Karlibaeva R. H., Tashhodjaev M. M., Axunjonov U. M. Korporatsiyalar moliyаsi oliy ta'limning 340000 «Biznes va boshqaruv»
Situastion tahlil va prognozlashtirish usullari
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-KORPORATSIYALAR MOLIYАSI
8.4. Situastion tahlil va prognozlashtirish usullari Situastion tahlil va prognozlashtirish usuli asosida qattiq yoki funkstional determinastiyalashgan bog’liqlikni o’rganishga mo’lljallangan model yotadi. Bu modeldan foydalanish va u nega turli omillar prognoz ko’rsatkichlarini qo’yish bilan masalan, realizastiyadan tushum, aktivlarning aylanuvchanligi, moliyaviy 61 bog’liqlik darajasi kabi ko’rsatkichlar orqali samaradorlikning asosiy ko’rsatkichlaridan biri - xususiy kapital retabelligi ko’rsatkichining prognoz ko’rsatchiklarini aniqlash mumkin. Rejalashtirilayotgan loyiha bo’yicha mumkin bo’lgan natijalarning prognozi quyidagi formula orqali amalga oshiriladi: n P k =1; (26) K=1 (1) formula orqali asosiy mezonlar aniqlanadi(masalan, kutilayotgan foydani maksimallashtirish) n E(R)= R k *P k --max; (27) K=1 Mazkur formula orqali korxona uchun ma’lum mezonlar asosida samarali muqobil variantlar tanlab olinishi mumkin. Mazkur formulalar asosida «Azat» xususiy ishlab chiqarish firmasi tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihasining ma’lum mezonlarini ko’rib chiqamiz. Korxona qo’shimcha ishlab chiqarish vositalarini jalb qilish uchun 2 alternativ variantga ega. Buning uchun M1 stanokni yoki M2 stanokni sotib olish bo’yicha moliyaviy qaror qabul qilish masalasi oldinga tashlandi. M2 stanok maxsulot birligiga kam chiqim va daromad ko’proq keltiradi. 8-jadval Ko’rsatkichlar Xarajatlar Maxsulot birligiga operastion daromad M1 stanok 15 000 20 M2 stanok 21 000 24 Qarorlar daraxti yordamida quyidagi hisob kitoblar amalga oshiriladi. Moliyaviy menejer stanoklar vositasida ishlab chiqariladigan yillik tovarlarga bo’lgan talabni o’rganadi va yillik maxsulot ishlab chiqarish extimolligi quyidagichaligi aniqlanadi: X1 = 1200 birlik mikdorda 0,4 extimollik bilan; X2 = 2000 birlik mikdorda 0,6 extimollik bilan; 0,4 1200 20x1200-15000 = 9000 ming s. A 1 M 1 0,6 2000 20x2000-15000 = 25000 ming s. A 2 M 2 0,4 1200 24x1200-21000 =7800 ming s. 0,6 2000 24x2000-21000 = 27000 ming s. Yuqorida keltirilgan chizma ma’lumotlari asosida har bir loyiha bo’yicha kutiladigan matematik daromadni hisoblashimiz mumkin: E(R1) =9000 * 0,4 + 25000 * 0,6 = 18600 ming sum; 62 E(R2) = 7800 * 0,4 + 27000 * 0,6 =19320 ming sum. Demak M2 stanokni sotib olish bo’yicha ko’zlangan variant iqtisodiy jihatidan samaraliroq hisoblanadi. Mazkur usul menejerlarning turli sohalarida foydali hisoblanadi. Masalan, boshqarish hisobida kapital qo’yilmalar byudjetini tuzishda va xususan, qimmatli qog’ozlar bozorini tahlil qilishda samara beradi. Tijorat korxonalarida faoliyatning asosiy maqsadlaridan biri foyda hisoblanishi bilan rejalashtirish jarayonida ham rejali foydani aniqlash muhim hisoblanadi. Hozirgi sharoitda O’zbekiston respublikasi maxsulot ishlab chiqarishni rejalashtirishda assortiment hisob kitob usulidan keng foydalaniladi. Realizastiyadan tushum va foydani rejalashtirish assortiment hisob kitob usulida aniqlanishining quyidagi ma’lumot asosida ko’rib chiqamiz. Assortiment hisob kitob usulida tovar realizastiyasidan tushgan tushum va foydani aniqlanishi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling