52
VII BOB. KORPORATSIYALARNING DIVIDEND SIYOSATI
7.1. Dividend siyosatining mazmuni
Dividend – bu akstionerlarning pul daromadi hisoblanadi va o’z
mablag’larini aktsiyasiga jalb qilgan kompaniyaning ijobiy ishlayotganligi
to’g’risida ma’lum bir darajada xabar berib turadi.
Hisobot davrining foydasini
taqsimlashning soddalashtirilgan yo’nalishlarini quyidagicha tasvirlash mumkin:
foydaning bir qismi dividendlar ko’rinishida to’lanadi, qolgan qismi esa
kompaniyaning aktivlariga qayta investitsiyalanadi. Foydaning
qayta investitsiya
qilingan qismi kompaniyaning faoliyatini moliyalashtirishning ichki manbasi
hisoblanadi, shundan ko’rinib
turibdiki, dividend siyosati kompaniya tomonidan
jalb qilinaytgan moliyalashtirishning tashqi manbalari miqdoriga ma’lum darajada
ta’sir qiladi. Foydani qayta investitsiyalash – kompaniyaning o’z
faoliyatini
kengaytirishiga qaratilgan moliyalashtirishning eng ma’qul bo’lgan va arzon shakli
hisoblanadi. Britaniya olimlari tomonidan tadqiqot qilingan urush davridan
keyinga London birjasida ruyxatga olingan 402 ta ishlab chiqarishdagi, qurilish va
transport sohalari bo’yicha kompaniyalarning yangi investitsiya loyihalari 91 foizi
foydani qayta investitsiyalash hisobiga amalga oshirilgan.
Foydani qayta
investitsiyalash qo’shimcha xarajatlar qilishdan masalan,
yangi aktsiyalarni
chiqarishdan xolos qiladi. Bundan tashqari kompaniyaning faoliyatini vujudga
kelgan nazorat tizimini egasi tomonidan
saqlab qolishga imkon yaratadi, bunday
xolatda akstionerlar soni deyarli o’zgarmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: