Kartografik dizayn fanining tarixi Kartografik dizayn fanining rivojlanish tarixi Kartografik asarlarni jihozlash


Kartografik dizayn fanning rivojolanish istiqbollari. texnika inqilobi


Download 6.16 Mb.
bet3/19
Sana22.11.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1793756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
KARTOGRAFIK DIZAYN FANINING TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Kartografik dizayn fanning rivojolanish istiqbollari. texnika inqilobi


REJA:



  1. Kartalarning turlari.

  2. Mavzuli kartalarning maqsadi.


Ushbu savolga oddiy javob berish bilan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Biz bilamizki, karta mavjud lekin u kishidan-kishiga, madaniyatdan-madaniyatga o‘zgarib boradi. 50 yil oldin massh- tab asosida tekislikda yerning umumiy yoki qismlari grafik tas- virlanganligi aniqlangan. Shunga ko‘ra bir qancha savollar paydo bo‘ldi: Oy va Yerdan tashqari planetalar haqida tasavvur qan- day edi? Agar u karta ko‘rinishida bo‘lganda, uning masshta- bi haqida ma’lumotlar yetishmagan bo‘lar edi, ya’ni bu karta- mi? Balki annotatsiya qilingan, sputnikdan olingan tasvirni karta deb hisoblaymizmi? Shar karta hisoblanadimi? 3D tasvirlar ha- qida nima deb o‘ylaysiz? Puristlar esa, «agar karta masshtab- ga ega bo‘lsa, 3D tasvirlar modellari sxema hisoblanmaydi» deb ta’kidlaydilar. Shunga ko‘ra, Oy va boshqa sayyoralarni aniqlash- ni yuqoridagi usullarda tasvirlashimiz mumkin edi.
Lekin keyinchalik G‘arb mamlakatlariga oid bo‘lmagan madaniyat «rasmiy» ma’lumotlarga ega bo‘lmagan joylar haqida axborotlar berilgan, bu kartaning funksiyasi (vazifasi)ga ta'sir qilmagan. Navaxo (ispancha buklama pichoq) Marshall orollari grafikasi uch turdagi tayoqlardan hosil qilingan. Chig‘anoq- lar va palma tayoqlari oqimni, to‘lqinni va orollar ko‘rinishini aks ettirgan (1.5-rasm). Bundan tashqari og‘zaki kartalar, men- tal kartalar va ishlab chiqarish kartalari ham mavjud, ush- bu kartalarning aniqligini qanday aniqlashtiramiz? J.H.And- rews tomonidan 1694-yildan 1996-yillar oralig‘ida yaratilgan 321 mavzudagi kartalarning ro‘yxati ishlab chiqilgan (Andrews, 2009). Bundan kelib chiqadiki, kartografiya seminar, konfe- rensiya va kichik suhbatlarda cheksiz bahs yuritiladigan fan hi- soblanadi. Ushbu fanni shunchaki, osonlik bilan o‘zlashtirib bo‘lmaydi, bunda ma’lum darajadagi kartografiyaga oid bilim- larga ega bo‘lish lozim.
Ushbu o‘quv qo‘llanmaning maqsadidan kelib chiqqan hol- da, karta ma’lum vazifalarga ega bo‘lsa, ya’ni fazoviy ma’lumot- larning munosabatlarini tasavvur qilish uchun grafik vositalardan foydalanish zarur ekan, biz uni o‘sha vazifalari bo‘yicha o‘rga- namiz.

1.5-rasm. Marshall orollari grafikasi uch turdagi tayoqlardan hosil qilindi. Chig'anoqlar va palma tayoqlari oqimni, to‘lqinni va orollar ko'rinishini aks ettirgan.

O‘quv qo‘llanmada qum rasmlari yoki harakatlanuvchi grafiklarni o‘rganib chiqmaymiz. Tekislikdagi kartalarni o‘rga- nishdan chegaralangan holda, ko‘zi ojiz kishilar uchun kartalar, veb-sahifalaridagi kartalar va kompyuter dasturlarida yaratiladi- gan kartalar haqida bahs yuritamiz.


Kartalarning turlari.
Fazoviy komponentlarni o‘z ichiga oladigan, barcha voqea va hodisalarni tasvirlab beradigan yuzlab karta turlari mavjud. Ular bir nechta guruhlar va kategoriyalarga ajratilgan. Bularning ham- masi kartaning (funksiyasi) vazifasidan kelib chiqadi. Kartalar funksional kategoriyalarga ko‘ra uchta asosiy turlarga bo‘linadi: umumgeografik kartalar; maxsus kartalar va mavzuli kartalar. Ushbu kategoriyalar bo‘yicha kartografiya mutaxassislari tomo- nidan aniq yoki to‘liq to‘xtamga kelinmagan.
Umumgeografik kartalar o‘zining nomidan kelib chiqib, aniq bir turdagi kartalarni belgilab bermaydi, ular har xil turdagi geo- grafik hodisalarni tasvirlab beradi (siyosiy chegaralar, magistral yo‘llar, shaharlar, daryolar va boshqalar) va maydonning umumiy tasvirini hosil qiladi. Ulardan loyihalashtirish vajoyning geografik o‘rni haqida ma'lumotlar berish uchun foydalaniladi. Qoidaga ko‘ra davlat, respublika, viloyat, shahar va tuman kartalari hamda topografik kartalar umumgeografik karta turlariga kiradi.
Kartalarning vazifasi — kartalarni loyihalashtirish va tuzish- ning asosiy omilidir. U maxsus maqsad, ma’lum sharoit va iste'molchilar uchun kartalar yaratishda alohida ahamiyat kasb etadi. Shunga ko‘ra, maxsus ilmiy va amaliy masalalarni hal etish hamda obyektiv haqiqatni anglash uchun foydalaniladigan max- sus kartalarning alohida guruhi yuzaga keldi.
Maxsus kartalar o‘zining mavzusi bo‘yicha umumgeografik va mavzuli kartalarga bo‘linishi mumkin. Mavzuli va maxsus karta- larni tuzish jarayoni o‘ziga xosliklarga ega. Ular tasvirlash usul- lari va kartografik shartli belgilar tizimini tanlash va umumlash- tirish xususiyatlari tufayli kartografik proyeksiyalarni hosil qilish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bunday turdagi kartalarni yaratish- da dastlab geografik asos tuzilib, unda ma’lum to‘liqlik va tafsilot- lar bilan (kartaning vazifasiga ko‘ra) tabiiy geografik elementlar tasvirlanadi.
Bitta hududning mavzuli va maxsus kartalar seriyasi uchun na- munaviy geografik asos ishlab chiqiladi, kartaning maxsus tarkibiy qismi, originali yoki maketi yaratiladi. Bu esa, geografik asos va maxsus kartaning originalini tayyorlash imkoniyatini beradi.
Ko‘rib chiqilgan hamma kartalar vazifalari bo‘yicha umumiy maqsaddagi kartalar guruhiga kiritilishi lozim. Bu guruhga shu- ningdek relyef kartalari ham (uch o‘lchamli kartografik model- lar) kiritilishi mumkin. Shu bilan birga ulardan maxsus vazifada- gi kartografik asar sifatida foydalaniladi.
Ulardan foydalanish bo‘yicha maxsus kartalar guruhi 2 ta ki- chik guruhlarga bo‘linadi: 1) amaliy faoliyatning turli sohalarida- gi ma’lum masalalarni hal etish bo‘yicha umumiy bo‘lgan maxsus kartalar va 2) ma’lum masalalarni iste’molchilarning ma’lum gu- ruhi o‘rtasida hal etish uchun mo‘ljallangan kartalar.
Birinchi kichik guruhga inventarizatsiya, baholash, bashorat va analogik kartalar kirib, ulardan atrof-muhitni o‘rganish, o‘zlash- tirish, muhofaza qilish va qayta hosil qilish uchun hamda boshqa ilmiy va xalq xo‘jaligi masalalarini hal etish uchun foydalaniladi. Xuddi shuningdek, rejalashtirishda kartalardan xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarini qamrab olish uchun ishlab chiqilishi mumkin va bir-biridan qator ko‘rsatkichlar va tasvirlanayotgan tavsiflari bilan farq qiladi.

Havo yo‘llari yoki dengizda harakatlanish maxsus kartasi.
Ikkinchi kichik guruh kartalariga navigatsion kartalar kirib, ulardan aeronavigatsion masalalarni hal etish uchun foydala- nish mumkin. Ko‘rib chiqilayotgan guruhlarning kartalarini lo- yihalashtirish va rejalashtirishda maxsus tarkibiy qism original- lari bilan bir qatorda umumgeografik elementlarning originallari (geografik asos)ni yaratish mumkin. Hamma turdagi marshrut- larni belgilab beruvchi, karta turlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi navigatsion kartalar, ya’ni aeronavigatsion kartalar, yo‘l kartalari ham maxsus mazmundagi karta turiga kiradi, lekin ko‘pchilik soha vakillari ushbu kartalarni «alohida turga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan kartalar» deb hisoblashadi (1.6-rasm). Maxsus mazmunga ega kartalar agentliklar va korporatsiyalarda foydalaniladi.

Mavzuli karta fragmenti (Tuproq kartasi misolida).

Mavzuli kartalarni ko‘plab nomlar bilan atab kelishgan (max- sus, fan, statistik, tarqalish va ma’lumotli kartalar), lekin «mav- zuli» atamasi umumiy foydalaniladigan atama hisoblanadi. Odat- da, mavzuli kartalar faqat birgina mavzuga yoki munosabatga mo‘ljallangan bo‘ladi, bundan tashqari har qanday boshqa ma’lu- mot hamda tasvirlanadigan ma'lumotlar bazasi fazoviy fon sifati- da, ma’lumotlarni taqqoslash uchun xizmat qiladi. Mavzuli kar- talarda miqdor va sifat xarakterlari bo‘lishi mumkin. Ular yerdan foydalanish, aholi soni, havo harorati va boshqa mavzuli maz- munga ega bo‘lgan kartalarni o‘z ichiga oladi (1.7-rasm). Ushbu kitobda mavzuli kartalarni loyihalash prinsiplari va barcha tur- dagi kartalarga e’tibor beriladi. Dastlab mavzuli kartalardan XIX asrda keng foydalanilgan. Ushbu kartalar ishlatilishiga ko‘ra at- laslar tarkibida keng qo‘llaniladi. Ushbu kartalar gazeta, jurnal, hisobotlar va o‘quv qo‘llanmalarda asosiy qo‘llaniladigan karta- lar hisoblanadi.


Mavzuli kartalarning maqsadi.
Mavzuli kartalar u yoki bu uyg‘unlikdagi tabiiy va ijtimoiy vo- qeliklarni o‘zida aks ettirib, ular bo‘yicha hal etiladigan masala- lar, tasvirlanayotgan obyektlar va voqelikning aloqalari va o‘zi- ga xosliklari, kartaning vazifasi va mavzusi usbu kartalarning yaratilishiga sabab bo‘ladi. Mavzu bu — kartalarning nomlanishi- da turli xil darajada to‘liqlik ifodasini topadi.
Mavzuli kartalarning o‘ziga xosliklari ularning ma’lum aniq mavzu bilan belgilanishi hisoblanadi. Asosiydan tashqari har qanday mavzuli kartaning mavzuli tarkibiy qismi ma’lum hajm- da unda joylashgan obyektlar bilan o‘sha real yuzasini ifodalovchi umumgeografik majmuaning elementlariga tasvirlash beradi.
Mavzuli kartalar nafaqat Yerning yuza qismi uchun yara- tiladi, balki boshqa fazoviy jismlarning yuza qismlari uchun, shuningdek, alohida yirik geografik obyektlar bo‘yicha, alohi- da hududlar uchun ham yaratiladi. Ular alohida kartalar ko‘ri- nishida yoki ularning majmualari (guruhlari), seriyasi, mavzuli va majmuaviy atlaslar ko‘rinishida nashr qinlinadi. Mavzuli kar- talarning asosiy vazifasi xalq xo‘jaligi va ilmiy vazifalarni hal qi- lish, shuningdek o‘rab turgan borliqni umumiy maqsadlarda tad- qiq qilish uchun iste’molchilarni tabiiy muhit va ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar va voqeliklar haqidagi mahalliy mavzuli axborot bilan ta’minlash hisoblanadi. Mavzuli kartalarda muvofiq keluvchi ilm- fan orqali erishilgan obyektlar va voqeliklar haqidagi bilimning zamonaviy darajasi o‘z aksini topishi kerak. Mavzuli kartalarda tarkibiy qismlarning to‘liqligi va batavsilligi kartaning masshtabi va vazifasiga muvofiq kelishi shart.
Mavzuli kartalardan ilm-fan va ishlab chiqarishning ko‘p tar- moqlarida keng foydalaniladi. Mavzuli kartografiyaning rivoj- lanib ketishiga ko‘plab tarmoq masalalarini hal etishning qulay sharoitini ta’minlashga harakat qilishi va shu bilan bog‘liq ra- vishda yangi ibora — tarmoq uchun mavzuli karta iborasini pay- do bo‘lishiga imkon yaratadi.
Mavzuli kartalarning mavjud xilma-xilligida ularni loyi- halashtirishni bajarish sharoitini tizimlashtirish va bu kartalar- ning turlarini aniqlash hisoblanadiJShuningdek, umumiy ko‘ri- nishda tasvirlangan mavzuli va umumgeografik kartalarning o‘zaro aloqalarini ham hisobga olish zarur. t
Bunday tizimlashtirishni o‘tkazish, mavzuli kartlarning ik- kilamchi ekanligini oydinlashtiradi hamda majmuaviy kartalarni yaratish va foydalanishning turli xil aspektlarini aniqlashtirish imkoniyatini beradi.
Mavzuli kartalarni:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling