Reja: 1. Geografik kartalardagi yozuvlar va geografik nomlarning yozilishi 2. Yozuvlarni ahamiyati va turlari. Yozuvlar – shartli belgilar sifatida. Yozuvlarni xususiyatlari 3. Kartografik toponimika haqida tushuncha. Geografik nomlarni ajratish va kartada keltirish 4. Geografik nomlar ko’rsatkichlari 1. GEOGRAFIK KARTALARDAGI YOZUVLAR VA GEOGRAFIK NOMLARNING YOZILISHI - Yozuvlar geografik kartalarning juda zarur elementlaridan hisoblanadi. Geografik obyektlar izohlar yordamida aniqlanadi, ya’ni kartadagi turli shakllarga ularning nimaligi (masalan, ko’l, dengiz, daryo va h.k.) yozib qo’yiladi.
YOZUVLAR
- Obyektlarning miqdor va sifat ko’rsatkichlari izohlarda beriladi, masalan, ko’l, dengiz va okeanlarning chuqurligi, tog’larning balandliklari va cho’qqilari, daryolarni oqim tezligi, ko’l suvning sho’rligi, o’rmonlardagi daraxt turlari, tuproqlar turlari va boshqa izohlar keltiriladi.
NOMLAR
. .
Kartadagi yozuvlarning shriftlari ham muayyan ko’rsatkich o’rnini bosadi.
Kartalardagi yozuvlarning shakli, kattaligi va rangi ham karta mazmunini o’qishga yordam beradi.
Masalan, shahar-qishloqlarning ma’muriy jihatdan qaramligi, ularning nomi yozilgan shriftlarga qarab aniqlanadi.
Shuningdek, deyarli hamma rangli kartalarda suv obyektlarining nomlari havo rang yoki ko’k rangda yoziladi
Kartadagi yozuvlar karta mazmunini boyitadi, lekin ortiqcha bo’lsa, kartaning o’qilishini qiyinlashtiradi.
Kartadagi yozuvlar geografik obyektlarning o’rnini ham ko’rsatadi. Masalan, dengiz, ko’l, cho’l va tog’larning nomlari ular egallagan hududga yoyib yozilishi kerak. Kartalardagi yozuvlar ma’lum qoidaga binoan yoziladi. Chunonchi, shaharlar nomi ularning shartli belgisidan o’ng tomonda, kartaning parallellariga yoki janubiy ramkasiga parallel holda yoziladi. Agar o’ng tomonda joy bo’lmasa, chap tomonga yoki yuqoriroqqa yozish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |