Kartografik dizayn fanining tarixi Kartografik dizayn fanining rivojlanish tarixi Kartografik asarlarni jihozlash


Download 6.16 Mb.
bet5/19
Sana22.11.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1793756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
KARTOGRAFIK DIZAYN FANINING TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Kartalashtirish jarayoni.
Kartalashtirish jarayoni bir tizimga solinib, o‘rganilmaydi, le- kin kartalashtirish jarayoniga tegishli bo‘lgan materiallar tizim- ga solingan. Eslatib o‘tamizki, vaqt o‘tishi bilan kartalashtirish jarayonlarini bir vaqtning o‘zida bir nechta turini ko‘rishimiz mumkin. Kartalarni tuzishni dissertatsiya va kitoblardagi ma’lu- motlar bilan solishtirish mumkin. Ushbujarayon to‘rt kategoriya- ga bo‘linadi: rejalashtirish, tahlil, tasvirlash va ishlab chiqarish/ qo‘llash (1.10-rasm). Rejalashtirish bosqichida kartograf karta- ning mavzusi va maqsadidan kelib chiqib, kimlar uchun mo‘ljal- langanligini tasavvur qila olishi kerak. Buning natijasidsa esa, kartamiz uchun qanday ma’lumot turlarini yig‘ish kerakligi ham aniq bo‘ladi. Tahlil qilish o‘z oldiga ma’lumotlarni yig‘ish, sin- tez qilish va tahlil qilishni maqsad qiladi. Ma’lumotlar statis- tik ma’lumotlardan, kartalardan va Internetdan olinishi mum- kin. Ushbu jarayonda ma’lumot turlarining barchasi qo‘llanilishi mumkin. Ma’lumotlar statistik uslublardan foydalanilgan holda, GAT dasturlarida tahlil qilinadi va shartli belgilar tizimiga o‘giri- ladi. Kartaning o‘quvchanligini oshirish uchun legenda, ma- ket-komponovka, karta qirqim, masshtab, oriyentatsiya, qo‘shim- cha va yordamchi elemenlar, matnlar va boshqa grafik va yozuvli ma'lumotlar bilan boyitiladi. Ushbu bosqichda kartograf karta- ning chop etilgan nusxasi kompyuter monitorida (yoki monitorda qanday ko‘rinishda) bo‘lishini tasavvur qila olishi kerak. Va, ni- hoyat, karta tuzilgandan keyin uning nashr qilinishigacha unda- gi yozuvlar hamda kamchilik va xatolarni to‘g‘irlash maqsadida, uni tahrirdan o‘tkazish zarur. Undagi ranglar, yozuvlar, chiziq- li, maydonli va nuqtali obyektlar to‘g‘ri joylashtirilganmi yoki yo‘qmi? Tahririy ishlar oxiriga yetganidan so‘ng kartani nashr qilish mumkin.
Kartani nashr qilish, uning nusxalarini ko‘paytirish uchun maxsus nashr qiluvchi moslamalar, ya’ni printerlardan foydala- niladi. Karta o‘lchamiga qarab printer turlari yoki markalari tan- lanadi.

1.10-rasm. Kartalashtirish jarayoni.


Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling