoslanadi. Ekstrapolyastiya usuli 
moliyaviy ko’rsatkichlar va ularnig dinamik o’zgarishlariga asoslanadi. Moliyaviy 
ko’rsatkichlar hisobot yilidagi ko’rsatkichlar asosida amalga oshiriladi.
Normativ usulda, belgilangan norma va normativlardan foydalanish ko’zda 
tutiladi.
Matematik modellashtirish usulida real iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni 
takrorlovchi moliyaviy modellar tuzish orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy 
resurslarni manbalarini ulardan foydalanish bilan muvofiqlashtirish asosidagi 
rejalashtirish jarayoni balans usuli hisoblanadi. 
Hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalarning xarakteriga, murakkabligiga va 
davrini uzoqligiga qarab, moliyaviy siyosat: 
1. Moliyaviy strategiya. 
2. Moliyaviy taktikaga
Moliyaviy strategiya deb korxonani moliyaviy resurslar bilan ta’minlash 
uchun tuzilgan asosiy rejaning tarziga aytiladi. Korxonani moliyaviy strategiyasi 
o’z ichiga korxonaning moliyaviy axvolining tahlilini asosiy va aylanma 
mablag’larini optimallashtirish, daromadni taqsimlash, nakd pulsiz to’lashlarni, 
soliq va narxlar siyosatini, qimmatli qog’ozlar jarayonidagi siyosatni oladi. 
Moliyaviy strategiya asosiy va operativ bo’lishi mumkin. 
Asosiy moliya strategiyasi deb, korxonani faoliyatini aniqlovchi byudjetni 
xamma darajasida bo’ladigan o’zaro munosabatlariga, korxonani daromadlarini 
tashkil etib uni sarflashga, extiyojlik miqdorini va bir yilda moliyalashtirish 
manbalariga aytiladi. 
Operativ moliya strategiyani, asosiy moliyaviy strategiyadan farqi, u o’z 
ichiga yalpi daromdlarni va mablag’larni ko’payishini (ish haqi, sotilgan maxsulot 
uchun sotib oluvchilar bilan hisob-kitob qilish, kredit operastiyalaridan tushumlar) 
va hamma yalpi xarajatlarini (ta’minlovchilar bilan hisob-kitob, ish haqi, hamma 
darajadagi byudjetlar va banklar bilan majburiyatlarini) o’z ichiga oladi. 
Moliyaviy strategiya – ijtimoiy va iqtisodiy strategiyani belgilab bergan 
uzoq istiqbolga mo’ljallangan va yirik masshtabdagi vazifalarni bajarishga 
qaratilgan bo’lib, u moliya rivojlanishining asosiy konstepstiyalarini ishlab chiqish, 
moliyaviy munosabatlarni tashkil etish tamoyillarini belgilashni ko’zda tutadi. 
Moliyaviy strategiya uzoq muddatli maqsadlarni tanlash va maqsadli 
programmalarni zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, ularni iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlanishning asosiy yo’nalishlarida mujassamlashtiradi va ko’zda tutadi. 
Moliyaviy taktika – strategiya belgilab bergan vazifalarni jamiyat 
rivojlanishining konkret bosqichida moliyaviy munosabatarni tashkil etish usullari 
orqali amalga oshiradi. 
Moliyaviy siyosat inson faoliyatining maxsus shakli sifatida ustkurma 
kategoriyalariga ta’lluqlidir. U bilan jamiyatning iqtisodiy bazisi orasida 
chambarchas bog’langan o’zaro bog’liqlik mavjuddir. Bir tomondan, moliyaviy 


58 
siyosat iqtisodiy munosabatlar orqali vujudga keladi, ikkinchi tomondan, iqtisodiy 
bazis asosida vujudga kelib va rivojlanib, moliyaviy siyosat ma’lum bir 
mustaqillikka ega. Shuning uchun u iqtisodga, moliyaning ahvoliga teskari ta’sirini 
o’tkazadi. Bu ta’sir har xil bo’lishi mumkin: bir xil paytlarda siyosiy chora-
tadbirlarni o’tkazish orqali iqtisodni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratiladi, 
boshqalarda esa u to’sqinlik qiladi. 
O’zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor 
munosabatlariga o’tishda, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo’lgani kabi, 
moliya va moliyaviy munosabatlarda ham chuqur islohotlarni amalga oshirishga 
to’g’ri keldi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling