Kartografik dizayn fanining tarixi Kartografik dizayn fanining rivojlanish tarixi Kartografik asarlarni jihozlash
Download 6.16 Mb.
|
KARTOGRAFIK DIZAYN FANINING TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
12-rasm. Mahmud Qoshg‘ariy tuzgan dunyo kartasi.
H.Hasanovning fikricha, Qoshg‘ariy o‘zidan bir oz vaqt oldin o‘tgan ulug‘ olim Beruniy asarlaridan foydalangan va boshqa ma’lumotlar qo‘shib, O‘rta Osiyo geografiyasining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Kartografiya sohasida yuqoridagi olimlar tomonidan va muallifi noma’lum bo‘lgan «Hudud al-olam» asaridagi kartalarning mazmunini va ularda tasvirlangan hududlar taqqoslanilsa, ulardagi bir-biriga o‘xshashlik seziladi. Bu kartalar SHarq kartografiyasining dastlabki eng nodir namunalari bo‘lib, dunyo kartografiyasini rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. 1209 yilda xurosonlik Muhammad Najib Bakron Xorazm shohi Alovuddin Muhammal ibn Takashga Dunyo kartasini tuzib bergan, kartada izoh sifatida «Jahonnoma» kitobini yozib bergan. U o‘z kartasini va izohnomasini yozishda Beruniy va Istaxriylarning asarlaridan foydalanilganligini aytadi. N.Bakronning kartasi katta gazlamaga chizilgan. Kartadagi shartli belgilar to‘g‘risida u shunday deb yozgan: «… kichik doiralar shaharlar o‘rnidir». Bu doirachalar yoniga o‘sha shaharlarning nomi yozilgan. Dengizlar yashil rangda, nomi esa qizil rangda, daryo va soylar qizil chiziqlar bilan, nomlari esa qizil rangda, tog‘lar to‘q qizil rangda, cho‘llar, qumliklar va toshloq erlar sariq rangda, shimoldagi qorli o‘lkalar oq rangda tasvirlangan. Kartografiya fani uchun bu kartaning ahamiyati shundaki, kartada parallellar va meridianlar berilgan, bu esa sharq kartografiyasida deyarli birinchi voqea edi. Afsuski bu noyob karta saqlanib qolinmagan. Lekin unga izoh bergan, «Jahonnoma» hozirgi vaqtda mavjud. XV asrning birinchi yarmi O‘rta Osiyo va Xuroson tarixida uyg‘onish davri, iqtisodiyot va madaniyat, savdo-sotiq, fan va qurilish yuksalgan davr bo‘lib hisoblanadi. SHu davr geograf-sayyohlaridan biri Xofizu Abru, uning asli ismi SHahobiddin Abdulloh ibn Lutfilloh al-Xavofiy (1362-1431). U temuriylar saroyi tarixchisidir. U o‘zining asarlariga ba’zan ilova tariqasida ayrim hududlarni kartasi yoki shaharlar sxemasini ham chizib ko‘rsatgan (o‘sha davrda karta, plan va sxemalarni suratlar deb yuritilgan). Bu suratlar ichida eng muhimi «Dunyo kartasidir». Bu kartaning o‘lchami 34-45 sm bo‘lib, unda graduslar to‘ri chizilgan. O‘rta asr sharqda tuzilgan kartalarning faqat uchtasida, ya’ni Najib Bakron kartasida (1209 yil), Xandalloh Kazviniy kartasida (1340 yil) va Xofizu Abru kartasida (1420 yil) graduslar to‘ri bo‘lgan. Xofizu Abru kartasida graduslar to‘rlari doiraning ichidan ham, chekkasidan ham, har 50 dan meridian va parallellar o‘tkazilgan. Kartada Er shari etti iqlimga bo‘linib, ularning chegaralari kengliklar bilan 00 dan 700 gacha ko‘rsatilgan, shimolroq hududlar esa har 7-80 orasida tasvirlangan. Bu kartaning bir nusxasi Britaniya muzeyida, bitta nusxasi esa Toshkentda saqlanmoqda. Bu dunyo kartasini prof. H.Hasanov – Xofizu Abruning shoh asari deb juda katta baho berib, sharq kartografiyasida fahrlansa arzigulik asar ekanligini ta’kidlaydi. SHunday qilib, Beruniy, Najib Bakron va Xofizu Abru kartalari sharq kartografiyasini dunyoga tanitgan asarlardir (13-rasm). Kartaning matematik asosi bo‘lgan geografik koordinatalari, ya’ni kenglik va uzoqliklar juda ko‘p vaqt davomida o‘sha davr olimlari orasida 00 li meridian qaerdan o‘lchanadi, degan savolga bir xil aniq javob bermagan. SHu nuqtai nazardan Ulug‘bekning «Ziji Kuragoniy» jadvali ham shu masalaga aniqlik kiritmagan. Masalan buyuk astronom Gipparx (miloddan avvalgi II asrda yashagan) Rados oroli bilan Iskandariya shahridan o‘tgan uzunlikni boshlang‘ich meridian qilib olgan. Undan so‘ng Marin Tirskiy va Ptolomey «Ostrava Blajennыx» (Saodat orollari) ni boshlang‘ich meridian qilib belgilagan. Download 6.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling