Karlibaeva R. H., Tashhodjaev M. M., Axunjonov U. M. Korporatsiyalar moliyаsi oliy ta'limning 340000 «Biznes va boshqaruv»


 Loyiha risklarini tadqiq qilish uslublarini tasniflash


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/61
Sana16.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1273228
TuriУчебное пособие
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORPORATSIYALAR MOLIYАSI

6.3. Loyiha risklarini tadqiq qilish uslublarini tasniflash 
Hozirgi vaqtda qo’llaniladigan risklar tahlilining matematik apparati garchi 
ushbu aytib o’tilgan sohani matematik modellashtirishga nisbatan boshqa 
yondashuvlar ham mavjud bo’lsa-da, lekin ko’pincha ehtimolliklar nazariyasi 
uslublariga tayanadi. 
Risklar nazariyasida matematik modellarning quyidagi turlarini: bevosita, 
teskari va sezuvchanlikni tadqiq etish vazifalarini ajratib ko’rsatish qabul qilingan. 
Bevosita vazifalarda riskni uning darajasini belgilash bilan bog’liq baholash 
ma’lum axborotning apriorisi asosida amalga oshadi. Teskari vazifalarda berilgan 
cheklashlarni qabul qilinadigan risk darajasiga qoniqtirish maqsadida bir yoki bir 
necha o’zgartiriladigan asosiy parametrlarga cheklashlar belgilanadi. Boshlang’ich 
axborotlarning 
muqarrar 
tarzdagi 
noaniqligi 
sababli 
zarur 
bo’ladigan 
sezuvchanlikni tadqiq etish uslubining asosiy g’oyasi natijali, mezonli 
ko’rsatkichlarning modellar parametrlarini variantlashga (ehtimolliklarning 
taqsimlanishi, u yoki boshqa kattaliklarning o’zgarish sohalari va shu kabilarga) 
nisbatan qaltisligi, o’zgaruvchanligi darajasini tahlil etishdan iboratdir. Investitsiya 
loyihasining sezuvchanligini tadqiq qilish xulosalari loyiha risklarini tahlil etishda 
olingan natijalarning ishonchlilik darajasini aks ettiradi. Ular ishonchli 
bo’lmaganida loyihaning tahlilchisi quyidagi imkoniyatlardan birini amalga 
oshirishga majbur bo’ladi: 
noaniqligi natijaning buzilishiga eng ko’p ta’sir qilgan parametrlarni 
aniqlashtirish; 
javobning sezuvchanligini kamaytirish maqsadida boshlang’ich ma’lumotlarni 
ishlash uslublarini o’zgartirish; 
loyiha risklari tahlilining matematik modelini o’zgartirish; 
loyiha risklarining miqdoriy tahlilini o’tkazishdan voz kechish. 
Hozirgi vaqtda matematik modellarning noaniqlikni hisobga oladigan va uni 
bayon qilish usullariga ko’ra farqlanadigan quyidagi toifalari investitsiya loyihasi 
risklarini tahlil etish uchun ko’proq qo’llaniladi: 
1) stoxastik modellar; 
2) lingvistik modellar; 
3) nostoxastik (uyinli) modellar. 


47 
Loyiha risklarini tadqiq qilish sohasidagi xorijiy adabiyotlar tahlili mavjud 
uslublarni va ular bilan bog’liq modellarni quyidagi yo’nalishlar (yondashuvlar) 
bo’yicha tasniflashga imkon beradi: 
A. Ehtimollilik taqsimotlarining jalb etilishiga qarab: 
1) ehtimolliliklar taqsimotlarini hisobga olmaydigan uslublar; 
2) ehtimolliliklar taqsimotlarini hisobga oladigan uslublar. 
B. O’zgaruvchan ko’rsatkichning har bir alohida mohiyatini amalga oshirish 
ehtimolligini hisobga olish va ehtimolliliklar taqsimotlarini hisobga oladigan 
tahlilning butun jarayonining o’tkazilishiga qarab: 
1) ehtimollilik uslublari; 
2) tanlash uslublari. 
V. Ko’rilgan model bo’yicha natijalovchi ko’rsatkichlarni topish usullariga 
qarab: 
1) tahlilchilik uslubi; 
2) imitastion uslub. 
Har bir stoxastik kattalik uchun uning faqat bir mohiyati olinishi A 
yondashuvining belgisi hisoblanadi; riskni ekzogen o’zgaruvchi bilan bu tarzdagi 
«quyiltirish»dan maqsad – aniqlik vaziyatida hech qanday o’zgarishlarsiz tahlil 
etish uchun ishlab chiqilgan uslublarni qo’llanish imkoniyatiga ega bo’lishdir. 
B yondashuvi uchun tuzilgan model bo’yicha hisob-kitoblarning natijasi 
natijalovchi o’zgaruvchining alohida mohiyati emas, balki ehtimolliklarning 
taqsimotidan tashkil topadi. 
Ehtimollilik uslublari modelning qurilishi va u bo’yicha hisob-kitoblar 
ehtimollar nazariyasi tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi, deb faraz qiladi. 
Tanlash uslublarida esa bularning hammasi tanlashlar bo’yicha hisob-kitoblar yo’li 
bilan bajariladi. 
Echimlarni qabul qilishni modellashtirish uslublarining qo’llanilishi B 
yondashuvining o’ziga xos belgisidir. Bu yo’lda maqsadli, optimallashtirilgan va 
bir tizimli yondashuvlar ajratib ko’rsatiladi. 
Maqsadli yondashuvga modelni konstrukstiyalashda maqsadlarning aniq 
berilishi xosdir. Maqsadga oid ko’rsatkichlarning har qanday o’zgarishi modelning 
o’zining rekonstrukstiyasiga olib boradi va yangi hisob-kitoblarni talab qiladiki, bu 
qo’shimcha harajatlar bilan bog’liqdir. Ushbu yondashuvdan shunga o’xshagan 
aniq berilgan maqsadli vaziyatlarda doimiy tarzda qarorlarni qabul qilish zarur 
bo’lganida foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Bir tizimli yondashuv maqsadlarning ifodalangan tizimini emas, balki faqat 
reallikni aks ettirishga qaratilgan modelning qurilishi bilan bog’liqdir. Bunday 
modelni va unga doir hisob-kitoblarni baholash natijasida harakatlarning optimal 
strategiyasi emas, balki real tizimning o’zini tutishi bayoni ifodalanadi. So’ngra 
maqsadlar tizimi tanlanadi va tizimning o’zini tutishi va qilingan farazlar haqidagi 
prognozli axborotlar yordamida qarorni qabul qilish mumkin bo’ladi. Investitsion 
loyihalashtirish jarayonida vujudga keladigan maqsadlarning o’zgarishlari 
modjelning o’zgarishiga olib keladi va yangi hisob-kitoblarni talab qiladi. 
Nihoyat, V yondashuvi qurilgan model bo’yicha natijalovchi ko’rsatkichlarni 
topishning tahlilchilik va imitastion usullarini ajratib ko’rsatadi. 


48 
Natijalarni olishning tahlilchilik usuli bevosita ekzogen o’zgaruvchilar 
mohiyatlari asosida amalga oshiriladi. Uning afzalliklariga qarorni topishning 
tezligi kiradi, kamchiliklariga esa - qo’yilgan vazifaning tasarrufda bo’lgan 
matematik apparatga ko’niktirilishi zarurligi va uning nisbatan unchalik ko’p 
bo’lmagan «shaffofligi» kiradi. 
Imitastion usul model bilan ko’p martalik tajribalarni o’tkazish hisobiga 
natijalovchi ko’rsatkichning mohiyatini qadam-baqadam topishga asoslanadi. 
Uning asosiy afzalliklari – barcha hisob-kitoblarning shaffofligi, loyihani tahlil 
etish natijalarining rejalashtirish jarayoni barcha ishtirokchilari tomonidan idrok 
etilishi va baholanishining soddaligidir. Ushbu usulning jiddiy kamchiliklaridan 
biri sifatida chiqadigan axborotning hajmi kattaligi bilan bog’liq hisob-kitoblarga 
katta harajatlar qilinishini ko’rsatish zarur. 
Ko’rib chiqilgan tasniflashga yo’nalish olib, loyiha tavakkalchiligini 
baholashga nisbatan o’zaro bir-birini to’ldiruvchi sifatli va miqdoriy 
yondashuvlarni tahlil qilamiz. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling