Karomatov akbar


Download 114.37 Kb.
bet14/16
Sana21.06.2023
Hajmi114.37 Kb.
#1638764
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Сахройи

OLIB KET ENDI!!!
Ko‘zyoshi kiprikdan tusharkan titrab, Kiprik uni tirishar qolmoqqa tutib. Tortar taqdirga oyog‘in tirab, Lek taqdir, afsus uni qo‘yar unitib.
Ko‘zyoshi ham istamas firoq, Shundan yuzga chizgilar solar. Kiprik yasholmasdan so‘ngra u uzoq O‘z ishqi o‘z jonin sug‘urib olar.
Hatto, taqdir shunda beshavqat kelar.
Birin yoqib yeydi, birisin olib. Yoshni olib tuproq, kiprikni yellar Yillarning qariga qo‘yadi solib.
ILHOM OGʻRIGʻI
Ko‘ksimni tutay xanjarni uring bandiga qadar, Suyaklarim darzi yetsin ko‘z-u qaromga qadar. So‘ngra xanjarni torting bag‘rimning farqiga qadar, Bag‘rim oching siz, qonlarim oqsin oromga qadar.
Yurak oling so‘ng ildizlarini birma-bir ezib.
Xorlang! Bo‘lsada uning xo‘p yara-chaqasi mayli!
Yolg‘on so‘zlaydi, inonmang qolsangiz rostin sezib.
Ko‘zyoshlar yuvsa o‘z yuzin ishonmang, uning zayli.
YURAGIM
Serzarda yuragim qo‘rsliklar qani
Ancha bo‘ldi jimsan, qovoq uyish yo‘q
Ko‘zing ko‘karmadi o‘zganing tani Nahot otmayapsan o‘zga dilga o‘q
Nega qizarmoqda sho‘xchan yuzlaring
Sevmoqlik tushdimi sening boshingga
Shundanmi boqaman o‘ychan ko‘zlaring Ma’nolar ilinmish. Ko‘z-u qoshingga
Nelarni o‘ylaysan dilrozing so‘zla.
—So‘zlamoq shart emas dil suhbatini.
Dil dardi ayondir, doimo ko‘zla.
Oshiqlar so‘zlashmas jon ofatini.
Oshiqlik rasm emas qilolsam xuddi,
Qaysning ohin ursam yumib ko‘z, behol.
Boq qancha sevarlar, yashashdi o‘tdi.
Ishq egdi ularni kabi majnuntol.
Bilmadim, holimni dunyo murakkab
Hislar esa ojiz, dunyo beparvo
Nelarni istaysan yopa boshla kaft Ammo, u qiziqmas, hayot oq-qaro
Oq-qaro ranglardan topgin turfa rang
Shuning o‘zi hayot, ranglarni to‘plang So‘ngra jim sukutda ortga bir qarang Nelar tasvirlanmish iymonni ho‘plang.
Sevdimmi seviklim ko‘rmadim hamon Ammo meni oshiq qildi yori jon Qadamlar yo‘l izlar, izlar u tomon.
Bir bor nazar solgin beray xon-u mon.
Meni qilgin ozod jismdan chiqar.
Senga jabr men, unut, tark etgin meni.
Seningda men, menda nedir chinqirar.
Faqat meni bergin, beraman seni.

Download 114.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling