Kartografik dizayn fanining tarixi Kartografik dizayn fanining rivojlanish tarixi Kartografik asarlarni jihozlash


O‘rta asrlarda Evropada kartografiya


Download 6.16 Mb.
bet16/19
Sana22.11.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1793756
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
KARTOGRAFIK DIZAYN FANINING TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

2.4. O‘rta asrlarda Evropada kartografiya

Dengizda kemachilikning rivojlanishida (ayniqsa O‘rta dengizida savdo-sotiq ishlarini olib borishda) dengiz navigatsiya kartalari -portolonlarning ahamiyati kattadir.


XV asrlarda g‘arbda kartografiyaning rivojlanishida kitob bosish va o‘ymakorlik usullarining ahamiyati katta bo‘ldi. Dastlabki bosma ravishda paydo bo‘lgan karta 1472 yilga to‘g‘ri keladi.
Buyuk geografik kashfiyotlar davrida kartografiya Evropada ancha rivojlandi. Ayrim hududlarni boshqarish, savdo-sotiq ishlarni olib borish uchun maxsus kartalar tuzila boshlandi. G‘arbda XVI asr o‘rtalarida kompas yordamida oddiy o‘lchash usuli bilan olingan topografik planlar vujudga keldi.
Dengiz kemachiligini rivojlantirish va yangi erlarni bosib olish uchun dengiz va okean kartalarini yaratish zaruriyatlari tug‘ildi. Undan tashqari, Er shari kartasini tuzish uchun kartografik proeksiyalar yaratilib, Ptolomey atlasidagi kartalarni yangilash zaruriyati paydo bo‘ldi.
1570 yilda flamandriyalik Avraam Orteliy «Er shari manzarasi» nomli asar yaratib, unga 53 ta karta kiritgan edi. Bu davrda yashab ijod qilgan ulug‘ kartograflardan flamandriyalik Gerard Merkatorning (1512-1594) tuzgan «dunyo kartasi»ni (1569) ahamiyati katta. Bu karta teng burchakli silindrik proeksiyada tuzilib, dengizda suzish uchun mo‘ljallangan edi. Merkator dunyo kartasi bilan birga Dunyo atlasini yaratdi (1585 y). Undagi kartalar mazmuni, aniqlik darajasi va zamonaviyligi bilan o‘sha zamon talabiga javob beradigan yangi asar edi. U atlas terminini birinchi bor ishlatgan. XVII asr o‘rtalarida kartografiya bo‘yicha qilingan ishlar ichida Sansonning «Fransiya manzarasi» (1650 y) nomli atlasi diqqatga sozovardir. Dengiz navigatsiya karta va atlaslari ichida Vagenerning (1584-1585) ikki jildli «Dengiz atlasi» sermazmunligi bilan ajralib turadi.
XVII asrlarda G‘arbiy Evropada yirik formatli atlaslar nashr qilish ancha rivojlanadi. Niderlandiyada bir necha jilddan iborat katta formatli atlas yaratildi va bir necha tilda nashr qilindi. Lekin bunday atlaslar ilmiy nuqtai nazardan va mazmun jihatdan mukammal emas edi. CHunki bunday asarlar ayrim shaxslar - nashrchi va xususiy korxonalarda tayyorlanar edi.
Rossiyada ham kartografiya XVI-XVII asrlarda birmuncha yo‘lga qo‘yila boshlandi. Rossiyada Petr I davrigacha karta- chertyojlar (chizmalar) deb yuritilar edi.
Dastlabki chertyojlar to‘plami Moskva va uning atrofiga bag‘ishlangan va 1553 yilda B.A.Ribakov tomonidan tayyorlangan. 1600 yilda «Moskva davlatining katta chertyoji» tayyorlandi. Bu kartada Moskva davlatining hududi to‘liq o‘z ifodasini topgan. 1627 yilda bu asarni ikkinchi nashri chop etilib «Katta chizma kitobi» nomi bilan nashrdan chiqdi, unda mamlakat geografiyasi yangidan tasvirlangan.
O‘sha davrda Rossiyada olib borilgan s’yomka ishlariga kartograf Ivan Kirilov rahbarlik qildi. Uning bevosita ishtirokida «Rossiya imperiyasining atlasi» (1737 y) nashr qilindi.
1800 yillardan boshlab g‘arbda va Rossiyada yirik masshtabli kartalar s’emka qilishga kirishildi va maxsus davlatning geodezik-kartografik korxonalari tashkil qilina boshlandi. SHu bilan birga dengiz navigatsiya kartalarini tuzib, nashr qilish ham yo‘lga qo‘yildi. SHu bilan bir qatorda mavzuli kartalar ham tuzila boshlandi. Masalan, tabiiy kartalar tuzish yo‘lga qo‘yilib, magnit og‘ishining o‘zgarishini, iqlim o‘zgarishini ko‘rsatuvchi kartalar shular jumlasidandir. Germaniyada Gumbolt tomonidan iqlim ko‘rsatkichlari tasvirlangan kartalar, Rossiyada V.Dokuchaev tomonidan tuproq kartalari tuzilib chop etildi.
SHuni ta’kidlash kerakki Kartografiya fan sifatida XIX asrdan shakllana boshlandi, unga qadar u geografiya bilan birga o‘rganilib kelingan, lekin kartografiya fani shakllansa-da uning o‘rganish ob’ekti har xil talqin qilinar edi. Masalan, rus geodezisti V.V.Vitkovskiy o‘z kitobida kartografiyani kartografik proeksiyalar to‘g‘risidagi fan deb qaragan.
O‘rta Osiyo hududlarini kartaga tushirishda rus geograf-sayohatchilarining xizmatlari ham bo‘lgan. O‘sha vaqtda Sibir erlarining Rossiya tomonidan bosib olinishi va u erlarni o‘zlashtirish uchun kartalar tuzish zaruriyatlari tug‘ildi. Tobolskdan chiqqan mashhur kartograf Semyon Remezov tomonidan, “Sibir erlarini chizma kitobi” nomli kartalar to‘plami (23 kartadan iborat) birinchi marta 1701 yilda Rossiyada atlas sifatida chop etildi. Bu atlas aniqligi jihatdan G‘arbiy Evropa kartalaridan ancha past darajada bo‘lsa-da, mazmun jihatdan ancha yuqori edi - deb yozadi K.A.Saliщev.
XVIII asrgacha Rossiyada ham kartografiya o‘z holicha davlat tassarrufidan tashqarida ish olib bordi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, bu soha ancha sust rivojlandi.




Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling