Karomatov akbar


Download 114.37 Kb.
bet11/16
Sana21.06.2023
Hajmi114.37 Kb.
#1638764
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Сахройи

BIROZ QOLDI!
Yuragim kuymagin birga ketamiz, Biroz dardni yutgin birga to‘kamiz. Hoxla, mahshargacha ko‘zyosh yutamiz, Faqat, biroz qoldi, birozgina kut.
Axir, bizning odim yaqin kungacha, Bizning otar quyosh bu kun tungacha. Yig‘lama yuragim achchiq kun-kecha, Faqat, biroz qoldi, birozgina kut.
So‘ngra dardni tuproq uzra yoyamiz, Achchiq ko‘zyoshlarga yig‘lab toyamiz. Ko‘zyoshni simirib chanqab, to‘yamiz, Faqat, biroz qoldi, birozgina kut.
Toliqding bilaman, to‘yding-ku sen ham, Faqat, oshkor qilma—ko‘zyoshi bir dam. Ko‘zyoshlaring to‘kma — dunyoga karam, Faqat, biroz qoldi, birozgina kut.
So‘ngra seni o‘zim quchib titrayman, Orzularim aytib qabr kelayman. Cho‘kkan qabrimda men dardlar qalayman, Endi, yig‘la, yig‘la. Xasta yuragim.
Ko‘zyoshlardan to‘lib qabrim cho‘ksa gar Orzularim qalab tiklay cho‘ksa har
Endi, yig‘la, yig‘la. Xasta yuragim.
Chirchiq. Sh
26.02.2022y
AYTGIM KELMAYDI
Bahor keldingmi yana yurakni tirnab
Kelsang bo‘lmaydimi sezimsiz asta
Gʻunchalarni uyg‘otib termulib qarab Rom etishga borsan, bunga sen usta
Senda, ishq g‘unchasi dilimda otgan Hamon yaralardan sizadi sog‘inch
Sabong uchirgan soch yuzimda botgan
Shundan chandiq yuzda parda, o‘rong‘ich
Bahor kelinchaksan ammo mengamas. Endi joni yoring yoz—chillaga bor.
Men faqat achindim bahor kungamas
Achindim, moychechak bo‘lmasinda xor
Sen gullading endi meva ham tuggin
Kun kelib yonimdan opichlab o‘tgin
Meni o‘z qorimla boshimga yetgin
Faqat kuzgi barging mevangla to‘kkin
TO‘SAT
Qachongacha aldayin o‘zim, Yurak pora yoshlangan ko‘zim. Yurak aldab aytilgan so‘zim, Barida sen, seni sevaman!
Ne qilaman o‘zimni aldab, Ha, yo‘q meni tutguvchi adab.
Ko‘zlaringga ko‘zlarim qadab,
Hayqiraymi ?! Seni sevaman!
Yurak ado zardob simirib, Tunlar yoding sokin kemirib. Chirchiq uzra ko‘zlar termulib, Tong chog‘ida seni sevaman!
Bir so‘z aytgin yurak tolmoqda, Hajir darmon dildan olmoqda. Rashk umid qo‘lida o‘lmoqda, Menga aytgin “seni sevaman“.
Qaro ko‘zing hayron boqmasin, Yanog‘da yosh, inju oqmasin! Menda ishqning o‘tin yoqmasin, Men ham seni sevaman degin.
Yoshlaringni ortiq tutmagin, Labingda yosh ortiq yutmagin.
Ammo ortga, tashlab ketmagin,
Ketsang soyang quchib sevaman!

Download 114.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling