Kartografik dizayn fanining tarixi Kartografik dizayn fanining rivojlanish tarixi Kartografik asarlarni jihozlash


Download 6.16 Mb.
bet13/19
Sana22.11.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1793756
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
KARTOGRAFIK DIZAYN FANINING TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

8-rasm. Globus tilimlari asosida tuzilgan dunyo kartasi.

Beruniyning aniqlashicha, er radiusi uzunligi 6399,1 km., ekvator aylanasining uzunligi 40181,5 km. ekanligini hisoblab bergan. Buyuk olimning o‘sha davrdagi hisoblari hozirgi o‘lchovlarga juda yaqin. Evropada Er yuzasidagi o‘lchashlar XVI asrgacha ham bunday katta aniqlikda bo‘lgan emas.


Beruniyning dunyo kartasi uning «At-tafhim» kitobiga ilova qilingan. (Bu karta ushbu kitobning Toshkentda O‘zbek­iston Respublikasi Fanlar akademiyasining SHarqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan qo‘lyozmasiga ilova qilingan edi, uning diametri 12,5 sm, karta 1257 yilda ko‘chirilgan) (9-rasm).

9-rasm. Abu Rayhon Beruniyning «At-tafhim» kitobidagi «Dunyo kartasi».

Bu kartada shimol pastda, janub yuqorida edi, kartani H.Hasanov o‘zbekchaga tarjima qilib, yuqorisini shimol past qismini janub qilib ko‘rsatdi. Kartada juda ko‘p geografik nomlar va ularning geografik koordinatalari berilgan.


Beruniy globusi. Abu Rayhon Beruniy Erning sharsimonligiga juda qat’iy ishongan va o‘z asarlarida bir necha bor bu haqida yozib qoldirgan. Globusning diametri nihoyatda katta, taxminan 5 metrga to‘g‘ri kelgan. 995 yilda yasalgan bu globus Xorazmda shaharlar orasidagi masofalarni aniqroq o‘lchash va shu bilan birga joylarning kenglik va uzoqliklarini belgilash uchun mo‘ljallangan.
SHuni ta’kidlab o‘tish joizki, bu SHarq olamidagi dastlabki globus bo‘lishi bilan birga, eng birinchi bo‘rtma (relefli) globus ham bo‘lgan. Bu globusni yaxshi tomoni shundaki, Martin Bexaym ishlagan globusda faqat sharqiy yarimshardagi erlar ko‘rsatilgan, Beruniy globusida G‘arbiy Evropa bilan SHarqiy Osiyo ham ko‘rsatilgan.



10-rasm. Beruniy globusi.
Abu Rayhon Beruniyning deyarli hamma asarlarida O‘rta Osiyo shaharlari tilga olinib, ularning tarixi va iqlimi yoxud aholisi va geografik koordinatalari ko‘rsatilgan. Beruniyning «Qonuni Ma’sudiy» asaridagi geografik jadvalida ko‘rsatilgan 603 joyning 85 tasi O‘rta Osiyo va Xurosonga tegishlidir deb yozadi H.Hasanov.
1890 yil oxirlarida polyak sharqshunosi I.Lelevel Beruniy jadvali asosida O‘rta Osiyoning kartasini tuzgan (11-rasm). Unda 40 shahar va daryolarning nomlari hamda 8 ta viloyat nomlari aks ettirilgan.
Biz ulug‘ olimning faqat geodeziya va kartografiyaga tegishli risolalarining ba’zi birlari to‘g‘risida ma’lumot berdik, xolos, uning boshqa fanlarning rivojlanishiga qo‘shgan hissalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni H.Hasanovni «Sayyoh olimlar» kitobidan bilib olish mumkin.
Mahmud Qoshg‘ariy kartasi. Ma’lumki XI asrda O‘rta osiyoda shuningdek, Issiqko‘l bo‘ylarida va Qashg‘arda Qoraxoniylar davlatining poytaxtida ham yirik ilm-ma’rifat markazlari bo‘lgan. Qoshg‘ariyning to‘liq ismi Mahmud ibn Husayin ibn Muhammad. Uning otasi Husayin Issiqko‘l bo‘yidagi Barsg‘on shahridan bo‘lgan.



11-rasm
Otasi xizmat yuzasidan bo‘lsa kerak Qoshg‘arga ko‘chib borib o‘rnashib qolgan. SHuning uchun Mahmudning ismi Qoshg‘ariy bo‘lib ketgan deb yozadi H.Hasanov. Qoshg‘ariy, Buxoroda, Bag‘dodda, Samarqandda bo‘lgan uning yozishicha, bir necha yillar mobaynida turk tili lug‘atini yaratish maqsadida «Rumdan Mochingacha, Qora dengiz bo‘ylaridan Xitoygacha sayyohat qilgan». Olimni dunyoga tanitgan «Devonu lug‘atit turk» shoh asari, 319 varaqdan iborat bo‘lgan. Akademik I.YU.Krachkovskiyning bu asar turkologiya sohasida katta bir voqea deb yozgan edi. Asarning lingvistik ahamiyati nihoyat darajada katta. Asar geografik jihatdan ham muhimdir. Asarga ilova qilingan doiraviy karta alohida ahamiyatga egadir.
Bu karta bitta doiradan iborat bo‘lib, hozirgi sharqiy yarimsharga o‘xshaydi. Kartaning ham arabcha, ham o‘zbekcha nusxalari bo‘lgan, arabcha bosma nusxasining diametri 24 sm, o‘zbekcha nusxasi 18 sm (12-rasm).
Karta rangli qilib ishlangan va shartli belgilardan foydalanilgan. Masalan, dengiz va ko‘llar to‘q yashil rangda, daryolar zangori rangda, tog‘lar qalin qizil chiziqda, qum va cho‘llar sarg‘ish tasma shaklida, shaharlar sariq doirachalar, mamlakat chegaralari qizil rangdagi ingichka chiziqlar bilan tavirlangan.
SHuni qayd qilib o‘tish kerakki, hozirgi vaqtda kartalarda aholi yashaydigan joylar: shaharlar, posyolkalar doiracha shaklida (punsonda) tasvirlanadi. Mahmud Qoshg‘ariy kartasi bu belgini qadimdan ishlatilib kelinganligini ko‘rsatadi. O‘sha davrdagi kartalardagi kabi, muallif yashagan makon karta markazi qilib tanlangan. Kartada muallifning o‘z yurti Issiqko‘l bilan Balasog‘unning oralig‘i karta markazi qilib olingan. Istaxriy kartasida esa dunyoni markazi Makka ko‘rsatilgan. VIII asrga mansub turkiy yozma yodgorliklardan ma’lumki, kun chiqish tomon ilgari old tomon hisoblangan. Dunyoning boshqa tomonlari shu asosiy tomonga nisbatan aytilgan. Qadimiy turkiy tilda «yuqori» so‘zi sharq tomonni, «quyi» so‘zi esa g‘arbni bildirgan.
Qoshg‘ariy kartasining asosiy xususiyatlaridan biri shuki, undagi o‘zaro geografik bog‘lanish yaqqol ko‘rinib turibdi: daryolar tog‘lardan bir necha tarmoq shoxobcha bo‘lib boshlanadi va ko‘llarga yoki dengizlarga quyiladi. SHaharlar asosan daryo bo‘ylarida, tog‘ yonbag‘rlarida tasvirlangan. Kartadagi eng katta yangilik bu uning o‘sha vaqtda Jobraqo deb yuritilgan YAponiya tasvirlangan.






Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling