Karlibaeva R. H., Tashhodjaev M. M., Axunjonov U. M. Korporatsiyalar moliyаsi oliy ta'limning 340000 «Biznes va boshqaruv»
Loyiha risklari tahlilining miqdoriy usullari
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-KORPORATSIYALAR MOLIYАSI
6.4. Loyiha risklari tahlilining miqdoriy usullari
Risklarning miqdoriy tahlili alohida risklar va umuman loyiha tavakkalchiligining kattaliklarining sonli belgilanishini nazarda tutadi. Miqdoriy tahlil ancha murakkabroq va ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, operastiyalarni tadqiq qilish nazariyasiga asoslanadi. Loyiha risklarining miqdoriy tahlilini amalga oshirish uchun quyidagi ikkita shart-sharoit zarur: loyiha hisob-kitobining o’tkazilgan bazisli variantining mavjudligi; oldindan to’liq sifatli tahlilning o’tkazilishi. Miqdoriy tahlilning vazifasi loyihaning riskli omillari o’zgarishlarining loyiha samaradorligi mezonlarining o’zini tutishiga ta’sirini sonli o’lchashdan iboratdir. Sezuvchanlik (qaltislik) tahlili, sstenariylar tahlili va risklarning Monte-Karlo uslubi bo’yicha imitastion modellashtirilishi loyiha risklari miqdoriy tahlilining eng ko’p uchraydigan uslublari hisoblanadi. Sezuvchanlik (qaltislik) tahlili jarayonida barcha tavakkalchiligi tekshirilayotgan o’zgaruvchilarning izchil-birdek o’zgarishi yuz beradi: har safar o’zgaruvchilarning faqat bittasi o’z mohiyatini foizlarning prognozli soniga o’zgartiradi va shu asosda qabul qilingan mezonning yangi kattaligi hisoblab chiqiladi. Xalqaro amaliyotda zararsizlik nuqtasi tahlili (breakeven point analysis) keng qo’llaniladi. U loyiha risklarining qo’pol baholanishini o’tkazishga imkon beradigan oddiy usul va investitsiya loyihalarining samaradorligini baholashda qo’llaniladigan moliyaviy axborotning elementlaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish hajmi, tannarx va foydaning o’zgarishida ushbu ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liqligini tadqiq qilish zararsizlik tahlili deb ataladi. Bunday tahlilning maqsadi – xarajatlar, ishlab chiqarish hajmi va foydalar o’rtasidagi balanslashgan o’zaro nisbatni aniqlashdan va pirovard 49 natijada – xarajatlarni qoplash uchun zarur bo’lgan sotish hajmini topishdan iboratdir. Zararsizlik tahlilining o’tkazilishi real jarayonning modellashtirilishi bo’lib, quyidagi asosiy shartlarga asoslanadi: 1. Bir tomondan sotish narxlarining va boshqa tomondan iste’mol qilinadigan ishlab chiqarish resurslari narxlarining o’zgarmasligi. 2. Korxona xarajatlarining ishlab chiqarish hajmining jiddiy o’zgarmaganida o’zgarmas bo’lib qoladigan doimiy va hajmga mutanosib ravishda o’zgaradigan o’zgaruvchan xarajatlarga bo’linishi. 3. Kelib tushayotgan tushum bilan sotish hajmining proporstionalligi. 4. Ishlab chiqarish hajmining yagona nuqtasining mavjud bo’lishi (bu yuqorida sanab o’tilgan shartlardan kelib chiqadi). 5. Ishlab chiqarish hajmining sotish hajmiga teng bo’lishi. 6. Bir necha buyumlarni ishlab chiqargan holda buyumlar assortimentining doimiyligi. Ko’rib turganimizdek shartlarning bayon qilingan tizimi ancha qat’iy bo’lib, bu tabiiyki model bilan ishlash natijalarining aniqligiga ta’sir qilmay qolmaydi. Tahliliy yondashuv sotishlar hajmidagi o’zgarishlarning (Q) foydaga ta’sirini aniqlashni nazarda tutadi. Mahsulot birligining narxi (R), mahsulot birligi uchun o’zgaruvchan xarajatlar (V) va mahsulot birligi uchun doimiy xarajatlar (S) va ushbu o’zgaruvchilar o’rtasidagi o’zaro nisbatni belgilaydigan elementlar hisoblanadi. Doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar summasiga teng bo’lgan umumiy xarajatlar (VQ + C) kattaligini tashkil etadi. Tushum (PQ) kattaligiga teng. Zararsizlik nuqtasida (Q * ) umumiy harajatlar bilan tushumning tengligiga amal qilinadi, ya’ni: PQ * q VQ + C. Mahsulotlarni ishlab chiqarishning bunday tenglikni ta’minlaydigan kattaligiga nisbatan ushbu tenglamani hal etishda quyidagilarni olamiz: C Q * q ----------- (23) P - V Ushbu ifodaning o’ng qismidagi o’zgaruvchilarning mohiyatini izchillik bilan o’zgartira borib, sezuvchanlikning oddiy tahlilini o’tkazish mumkin. Biroq yuqorida qayd qilinganidek, asosiy shartlarning kuchli tizimi va doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarni hisob-kitob qilishlarning turli usullari (soliqlar, inflyastiya va shu kabilarning hisobga olinishi yoki hisobga olinmasligi) pirovard natijaga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Matematik dasturlashtirish vazifasi loyiha sezuvchanligi tahlilining navbatdagi usuli bo’lib xizmat qilishi mumkin. Masalan, NPV mezonining qandaydir eng oddiy o’xshashligini shunday modelning funkstionali sifatida, loyiha resurslarining pullik ifodadagi limitlarini model cheklanishlarining o’ng qismlari mohiyatlari sifatida ko’rib chiqish mumkin. Loyihadagi mahsulotlar yoki xizmatlar hajmlarining qiymatga oid mohiyatlari bu vazifadagi noma’lum sonlar bo’lishi mumkin. 50 Matematik dasturlashtirishdagi ikkiyoqlamalik nazariyasi asosida ushbu vazifaning ikkiligi bo’lgan vazifani qurish mumkin, uni hal etishda olingan ikkiyoqlama o’zgaruvchilar deb ataladigan o’zgaruvchilar (yashirin narxlar yoki yashirilgan narxlar kabi ob’ektiv bog’langan baholar deb ataladigan baholar) esa loyihada ishlatiladigan taqchil resurslarning muqobil qiymatini belgilashga imkon beradi. Loyihaga nisbatan qo’llaniladigan klassik sezuvchanlik (qaltislik) tahlili jarayonida har bir o’zgaruvchida izchil-birlikli o’zgarish yuz beradi: o’zgaruvchilarning faqat bittasi foizlarning prognozli soniga o’z mohiyatini o’zgartiradi va shu asosda qo’llaniladigan mezonning yangi kattaligi (masalan: NPV yoki IRR) qaytadan hisoblab chiqiladi. So’ngra mezonning bazis holatiga nisbatan foizli o’zgarishi baholanadi va mezonning foizli o’zgarishining o’zgaruvchi mohiyatining bir foizga o’zgarishiga nisbatidan iborat bo’ladigan sezuvchanlik ko’rsatkichi (ko’rsatkich o’zgarishining elastikligi deb ataladigan) hisoblab chiqiladi. Xuddi shu tarzda boshqa o’zgaruvchilarning har biri bo’yicha ham sezuvchanlik ko’rsatkichlari hisoblab chiqiladi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling