Kartalardagi yozuvlar va geografik nomlarning yozilishi va transkripsiya masalalari
Download 442.29 Kb.
|
1 -Маъруза
Kartadagi yozuvlar geografik obyektlarning o’rnini ham ko’rsatadi. Masalan, dengiz, ko’l, cho’l va tog’larning nomlari ular egallagan hududga yoyib yozilishi kerak. Kartalardagi yozuvlar ma’lum qoidaga binoan yoziladi. Chunonchi, shaharlar nomi ularning shartli belgisidan o’ng tomonda, kartaning parallellariga yoki janubiy ramkasiga parallel holda yoziladi. Agar o’ng tomonda joy bo’lmasa, chap tomonga yoki yuqoriroqqa yozish mumkin.Karta tuzishda geografik nomlarning to’g’ri yozilishiga, ya’ni transkripsiyasiga alohida e’tibor beriladi. Yirik kartografik tashkilotlarda maxsus transkripsiya bo’limlari bo’ladi. Ular kartadagi geografik nomlarning to’g’ri yozilishiga javob beradi va ma’lumotnoma hamda lug’atlar chop etadi. Kartalardagi yozuvlar ana shu ma’lumotnoma va lug’atlar asosida yozilishi shart. Kartalarda beriladigan geografik nomlar aniq va to’g’ri yozilishining ahamiyati kattadir. Agar geografik nomlar to’g’ri yozilmasa o’quvchilarda kartaga nisbatan ishonchsizlik tug’iladi.Karta tuzishda geografik nomlarning to’g’ri yozilishiga, ya’ni transkripsiyasiga alohida e’tibor beriladi. Yirik kartografik tashkilotlarda maxsus transkripsiya bo’limlari bo’ladi. Ular kartadagi geografik nomlarning to’g’ri yozilishiga javob beradi va ma’lumotnoma hamda lug’atlar chop etadi. Kartalardagi yozuvlar ana shu ma’lumotnoma va lug’atlar asosida yozilishi shart. Kartalarda beriladigan geografik nomlar aniq va to’g’ri yozilishining ahamiyati kattadir. Agar geografik nomlar to’g’ri yozilmasa o’quvchilarda kartaga nisbatan ishonchsizlik tug’iladi.Geografik nomlarning kelib chiqishi, mazmuni, o’zgarishi va tasnifini maxsus fan toponimika o’rgatadi. Biz kartografiyada faqat toponimikaning bir qismi geografik nomlarning to’g’ri yozilishi to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tamiz. Ba’zi mamlakatlarda har xil tilda gapiradigan millatlar bo’ladi. Bunday mamlakatlarda geografik nomlar har xil yoziladi. Masalan, SSSR davrida rus tilida Gruziya, Kavkaz, Kura deb yozilsa, gruziya tilida Sakartvelo, Kavkasioni, Mtkvari yozilib kelgan. Agar geografik obyekt bir qancha mamlakat hududidan o’tsa yoki har bir mamlakat doirasida joylashgan bo’lsa, uning nomini har bir mamlakat o’z tilida yozadi. Masalan, Dunay daryosini bolgarlar va yugoslavlar Dunav, ruminlar Dunerya, vengerlar-Duna, nemislar Donau deb yozadilar. Dajla va Furot daryolari arablarda Nahr Dajla va Al-Furat deb, turklarda Dijle va Firat deb yoziladi. Vaqt o’tishi bilan o’zgargan nomlar hozirgi shaklida yoziladi. Masalan, Skoblev-Farg’ona, Avliyoota-Jambul-Taraz, Kaufmanskoe-Yangiyo’l, Leningrad-Sankt-Peterburg va boshqalar.Download 442.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling