Kartalarni loyihalash va tuzish fanidan
Mashg‘ulotni bajarish natijalari
Download 163.87 Kb.
|
5-ish
Mashg‘ulotni bajarish natijalari:
Matn: manba-atlas va yangi atlasni o‘rganish natijalari (2–4 bet). Manba-atlas va yangi atlas elementlari taqqoslangan jadval. Umumgeografik atlaslar (kompleks atlas kartalari) uchun ma’lumotlar bir xil yoki yaqin masshtabda beriladi. Kompleks atlaslar uchun (umumgeografik atlaslarning mavzuli kartalarida): Kartografik manbalar — kartalar va boshqa fazoviy modellar — informatsiyani alohida (asl) shakli sifatida tabiat va jamiyatdagi hodisa- laming fazoviy joylashuvi, holati, xususiyatlari va vaqt mobaynida o'zgarishi haqida ma’lumot beradi. Jamiyat hayotidan o'rganish zarur bo‘layotgan manbaning ushbu sliakliaan keng foydalaniladi, u fan va amaliyotning ko‘pgina sohalari uchun g‘oyatda zarurdir. Kartografik manbalarni o‘rganishning aynan shu aspekti kartashunoslikga xosdir. Ammo kartografik informatsiyadan mohirlik bilan foydalanish uchun avvalambor, dunyoda bor bo‘lgan asosiy karta va atlaslar haqida tasavvurga ega bo‘1ish kerak, shuningdek, zarur kartografik manbalarni qayerdan va qanday qilib topish va jalb etishlikni bilish lozim. So‘ngra ularning ichidan muayyan vazifani yechish uchun eng munosiblarini tanlab ola bilish kerak. Ushbu maqsadda mazkur bobda eng muhim kartografik manbalarning obzori o ‘rin olgan.Istalgan mamlakatni (hududni) kartaga olish asosini umumgeografik kartalar tashkil etadi. Ular joy haqidagi asosiy ma’lumotlami bir xil aniqlikda va mukammallikda tasvirlaydi. Fanda va amalda ularni o‘rganish uchun, chunonchi, Yerning ko‘zga ko‘rmib turgan elementlari taqsimlanishidagi ma’lum qonuniyatlami aniqlash va ular bilan bog‘liq ravishda kelib chiqqan joyning tabiiy va sotsial iqtisodiy xususiyatlarini, har xil mavzuli kartalami yaratish uchun asos sifatida (ko‘pincha esa manba sifatida) keng foydalaniladi. Sobiq Ittifoq hududi 1953-yili 1:100 000 masshtabli topografik kartalar bilan, 1988-yilga kelib esa 1:25 000 masshtabli topografik kartalar bilan to‘liq qoplangan. Masshtabining yirik yoki maydaligiga qarab umumgeografik kartalar topografik (masshtabi 1:10 000, 1:25 000, 1:50 000 va 1:100 000), obzor-topografxk (masshtabi 1:200 000, 1:300 00 va 1:500 000) va obzor (masshtabi 1:1 000 000 va undan mayda) kartalarga bo‘linadi. Topografik kartalar maxsus yo‘llanma (instruksiya) va shartli belgilar asosida tuziladi. Ularda hudud topografik jihatdan aniq va mukammal tasvirlanadi. Shuning uchun ulardan joyni aniq va mukammal o‘rga- nish hamda tekshirish, turli inshootllami loyihalash va qurish, muhan- dislik ishlarini ohb borishda keng foydalaniladi. Masshtabi 1:25 000 dan 1:1 000 000 gacha bo‘lgan kartalar umumdavlat kartalari hisoblanadi. Ular iqtisodiyot va mamlakat mudofaasini kartalarga bo‘Igan ehtiyojini qondirisnga qaratilgan. Obzor topografik kartalar iqtisodiyotni rivojlantirish rejalari va loyihalarini tuzishda, yirik qurilish inshootlari o‘rnini belgilashda, hududni geografik o‘rganish, geografik rayonlashtirish hamda mayda masshtabli karta va atlaslami tuzishda asos sifatida, harbiy ishlarda, chunonchi turli operativ va taktik masalalarni hal etishda keng qo‘llani- ladi. Obzor kartalar hududni umumiy tarzda o‘rganishda, hudud haqida dastlabki ma’lumotlami to‘plashda, insoniyatning dunyo miqyosidagi muammolarini o‘rganishda, tahhl qilishda, baholashda, dunyoviy miqyosda fikrlab, lokal miqyosda ish yuritishda keng qo‘llaniladi. Mavzuli kartografik materiallar — bular mavzuli kartalami tuzish uchun asosiy manbalar bo‘lib hisoblanadi. Ularga dalada mavzuli plan olish natijalari, turli masshtabli va maqsadli mavzuU kartalar, 10. har xil chizmalar — yerlardan foydalanish, o'rm on planlari va boshqalar kiradi. Yirik masshtabli mavzuli kartalar mayda masshtabli va mazmunan yaqin bo‘lgan kartalarni tuzish uchun manba bo‘lib hisoblanadi. Masalan, tuproqlarni kartaga olishda o'simliklar va geomorfologik kartalar; geomorfologik kartalami tuzish uchun esa geologik va tektonik kartalardan foydalaniladi. Sintetik va rayon lashtirish kartalarini tuzish uchun turli mavzudagi kartalar seriyasi ishlatiladi. Kadastr planlari va kartalari maxsus manbalar hisoblanib, ular voqea va hodisalar hamda resurlaming joylashishini, miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini hujjatli aniqlikda tasvirlaydi, ijtimoiy-iqtisodiy baho- sini, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish uchun ko‘rsatmalami beradi. Bular jumlasiga respublikamizda shakllantirilayotgan 21 ta kadastr turini — Yer, suv, o ‘rmon, yo‘llar, aloqa va boshqa kadastr ma’lumotlarim keltirishimiz mumkin. Download 163.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling