Karlibaeva R. H., Tashhodjaev M. M., Axunjonov U. M. Korporatsiyalar moliyаsi oliy ta'limning 340000 «Biznes va boshqaruv»


 Loyiha risklari tahlili, investitsiya loyihalarini baholash va tanlash


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/61
Sana16.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1273228
TuriУчебное пособие
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORPORATSIYALAR MOLIYАSI

6.5. Loyiha risklari tahlili, investitsiya loyihalarini baholash va tanlash 
mezonlari 
 
Investitsiya loyihalarini baholash mezonlarining bundan oldin o’tkazilgan 
qiyosiy tahlili asosida eng ko’p daromad keltiradigan loyiha afzal deb e’tirof 
qilinadi. Biroq bunday mezon boshlang’ich shaklida faqat to’liq noaniqlik 
sharoitida qo’llanilishi mumkin. Riskning mavjudligi esa daromadlilikning turli 
ehtimollilik darajalariga ega mohiyatlari turkumini nazarda tutadi. Masalan, risk 
sharoitida muqobil variantlarni qiyoslash uchun investitsiyalarning kutiladigan 
daromadliligi mezonini qo’llanish mumkin, bunday mezon daromadlilikning 
ehtimolliliklari bo’yicha tanlab olingan ehtimol tutilgan darajalarining o’rtacha 
darajasi sifatida belgilanadi. Shu bilan birga, riskli investitsiyalarni baholash uchun 
qo’llaniladigan eng ko’p kutiladigan daromadlilik mezoni riskni aniq hisobga 
olmaydiki, bu uning kamchiligidir. Navbatdagi misol bunday ta’kidni tasdiqlaydi. 
Aytaylik, mutaxassislarning prognozlariga qaraganda, iqtisodiy pasayish (IP) 
ehtimolliligi 0,2 ni, iqtisodiy yuksalish (IYu) ehtimolliligi esa – 0,8 ni tashkil etadi. 
Bunday sharoitda ikkita muqobil loyihani ko’rib chiqamiz (6-jadval). 
6-jadval
(dollarlarda) 
Ko’rsatkich 
1-loyiha 
2-loyiha 
Sotishdan tushumlar (IP) 
Sotishdan tushumlar (IYu) 
Kutilayotgan diskontlashtirilgan sof tushumlar 
Boshlang’ich qo’yilmalar 
Kutilayotgan sof diskontlashtirilgan daromad 
100 
2000 
1620 
1000 
620 
1100 
1750 
1620 
1000 
620 
6-jadvaldan ko’rinib turganidek, har ikkala loyiha ham dastlab 1000 dollarlik 
qo’yilmalar qilinishini talab etadi. Lekin 1-loyihadan tushumlar iqtisodiy shart-


51 
sharoitlarga juda sezuvchandir, ya’ni yuksalish davrida ularning keskin o’sishi, 
pasayish davrlarida esa – juda keskin pasayishi kuzatiladi. 2-loyihadan olinadigan 
daromad bunday og’ishishlarga kamroq bog’liq bo’ladi va 1-loyihadan olinadigan 
pul tushumlari 2-loyihadan olinadigan daromadga nisbatan birmuncha beqarorroq 
bo’ladi. Binobarin, 1-loyihadan olinadigan daromadni belgilash birmuncha 
mushkul. Shunday qilib, bunday holda kutilayotgan sof foydalarning (620 doll.) bir 
xilligi shuni ko’rsatadiki, kutilayotgan daromadlilik mezoni riskni hisobga 
olmaydi, ya’ni noaniqlik sharoitida bunday mezon ehtimollilik o’lchami sifatida 
yaroqli bo’ladiyu, lekin qarorlarni qabul qilish uchun asos bo’lib xizmat qila 
olmaydi. Ikkita muqobil loyiha – A va B – misolida ham ehtimollilikni, ham riskni 
e’tiborga oladigan kutilayotgan eng ko’p foydalilik mezonini ko’rib chiqamiz. 
7-jadval 
A loyihasi 
B loyihasi 
Ehtimollilik 
Foyda, doll. 
Ehtimollilik 
Foyda, 
doll. 
0,5 
0,5 
1000 
3000 
0,5 
0,5 

4000 
7-jadval ma’lumotlari bo’yicha hisob-kitoblar natijasi asosida shu narsa 
ko’rinadiki, kutilayotgan foydalar teng bo’lganida (ularning kattaligi har ikkala 
loyiha uchun ham 2000 dollarni tashkil etadi) pul tushumlarining miqdori jiddiy 
ravishda turlicha bo’lishi oqibatida B loyihasi A loyihasiga nisbatan ko’proq 
risklidir. 
Individiumlarning ko’pchiligi uchun iste’moldan qo’shimcha foydalilik 
iste’molning o’zining o’sishi bilan kamaya boradi. Kamayib boradigan eng ko’p 
foydalilik 
konstepstiyasini 
6-jadvalda 
ko’rsatilgan hisob-kitoblar bilan 
tasvirlaymiz, bu hisob-kitoblar daromadning o’sishi bilan umumiy foydalilikning 
o’sishi va eng yuqori foydalilikning kamayishini ko’rsatadi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling