Karlibaeva R. H., Tashhodjaev M. M., Axunjonov U. M. Korporatsiyalar moliyаsi oliy ta'limning 340000 «Biznes va boshqaruv»
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-KORPORATSIYALAR MOLIYАSI
Tayanch iboralar: kapital, korxona, Tadbirkor, davlat, o’z mablag’lari, foyda, qarz mablag’lar, moliyaviy dastak, bank kreditlari, harajat, moliyalashtirish, asosiy va aylanma aktiv Nazorat savollari 1. Kapitalning iqtisodiy mazmuni va mohiyati 2. Korxona kapitallari tarkibi 3. Korxona kapitallarini shakllantirish prinstiplari 4. Korxonalarni moliyalashtirish va kreditlashtirish usullari 42 VI BOB. KAPITAL QO’YILMALAR BYUDJETI BILAN BOG’LIQ RISKLARNI BAHOLASH 6.1. Loyiha tavakkalchiligi tahlilining mohiyati va asosiy turlari Umumiy ma’nodagi «risk» tushunchasi loyihani amalga oshirish jarayonida noxush vaziyatlar va oqibatlarning vujudga kelishi mumkinligi bilan bog’liq bo’lgan noaniqlik sifatida tavsiflanadi. Risk va uni baholash muammosi mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun yangilik emas: o’tgan asrning 20-yillarida mamlakatimizda ishlab chiqarish-xo’jalik tavakkalchiligining amal qilishini hisobga oladigan bir qator qonunchilik hujjatlari qabul qilindi. Agar loyihani amalga oshirishning turli-tuman ehtimol tutilgan sharoitlarida uning xarajatlari va natijalari turlicha bo’ladigan bo’lsa, unda risk va noaniqlik omillari loyihaning samaradorligi hisob-kitoblarida hisobga olinishi kerak bo’ladi. Bundan tashqari, investitsiya loyihalarining moliyalashtirilishi – bu dinamik jarayon bo’lib, qarorlarni qabul qilishning har bir nuqtasida loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari o’zgarishi mumkinki, bu loyihaning oldindan hisoblab chiqilgan natijalarining avtomatik tarzda o’zgarishiga olib keladi. Loyiha risklarini tasniflashning murakkabligi ularning turli-tumanligidadir. Shu munosabat bilan risklarni va ular bilan bog’liq muammolarni tadqiq etadigan iqtisodiy adabiyotlarda ularni tasniflashning yagona bir qat’iy tizimi yo’q. Loyiha nuqtai nazaridan oldindan aytib bo’lmaydigan risklar quyidagilarni o’z ichiga oladi: A. Makroiqtisodiy risklar, shu jumladan: 1) moddiy-texnika ta’minoti, atrof muhitni muhofaza qilish, loyihalash normativlari, ishlab chiqarish normativlari, erdan foydalanish, eksport-import, narx belgilash, soliqqa tortish sohalarida davlat tomonidan tartibga solish yuzasidan kutilmagan chora-tadbirlar; 2) iqtisodiy sohadagi qonunlar va joriy iqtisodiy vaziyatning beqarorligi; 3) tashqi iqtisodiy vaziyatning o’zgarishi (savdo-sotiq va etkazib berishlarga cheklashlarning joriy qilinishi, chegaralarning yopilishi mumkinligi va hokazo); 4) siyosiy beqarorlik, noxush ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar tavakkalchiligi; 5) texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar dinamikasi haqidagi axborotlarning to’liq emasligi yoki noaniqligi; 6) bozor kon’yunkturasi, narxlar, valyuta kurslari va shu kabilarning tebranib turishlari; tabiiy-iqlim sharoitlarining noaniqligi, tabiiy ofatlar bo’lishi ehtimoli. 43 V. Ekologik risklar (tabiiy falokatlar), shu jumladan: 1) suv toshqinlari; 2) zilzilalar; 3) po’rtana (shtorm)lar; 4) iqlimiy halokatlar va boshqalar. S. Ijtimoiy xavfli risklar va jinoyatlar bilan bog’liq risklar, shu jumladan: 1) vandalizm; 2) sabotaj; 3) terrorizm. D. Ko’zda tutilmagan o’pirilishlarning yuz berishi bilan bog’liq risklar, shu jumladan: 1) zarur infratuzilmaning yaratilishidagi; 2) loyihalashtirish, ta’minot, qurilish bo’yicha pudratchilarning bankrotligi oqibatidagi va hokazo; 3) moliyalashtirishdagi; 4) ishlab chiqarish-texnologik tizimdagi (avariyalar va uskunalarning ishlamay qolishi, ishlab chiqarishdagi nosozlik va hokazo); 5) ishtirok etuvchi korxonalarning moliyaviy ahvoli va tadbirkorlik borasidagi obro’-e’tibori haqida to’liq yoki ishonchli axborotlarning olinishidagi (to’lovsizliklar, bankrotliklar, shartnomaviy majburiyatlarning bajarilmasligi mumkinligi). Tashqi oldindan aytish mumkin bo’lgan (lekin noaniq) risklarga quyidagilar kiradi: 1) bozor tavakkalchiligi, u quyidagilar bilan bog’liq bo’ladi: -xomashyoni olish imkoniyatining yomonlashuvi va uning qiymatining oshishi; -iste’molchilik talablarining o’zgarishi; -raqobatchilikning kuchayishi; -bozordagi pozistiyalarning boy berilishi; -haridorlarning savdo qoidalariga rioya etishni xohlamasligi. 2) quyidagilar sababli yuz beradigan operastion risklar: -loyiha elementlarining ishchi holatini tutib turish mumkin bo’lmasligi; -xavfsizlikka putur etkazilishi; -loyiha maqsadlaridan chekinish. Loyiha ichidagi risklar quyidagilar natijasida yuz beradi: 1) quyidagi sabablarga ko’ra ishlar rejalarining buzilishlari: -ishchi kuchi yoki materiallarning etishmasligi; -materiallarni etkazib berishdagi kechikishlar; -qurilish maydonchalaridagi yomon sharoitlar; -loyiha buyurtmachisi, pudratchilar imkoniyatlarining o’zgarishlari; -loyihalashtirishdagi xatolar; -rejalashtirishdagi xatolar; -ishlarni muvofiqlashtirishdagi kamchiliklar; -rahbariyatning o’zgarishi; -noxush hodisalar va sabotaj; 44 -boshlang’ich davrdagi qiyinchiliklar; -rejalashtirishning norealligi; -boshqaruvning zaifligi; -ob’ektga etib borishning qiyinligi; 2) quyidagilar sababli mablag’larning ortiqcha sarflanishi: -ishlar rejalarining buzilishlari; -ta’minot strategiyasining noto’g’riligi; -xodimlarning malakasizligi; -materiallar, xizmatlar va shu kabilar bo’yicha ortiqcha to’lovlar; -ishlardagi parallelizm va loyiha qismlarining bir-biriga uyqashmasligi; -pudratchilarning noroziliklari; -smetalarning noto’g’riligi; -hisobga olinmagan tashqi omillar. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling