Karlibaeva R. H., Tashhodjaev M. M., Axunjonov U. M. Korporatsiyalar moliyаsi oliy ta'limning 340000 «Biznes va boshqaruv»
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-KORPORATSIYALAR MOLIYАSI
Tayanch iboralar: qayta investitsiyalash, aktsiya, Gordon modeli, emissiya,
ishlab chiqarish, soliqqa tortish, investitsion portfel, kapital qo’yilma, aktiv. Nazorat savollari 1. Dividend siyosatining mazmuni va mohiyati 2. Dividend siyosati 56 3. F.Modilyani va M.Millerning dividend nazariyasi 4. R.Litstenberger va K. Ramasvamilarning soliq differenstiastiyasi nazariyasi VIII BOB. MOLIYAVIY REJALASHTIRISHGA YONDASHUV 8.1. Moliyaviy rejalashtirish va nazorat–boshqarish tizimining muhim elementi sifatida Keng ma’noda har qanday biznesni tashkil qilish, boshqarishning har qanday shaklini o’z ichiga oluvchi ijtimoiy iqtisodiy tizimning izohi o’zida boshqariladigan tizim eelemntlariga boshqaruvchi tizim elementlarini maqsadli yo’naltirilgan, tizimli va uzluksiz ta’sir etish jarayonidir. Moliyaviy rejalashtirishning ob’ekti bo’lib xo’jalik sub’ektlari va davlatning moliyaviy faoliyati hisoblanadi. Har bir xo’jalik sub’ekti moliyaviy rejasini tuzadi, ya’ni bu alohida muassasaning smeta xarajatlaridan tortib to davlatning yig’ma moliya balansigacha qamrab oladigan muxim jarayondir. Har qanday moliya rejasida ma’lum bir davrga mo’ljallangan hamda moliya va kredit tizimi bilan bog’liq bo’lgan daromadlar va xarajatlar aniqlanadi. Umuman olganda moliya tizimining barcha soha va bo’g’inlarida, faoliyatidan kelib chiqib, moliyaviy rejalar tuziladi. Masalan: tijorat asosida faoliyat ko’rsatagtgan xo’jalik sub’ektlari daromadlar va xarajatlar balansi, notijorat asosida faoliyat ko’rsatadigan muassasalar esa smeta xarajatlari ko’rinishida moliyaviy reja tuzadi. Moliyaviy rejalashtirishning aniq vazifalarini moliya siyosati aniqlab beradi. Ular tarkibiga quyidagilar kiradi: rejali topshiriqlarni bajarish uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslar miqdori va ularning manbalari; xarajatlarni iqtisod qilish va daromad rezervlarini oshirishni aniqlash; markazlashgan va markazlashmagan fondlar o’rtasidagi taqsimlashlarni optimal yo’llarini qidirib topish va boshqalar. Bozor iqtisodiyoti moliyaviy rejalashtirishni rad etmaydi. Ammo, bozor munosabatlari rejali iqtisodiyotga qaraganda rejalashtirishni egiluvchan, ya’ni davr talabiga moslab o’zgartirib boradi. Boshqarishning mohiyatini shakllantiruvchi qator yondashuvlar bizga ma’lum bo’lib boshqarish tizimi elementlari sifatida rejalashtirish, operativ boshqarish va nazorat tizimlarini yuqorida ko’rib o’tdik. Masalan, P.Durker boshqarishning umumiy funkstiyalari ketma ketligini: rejalashtirish, nazorat, tashkil qilish, kommunikastiya, motivastiya kabi elementlarini keltiradi. Moliyaviy rejalashtirish bir nechta uslublarga tayangan holda amalga oshiriladi. Shulardan asosiylari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 1. Ekstrapolyastiya usuli; 2. Normativ usuli; 3. Matematik modellashtirish usuli. 57 Ekstrapolyastiya usulining mohiyati shundaki, o’tgan hisobot davrining moliyaviy natijalaridan xulosa chiqarib kelgusi hisobot yili uchun moliyaviy rejani tuzishni ko’zda tutadi. Moliyaviy ko’rsatkichlarning prognoz va rejali hisob kitoblari turli usullardan foydalanishga asoslanadi. Ekstrapolyastiya usuli moliyaviy ko’rsatkichlar va ularnig dinamik o’zgarishlariga asoslanadi. Moliyaviy ko’rsatkichlar hisobot yilidagi ko’rsatkichlar asosida amalga oshiriladi. Normativ usulda, belgilangan norma va normativlardan foydalanish ko’zda tutiladi. Matematik modellashtirish usulida real iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni takrorlovchi moliyaviy modellar tuzish orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy resurslarni manbalarini ulardan foydalanish bilan muvofiqlashtirish asosidagi rejalashtirish jarayoni balans usuli hisoblanadi. Hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalarning xarakteriga, murakkabligiga va davrini uzoqligiga qarab, moliyaviy siyosat: 1. Moliyaviy strategiya. 2. Moliyaviy taktikaga Moliyaviy strategiya deb korxonani moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun tuzilgan asosiy rejaning tarziga aytiladi. Korxonani moliyaviy strategiyasi o’z ichiga korxonaning moliyaviy axvolining tahlilini asosiy va aylanma mablag’larini optimallashtirish, daromadni taqsimlash, nakd pulsiz to’lashlarni, soliq va narxlar siyosatini, qimmatli qog’ozlar jarayonidagi siyosatni oladi. Moliyaviy strategiya asosiy va operativ bo’lishi mumkin. Asosiy moliya strategiyasi deb, korxonani faoliyatini aniqlovchi byudjetni xamma darajasida bo’ladigan o’zaro munosabatlariga, korxonani daromadlarini tashkil etib uni sarflashga, extiyojlik miqdorini va bir yilda moliyalashtirish manbalariga aytiladi. Operativ moliya strategiyani, asosiy moliyaviy strategiyadan farqi, u o’z ichiga yalpi daromdlarni va mablag’larni ko’payishini (ish haqi, sotilgan maxsulot uchun sotib oluvchilar bilan hisob-kitob qilish, kredit operastiyalaridan tushumlar) va hamma yalpi xarajatlarini (ta’minlovchilar bilan hisob-kitob, ish haqi, hamma darajadagi byudjetlar va banklar bilan majburiyatlarini) o’z ichiga oladi. Moliyaviy strategiya – ijtimoiy va iqtisodiy strategiyani belgilab bergan uzoq istiqbolga mo’ljallangan va yirik masshtabdagi vazifalarni bajarishga qaratilgan bo’lib, u moliya rivojlanishining asosiy konstepstiyalarini ishlab chiqish, moliyaviy munosabatlarni tashkil etish tamoyillarini belgilashni ko’zda tutadi. Moliyaviy strategiya uzoq muddatli maqsadlarni tanlash va maqsadli programmalarni zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, ularni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy yo’nalishlarida mujassamlashtiradi va ko’zda tutadi. Moliyaviy taktika – strategiya belgilab bergan vazifalarni jamiyat rivojlanishining konkret bosqichida moliyaviy munosabatarni tashkil etish usullari orqali amalga oshiradi. Moliyaviy siyosat inson faoliyatining maxsus shakli sifatida ustkurma kategoriyalariga ta’lluqlidir. U bilan jamiyatning iqtisodiy bazisi orasida chambarchas bog’langan o’zaro bog’liqlik mavjuddir. Bir tomondan, moliyaviy 58 siyosat iqtisodiy munosabatlar orqali vujudga keladi, ikkinchi tomondan, iqtisodiy bazis asosida vujudga kelib va rivojlanib, moliyaviy siyosat ma’lum bir mustaqillikka ega. Shuning uchun u iqtisodga, moliyaning ahvoliga teskari ta’sirini o’tkazadi. Bu ta’sir har xil bo’lishi mumkin: bir xil paytlarda siyosiy chora- tadbirlarni o’tkazish orqali iqtisodni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratiladi, boshqalarda esa u to’sqinlik qiladi. O’zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabatlariga o’tishda, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo’lgani kabi, moliya va moliyaviy munosabatlarda ham chuqur islohotlarni amalga oshirishga to’g’ri keldi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling