Kartografik dizayn fanining tarixi Kartografik dizayn fanining rivojlanish tarixi Kartografik asarlarni jihozlash
Zamonaviy kartografiyaning vujudga kelishi va rivojlanishi
Download 6.16 Mb.
|
KARTOGRAFIK DIZAYN FANINING TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- XX asrda kartografiyaning rivojlanishi.
- Kartografik texnologiyalar va ularning rivojlanishi.
Zamonaviy kartografiyaning vujudga kelishi va rivojlanishi
Kartografiyaning uzoq tarixida vaqti-vaqti bilan katta o‘zga- rishlar bo‘lib o‘tdi. O‘zgarishlar davri ko‘plab o‘n yilliklarni yoki undan ko‘proq vaqtni qamrab oldi. Ba’zi o‘zgarishlar shuncha- lik uzoq vaqt davom etdiki, ularni «qayta o‘zgarishlar» deb atasak xato qilmaymiz. O‘zgarishlar uchta omil bilan xususi- yatlanadi: texnologiyalar, ma’lumotlar va ijtimoiy/falsafiy o‘zga- rishlar. Revolyutsiyaning yirik bir davri g‘arb dunyosining rene- sansi bo‘ldi (1350—1650). Asosiy texnologik omillardan biri bu nashr qilish uskunalarini kashf qilinishi bo‘ldi. Natijada, kitoblar va kartalar ko‘plab kishilarning foydalanishi uchun qulay bo‘ldi, chunki nashr qilish uskunalari yordamida kishilar ularni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldilar. Yevropalik tadqiqotchilar g‘arbiy va janubiy yarimsharlar hamda kontinentlarning tashqi ko‘rinishlari haqidagi tasavvurlarini, ma’lumotlarini ommaga taqdim qildilar. Karta xususiyatlarining rivojlanishida Ptolomeyning olib borgan tadqiqotlari, ijtimoiy va falsafiy xarakterga ega bo‘ldi. Ushbu ba- jarilgan ishlarning hajmini XX asrda, aniqrog‘i XX asrning oxirgi yarim yilligida karta haqidagi bilimlarni egallanishiga tenglashti- rib bo‘lmaydi. Bu esa, kartalarni o‘rganishda yirik hajmdagi ish- lar bajarilganidan darak beradi. Bu haqidagi hamma bajarilagan ishlar bibliografik ma'lumotlarda to‘liq aks ettirilgan. XX asrda kartografiyaning rivojlanishi. XX asrning yarmida kartografiyaning rivojlanishi eng yuqori darajaga chiqdi. Har qanday revolyutsiyada bo‘lgani kabi kar- tografiyada texnologiyalar, ma’lumotlar va falsafaning jadalla- shishi bilan namoyon bo‘ldi. Ikkinchi Jahon urushi esa karta- larning zamonaviy darajaga yetishiga turtki bo‘ldi. Shu paytda kartalarni soni juda ko‘p va ularni qisqa vaqtda tuzish kerak edi. Shu jarayonlar jadallashgan vaqtda AQSHda minglab odamlar kartalardan foydalanish uchun kartografiya va fotogrammetriya fanini o‘rganishga kirishdilar. Urushdan keyin ushbu fanlarni o‘zlashtirgan mutaxassislar shu soha bo‘yicha ishlarni davom ettirish istagini bildirdilar (asosan ayollar). Urushdan keyin geografiya fakultetlari kartografiya fanini o‘qitishni boshladi. Ular tasvirga olishlar, injenerlik kartografiya- sini emas, asosan geografik kartografiya va mavzuli kartografiya- ga ixtisoslashgan edi. O‘sha vaqtlarda geografiya fani karta- lar bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, bir qancha vaqt «kartograf» va «kartografiya» so‘zlari bilan sinonim hisoblangan. Holbuki 1950-yilning oxirigacha geograflar kartografiyani fan sifatida emas balki, karta tuzish asbobi yoki hunarmandchiligi deb hisob- lashgan. Bunga o‘sha paytdagi kartografiyaga oid o‘quv qo‘llan- malarning kam miqdordaligini misol qilishimiz mumkin. Geo- grafik jurnallarda kartografik proyeksiyalar va kartaning tarixi, shartli belgilar tizimi haqida maqolalar berilgan bo‘lsada, kar- tografik dizayn haqida hech qanday ma’lumotlar yo‘q. Bunga esa, Ikkinchi Jahon urushidan keyin o‘zgarishlar kiritildi. Kartografi- ya fani to‘g‘risidagi asosiy adabiyot 1938-yilda AQSHda Erwin Raisz (pronounced Royce) tomonidan yaratilgan va «Umumiy kartografiya» deb nomlangan. Raiszning fikricha kartografiya fani ma’ruza ko‘rinishida bo‘ladi, lekin unda amaliy va labora- toriya darslari albatta bo‘lishi shart. Kitob kartografiyaning ta- rixi, kartalarda yozuvlar va tahririy-tayyorgarlik uskunalari haqi- da ko‘nikmalarga ega bo‘lishi mumkin. Strategik xizmatlarni boshqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan Artur Robinson urushdan keyin Ogayo shtatidagi uni- versitetga qaytib geografiya fanlari bo‘yicha aspiranturani davom ettirdi. Uning dissertatsiyasi boshqa ilmiy ishlardan keskin farq qilmasada, unda karta dizayni ko‘rib chiqilgan edi. Uning disser- tatsiyasi 1952-yilda nashr qilinib unda kartaning tashqi ko‘rinishi qanday bo‘lishi haqida ilmiy izalanishlar keltirilgan bo‘lib, unda kartada qanday ranglar tanlanishi, uning tuzilishi qanday bo‘li- shi va kartalarni nashr qilish haqida fikrlar yoritilgan. Robin- son Viskonsin shtatidagi universitetga o‘qituvchi lavozimiga ishga tayinlanib, kuchlantirilgan kartalar ustida tadqiqot dasturi usti- da (dissertatsiya ustida) ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Ushbu dissertatsiyada Robinson kartografik shartli belgilarning psixo- fizik omillari va izoleptalar ustida tadqiqotlar olib bordi. Rob- inson 1953-yildan 1995-yilgacha «Kartografiyaning elementlari» nomli (6 marta nashrdan chiqqan) kitob yaratgan. Ushbu jara- yonda, Ikkinchi Jahon urushi davrida kartalashtirish jarayonida ishtirok etgan boshqa olimlar universitetlarda o‘qituvchi vazifasi- da ishlab, kartografiyaning fan sifatida shakllanishida o‘z hissa- larini qo‘shib bordilar. Shulardan Kanzas universiteti kartografi Djordj Djenks va Vashington universiteti kartografi Djon Sher- manlar kartalarning funksiyalari haqida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlar. Kartografik texnologiyalar va ularning rivojlanishi. 1960-yil yangi texnologiyalar inqilobi davri bo‘ldi. Raqam- li ma’lumotlardan tarkib topgan kartalarni yaratish qobiliyatiga ega kompyuter dasturlari ishlab chiqarildi. 1960-yilda Harvard laboratoriyasida kompyuter grafikalari uchun SYMAP (dasturi) ishlab chiqildi. Kartalarga unchalik ishlov berilmagan bo‘lsada, ularni o‘qish mumkin edi. Dastlabki kunlarda printerlar faqat chiziqli printerlar bo‘lib, ular avtomat yozuvchi mashinalar si- fatida bo‘lib, ular kartadagi shartli belgilarni alfavit-harfli ko‘ri- nishda tasvirlagan (1.11-rasm). SYMAP kartalari namoyishlar uchun yaroqsiz bo‘lsada, ma’lumotlarni tezlik bilan tahlil qi- lish va tasavvur qilish uchun foydalanishga yaroqli bo‘lgan. Yana bir asosiy texnologiyalarning taraqqiyotini masofadan zondlash texnologiyalarida ko‘rishimiz mumkin. Yerning sun’iy yo‘ldosh- lari, ya’ni yuqori darajadagi sifatli suratlarni ishlab chiquvchi apparatlar kashf qilinishiga qadar (sputniklar), Ikkinchi Jahon urushi vaqtida aerofotosuratlardan foydalanib kelingan. Ush- bu sputnikdan olingan suratlar metrologik kuzatuvlarni olib bo- rishda va boshqa tadbirlarni rejalashtirishda yordam beradi. Ush- bu namunalar kartografik ma'lumotlarni bir bo‘lagi hisoblanadi. Geografik axborot texnologiyalari haqida tushuncha shaffof plast- massa qatlamlarini joylashtirish yo‘li bilan geografik tahlil o‘tka- zish vaqtiga to‘g‘ri keladi. Zamonaviy GATda esa, ma’lumotlarni tahlil qilish uchun virtual qatlamlardan foydalaniladi. Download 6.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling