Karomatov akbar
Download 114.37 Kb.
|
Сахройи
- Bu sahifa navigatsiya:
- HOZIR AVLOD HOLINI BILING!
- HISNING SAVOLI
KO‘ZYOSH YUVMASINSen yiroqda, men ham yiroqda, Yashayapmiz achchiq firoqda. Sog‘inchlar nish ursa qaroqda, Yuzda xoling Ko‘zyosh yuvmasin. Erta tongda sabolar rashking, O‘t oldirsa, to‘kilsa ashking. Men-da qiynar sog‘inchli ishqing. Yuzda xoling Ko‘zyosh yuvmasin, Beg‘uborim, sog‘inch ishonchsiz, Do‘stdek dasta, ming to‘p va sonsiz. Hayot bo‘lmas past, baland onsiz, Yuzda xoling Ko‘zyosh yuvmasin. HOZIR AVLOD HOLINI BILING! Hozir avlod holini biling. Ilmni savol toqiga iling. So‘ngra bir-bir holini so‘ring. Holi ayon bugun avlodni! Yurar yallo, ishqdan bo‘lib mast. Sevgi emish, bilmay baland-past. Yonida qiz bo‘yiga payvast. Holi ayon bugun avlodning! Qizlar undoq, bundoq deydilar, Qilar ishin yoqmas tuydilar. O‘z holiga boqmay qo‘ydilar. Holi ayon bugun avlodning Er bo‘lsang bo‘l, yerlar titrasin. Nigohingdan inson butrasin¹. “Hiring”ni qiz sendan kutmasin. Holi ayon shunda avlodning Holing qildim “Yigitlar” bayon. Bundan, qizlar kulishi ayon Boqgin ketti yo‘llaring qayon Holi ayon sizday avlodning! Ko‘rding kuldi yotiblar sarmast. Shartmas bundan ortiqroq bir qasd. Qiz millatga bo‘lmasa hamdast². Holi harom bunday avlodning! Bilmasa qiz inim-og‘am deb Yursa kezib bog‘da har ne yeb Yigit bilmas nomus o‘zi sep O‘yi harom bunday avlodning! Sapchimagin shu holingda ham, Siring ochsa qolarsan yeb g‘am. Qiz-o‘g‘ilsan, oila har dam, Holi ajib bunday avlodning! Biring desam biring tut yoqam, Siring aytsam kelmagin baqam³. Urmaysanmi elim deb jo‘ram?! Holi ayon bunday avlodning! — BUTRAMOQ— [mumtoz]. Sochilmoq, taralmoq, to’zimoq, tarqalmoq. 2. HAMDAST – [f. • – qo‘li bir: birga qatnashuvchi, sherik] – kam qo‘ll. Kt. Kimsaga ko‘mak beruvchi kishi; sherik; ko‘makdosh, qo‘ldosh. Biz hamkor va hamdast bo‘lib turib, tinchligimizni buzadigan, tekinxo‘rlik bilan yashaydigan yuragi qing‘irlarga qarshi shafqasiz kurashamiz. F. Nasriddinov, Tundagi voqea. 3. BAQAM –. baqamti. Baqam kelib suhbatlashar ikki oshna. T. Yo‘ldosh, Attang. Mana, bugun ikkovimiz baqam kelib turibmiz. S. Ahmad, Saylanma. HISNING SAVOLI Yuragimning tubi yig‘laydi doim Inson o‘zi kim kim bo‘lar oxir? Shu savolga javob izlayman tokim Bu sir menga qachon bo‘ladi zohir. Yovuz xos lashkari bo‘ldim gohida Kiydim hatto ipak eng oliy navin Lek, nur bitmadi tan qalb qarog‘ida Bildimki, bilmabman burnimdan narin Shunda boshim qotdi, ne o‘zi odam? Tiz cho‘kdim oxiri, siqimlab tuproq Shunda xuddi badbin yangragan nolam Uyg‘otdi tuproqda so‘ngakni tarqoq Uning ko‘zlarida bir siqim tuproq, Qo‘llari o‘zidan yiroqda ko‘milgan yiroq. Unutgan, eslashmas uni mehrli qaroq, Unutish unutilish insonga xosroq. Shunda dedim o‘zga ey dono johil, Ko‘rganlaring fahmin etginda idrok. Ko‘rganingda turmish javoblar xil-xil, Avval, oxir bundan bo‘lmas yorqinroq. Download 114.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling