Kartalarni loyihalash va tuzish fanidan
Download 163.87 Kb.
|
5-ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5 - amaliy mashg‘ulot Yangi atlasni yaratish maqsadida kartografik manbalarni tanlash Mashg‘ulotning maqsadi
- Mashg‘ulotning bajarilish tartibi
TOSHKENT ARXITEKTURA - QURILISH INSTITUTI MUHANDISLIK QURILISH INFRASTRUKTURASI FAKULTETI GEODEZIYA VA KADASTR KAFEDRASI KARTALARNI LOYIHALASH VA TUZISH FANIDAN 5-AMALIY ISH MAVZU: Yangi atlasni yaratish maqsadida kartografik manbalarni tanlash BAJARDI: 43-19 guruh talabasi Tojiyev R TEKSHIRDI: Rahimov Sh TOSHKENT 2023 5 - amaliy mashg‘ulot Yangi atlasni yaratish maqsadida kartografik manbalarni tanlash Mashg‘ulotning maqsadi: Ilmiy-ma’lumotnomali atlaslar keng foydalanishga mo‘ljallangan atlaslarni yaratish uchun asosiy manba bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish. Mashg‘ulotning bajarilish tartibi: Yangi asar maqsadini aniq bayon qilish, yangi atlasdan foydalanuvchilar doirasini aniqlash, foydalanuvchilarning asosiy talablarini tahlil qilish. Atlasni mazmunini maqsadiga ko‘ra aniqlash: umumgeografik atlas, umumgeografik kartalar to‘plamidan iborat kompleks mavzudagi atlas, kirish qismida mavzu kartalari bo‘lgan umumgeografik atlas va boshqalar. Atlasni maqsadiga ko‘ra undan foydalanish qulayliklarini oldindan ko‘rib chiqish lozim: taxminiy formati va yirik masshtabdagi kartaga olinayotgan hududlar (ikki tomonlama ko‘rinishda). Atlasning ikki tomonlama tuzilishi sxemasini tayyorlash. Yangi yaratiladigan atlas uchun uning maqsadiga muvofiq kartalari ro‘yxatini va ularning maqsadga mos mavzusini o‘ylab ko‘rish. Yangi atlasning asosiy kartalari eskizlarini tayyorlash. Yuqorida aytib o‘tilgan ma’lumotlarni yangi yaratilayotgan atlas talablari bo‘yicha tuzish. Talablar muayyan shakl bo‘yicha taqdim etiladi: foydalanuvchilar doirasi, ma’lumotlar tarkibi va hajmi, kartalar o‘lchami va matematik asos elementlari, kartalar ro‘yxati, tasvirning generalizatsiya darajasi, ma’lumotlarni uzatish ifodalanganligi (kartalarning o‘qilishi). Shu bilan bir qatorda maxsus talablar qo‘yilishi ham mumkin: o‘quv atlaslariga – darslik bilan mos kelishlik, o‘lkashunoslikga – qamrab olingan hududlar va yo‘llar, ijtimoiy-iqtisodiyga – hodisalarni dinamikada ko‘rsatish va boshqalar. Manba-atlasni tahlil qilish. Buning uchun fundamental asarlar tanlanadi. Masalan, umumgeografik atlaslar uchun (yoki umumgeografik kartalar) – Dunyo atlasi; tabiiy kartalari uchun – Dunyoning tabiiy-geografik atlasi (FGAM); tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiylar uchun – Dunyoning Katta sovet atlasi (BSAM), sobiq Ittifoq kompleks atlasi (1987), Okenanlar atlasi, «Yerning tabiati va resurslari» atlasi va boshqalar. Manba-atlasni yangi asar talablari nuqtai-nazaridan tahlil qilish. Bunda quyidagilar belgilanadi: manbaning zamonaviyligi; manbaning ishonarligi (ilmiy va ishlab chiqarish jamoasi obro‘si); manba-atlasning yangi atlas o‘lchov xususiyatlari bilan mosligi; umumgeografik atlaslar uchun – shartli belgilarning umumiy tizimi va mazmuni elementlarining generalizatsiyasi darajasi. Har bir mazmun elementi generalizatsiyasini baholash uchun miqdoriy hisoblarni bajarish lozim; mavzuli (kompleks) atlaslar uchun – zaruriy mavzuli kartalar to‘plamining to‘liqligi; tizimli kartalarni tuzish uchun metodik shartlar mavjudligi; asosiy kartalarni tuzish metodikasi borligi; legendalarni tuzish prinsiplari va generalizatsiya darajalari. Atlas kartalari mazmunini matn bilan birgalikda tahlil qilish lozim. O‘zaro aloqador elementlar tasvirlarini alohida ajratib ko‘rsatish kerak. Download 163.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling