Kartografik dizayn fanining tarixi Kartografik dizayn fanining rivojlanish tarixi Kartografik asarlarni jihozlash
Download 6.16 Mb.
|
KARTOGRAFIK DIZAYN FANINING TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Aniqlik.
Agar karta aniq bo‘lmasa, u hech qanday qiymatga ega bo‘lmaydi. Aniqlik, karta bo‘yicha axborot olishni yaxshilaydigan hamda Yer yuzidagi muhim voqea va hodisalarni ta’kidlab, kar- ta maqsadlarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Ma’lumotlarni olib tashlash so‘nggi chegaragacha olib borilsa ham kartani tashviq qilish holatlarida, har bitta daryo nomini yozish, aholi sonini karta yuritishni orttirib, mavzuga oid axborotni unumli tasvirlay- di (2.1-rasm). 2.1-rasm. Ushbu kartada juda ko‘p «tartibsizlik» tasvirlangan. Daryolar, avtomobil yo‘llari va aeroport kartaning mavzusiga to‘g‘ri kelmaydi. Tartib. Tartib kartaning mantig‘iga tegishlidir. Vizual (ko‘rish) tar- tiblilik yoki chalkashlikning mavjudligi. Turli xil elementlar man- tiqan joylashtirilgani. Kartani ko‘rish kerakli tarzda ekanligi? Kar- ta seriyali emas sinoptik bo‘lganligi tufayli kartograflar o‘quvchi birinchi navbatda karta nomini legendani va shu kabilarni tah- lil qila olmaydi. Ko‘zlar harakatini tadqiq qilish shuni ko‘rsatadi- ki, juda ko‘p harakatlar mavjud. Rudolf Angelning ta'kidlashicha shakl yo‘nalishi o‘ziga tortadi, kerakli sahifadagi elementlarning shakl yo‘nalishi ta’minlovchi o‘qlarni hosil qiladi. Ya’ni vertikal chiziqlar ko‘zlarni karta yuqorisiga va pastiga tomon olib boradi, gorizontal chiziqlar esa o‘ng tomonga buradi. Tenglik. Kartaning har bir elementi vizuval og‘irlikka ega. Bu og‘irlik sahifaning optik markaziga nisbatan bir tekis taqsimlangan bo‘li- shi kerak, bu amaldagi markazdan biroz yuqoridagi nuqta hi- soblanadi, aks holda karta hamma tomondan bir tomonga tortil- gan yoki barqaror bo‘lmagan bo‘lib qoladi (2.2-rasm). Garchi bu kartaning o‘qilishi yoki foydaliligiga ta’sir qilmasa ham, bu uning paydo bo‘lishi omillaridan biri hisoblanadi. Qoidaga ko‘ra, kadr doirasidagi vizual og‘irlik, joylashuv o‘rni, o‘lchami, rangi, shakli yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. Arixeymga ko‘ra, vizual og‘irlik quyidagi tarzda farqlanadi: markazga joylashgan elementlar bir tarafda joylashgan ele- mentlarga qaraganda kamroq og‘irlikka ega; yuqori qismdagi obyektlar quyi qismdagi obyektlarga qara- ganda og‘irroq; o‘ng tomonda joylashgan obyektlar chap tomonda joylash- ganlarga nisbatan og‘irroq; og‘irlik ko‘rinishiga ko‘ra, markazdan uzoqlashgan sari or- tib boradi; alohida elementlar guruhlashtirilgan obyektlarga qaragan- da katta og‘irlikka ega; katta elementlar katta vizual og‘irlikka ega. qizil ko‘k rangga nisbatan yorqin ranglar to‘q ranglarga qa- raganda og‘irroq; oddiy shakllar noto‘g‘ri shakllarga qaraganda og‘irroq ko‘ri- nadi; ixcham shakllar tartibsiz diffuziyali shakllarga qaraganda kattaroq vizual og‘irlikka ega; vertikal yo‘nalishga ega shakllar egilgan shakllarga qara- ganda og‘irroq tuyiladi. 2.2-rasm. Kartaning haqiqiy markazidan visual ko'rinish markazi birmuncha yuqorida joylashgan. Oppoq bo‘sh joy muvozanat bilan yaqindan bog‘langan. Karta doirasidagi har qanday oppoq bo‘sh joy kadr bo‘lib, bu joy chizil- maydi. Oppoq bo‘sh joyning ma’lum miqdori hamma sahifalar- da emas, balki qoidaga ko‘ra karta qiymati bo‘yicha bitta sahifa- da qoldirilib, bunda karta nomi, legendasi va masshtabi kabi talab qilinadigan boshqa elementlar uchun joy qoldiriladi. Ko‘puncha katta bo‘lmagan kartani ko‘rish mumkin, sahifalarining qolgan qismi esa gabaritli bo‘lmagan og‘irlikning shimoliy tomoni katta strelkalar bilan, illustratsiyalar bilan to'ldirilgan (2.3-va 2.4-rasm- lar). Karta aniqligining katta qismi qarama-qarshilikdan ke- lib chiqadi. Qarama-qarshiliklar yorqinlik va to‘qlik, qalin va ingichka, og‘ir va yengil o‘rtasidagi farqdir. Faqatgina bit- ta chiziqning og‘irlik koeffitsienti, bitta shrift o‘lchami va bitta shrift bilan yaratilgan kartaga qarama-qarshilik (kontrast) yetish- maydi, ko‘rish uchun zerikarli va o‘qish qiyin bo‘ladi (2.5-rasm). Ba’zi ilk kompyuter kartalarida kontrast yetishmagan, kerak- li o‘sha vaqtda foydalanilgan ploterlarning perosi bitta o‘lcham- li bo‘lgan; chiziq kengligi faqatgina dasturlar va buyruq berish- da juda katta qo‘shimcha ishlarni bajargandagina o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan. Hozir albatta, murakkab dastur ta’minoti mav- jud va zamonaviy printerlar juda katta xilma-xillikdagi shriftlar va chiziqlarni berish imkoniyatini beradi, shuning uchun kontrast bo‘lmasligini hech ham oqlab bo‘lmaydi. 2.3-rasm. Chap tomondagi komponovka yaxshi muvozanatga keltirilmagan o‘ng tomondagi sahifada ko‘p elementlar mavjud, lekin predmet sahifasi juda kam bo‘sh kenglikni egallagan. Download 6.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling