Kartografik dizayn fanining tarixi Kartografik dizayn fanining rivojlanish tarixi Kartografik asarlarni jihozlash


Download 6.16 Mb.
bet7/19
Sana22.11.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1793756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
KARTOGRAFIK DIZAYN FANINING TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Kommunikatsiya nazariyasi.
Robinson, Djenks, Shermanlar tomonidan olib borilgan tad- qiqotlarda nazariyadan kommunikatsiyaga o‘tish g‘oyalari tug‘il- gan, ya’ni «Bu kim uchun samarali deb ayta olamanmi?» (Koe- man, 1971) degan savolni o'rtaga tashlaganlar. Bu qarashlar kartograflar tomonidan yaratilgan kartalar oldingilaridan keskin farq qilishini o‘quvchilar qanday qabul qilishlari asosiy muam- molardan biri edi. Ushbu paradigmani e'lon qilganda, o‘quvchilar kartalardan nimani olishadi va bu ular uchun samarali bo‘lishi- ni kartograflar aniqlik kiritishlari kerak edi. Alohida shartli bel- gilar, ya’ni tugallangan aylanalar va izopletlar fan samaradorligini oshirishga qanday ta'siri borligi haqida test o‘tkazilgan. Hozirgi kunda ham bunday tadqiqotlar animatsiya va multimediya karta- lari uchun qo‘llanilmoqda.
Paradigmalarni vizualizatsiyalash.
1990-yillarga kelib mutaxassislar kartografiyani «yagona, sa- marali tasavvur qilish metodologiyasi» deb ta’rif berganlar. Para- digmalarni vizualizatsiyalaydigan va ma’lumotlarni interaktiv tadqiq qiladigan murakkab kompyuter dasturlari ishlab chiqilgan edi. GAT uchun vizualizatsiya tushunchasi yangi konsepsiya hi- soblanmaydi. Agar biz vizualizatsiyaning noma'lumlarini tadqiq qilish, ma’lumotlarini o‘zida mujassamlashtirgan xususiy faoli- yat deb faraz qilsak, unda mavzuli kartografiya vizualizatsiyani uzoq vaqt davomida o‘rganilgan bo‘ladi. Oldingi vaqtda vizuali- zatsiya kompyuter dasturlari yordamida tahlil qilinmagan. Ular rangli qalamlar, kalka qog‘ozlari yordamida amalga oshirilib, ma’lumotlarni o‘rganishgan va tasvirlar ustida tajribalar o‘tka- zishgan. Kompyuterlar kashf qilingandan keyin vizualizatsiyani ilmiy o‘rganish jarayoni tezlashib ketdi.
Kartografiyaga tanqidiy qarashlar.
Kartalarni tuzishga uzviy bog'liq bo'lgan kommunikatsiya va vizualizatsiyani tadqiq qilish mavzusi evaziga kartografiyaga nis- batan tanqidiy nazariyalar paydo bo‘lishni boshladi. Kartograflar kartalardagi xatoliklar haqida 100 yillardan buyon tadqiqotlar olib bordilar va Ikkinchi Jahon urushi davrida kartalardagi xatoliklari ustida tadqiqotlar olib bordilar; 1980-yillarda Brian Harleyning olib borgan tadqiqotlari ushbu yo‘nalish bo‘yicha yangicha qarash hisoblanadi. Brian Harley kartalarni o‘rganish davrida adabiyot- lardagi nazariyalarga asoslanib ularni, ya’ni kartalarni matn si- fatida o‘rganib chiqdi. Bu jarayon dastlab eski yaratilgan kartalar ustidan amalga oshirildi lekin zamonaviy kartalarni tahlil qilish- dagi asosiy mavzu bu kartalarni ijtimoiy oqibatlari hisoblanadi. Denis Wood’s o‘zining «The Power of Maps» kitobida shu mavzu bo‘yicha bahs yuritgan. Boshqa mavzular feministik kartografi- ya, yerga egalik huquqini beruvchi hissiyot kartalari va boshqa- lardan tashkil topgan.

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling