Kartografik dizayn fanining tarixi Kartografik dizayn fanining rivojlanish tarixi Kartografik asarlarni jihozlash


Kartografik belgilarni loyihalash asoslari


Download 6.16 Mb.
bet8/19
Sana22.11.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1793756
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
KARTOGRAFIK DIZAYN FANINING TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Kartografik belgilarni loyihalash asoslari
Kartalarning dizayni bo‘yicha ishlar olib borilganda ikki aso- siy jarayonga e’tibor qaratishimiz zarur, ya’ni bular: dizayn ele- mentlarini kompanovka qilish va kartani loyihalash. «Loyihalash jarayonida karta nomini qayerga joylashtirish kerak, legenda va masshtab qanday bo‘lishi kerak?» kabi savollar yechimini o‘z ichi- ga oladi. Bu san’atda kompozitsiya deb nomlanadi. Dizayn bit- ta chiziq chizilmasdan oldin boshlanib, kartaga qanday axborot kiritish, ta'sir ko‘rsatish, masshtab va shartli belgi turlarini tan- lash haqidagi qarorlarni o‘z ichiga oladi. U karta yaratishning eng markazida turadi. Bu bobda biz dizaynning ikki jihatini ko‘rib chiqamiz. Kartadan foydalanuvchilar tuman, hudud, dunyo yoki butun olam kartalariga ko‘ra, joy haqidagi tasavvurlarini shakl- lantiradilar; kartalardan esa, 1-bobda ko‘rib chiqqanimizdek, qarorlar qabul qilishda foydalaniladi. Kartada taqdim qilingan axborotlar uzoq vaqt saqlanadigan voqelikka ega bo‘lib, bu kar- tografga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Kartografning maqsadi imkon qadar aniq va haqqoniy karta tuzishdir. Shu bilan birgalik- da ijod qilish uchun yangi yondashuvlar va metodlar bilan harakat qilishda erkinlik mavjud. Aks holda karta dizaynida hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmagan bo‘lardi. Yangi texnologiya XIX asrdagi li- tografik bosmada (1796-yilda kashf etilgan) yuksalish bo‘ldi yoki
XX asrda kompyuterlaridan foydalanish, kartalarning tuzilishiga va ulardagi ramzlarga o‘zgarishlar kiritdi.
Dizayn bir butun jarayondir; til esa chiziqli jarayon hisoblana- di. Men kartografiyada qabul qilinishi mumkin bo‘lgan ma’lum bosqichlarni aniqlashtira olishiga qaramay, bu bosqichlar ma’lum tartibga rioya qilishi shart emas, aslida ularning ba'zilari bir vaqt- ning o‘zida qabul qilinishi mumkin. Shunga qaramay, hisobot- da dizaynning hamma jihatlarini birato‘la ko‘rib chiqa olmaymiz, ularni bosqichlarga bo‘lish kerak. Dizaynning maqsadi har qan- day dizayn bu — karta yoki bino dizayni bo‘lsin ma’lum maqsad- larga ega: aniqlik, tartib, muvozanat, qarama-qarshilik, birlik va uyug‘unlik.

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling