Kartografik dizayn fanining tarixi Kartografik dizayn fanining rivojlanish tarixi Kartografik asarlarni jihozlash


Download 6.16 Mb.
bet11/19
Sana22.11.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1793756
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
KARTOGRAFIK DIZAYN FANINING TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

2.2. O‘rta Osiyoda ilk kartografiya

Ba’zi bir qadimiy manbalarda O‘rta Osiyo hududida yashab ijod qilgan bir qancha olim va ulamolarni «arab geografiyasi» vakillari deb kelingan. Prof. H.Hasanov va G.YU.Krachkovskiylar bu talqin noto‘g‘ri ekanligini isbotlab berishgan. Bu to‘g‘rida H.Hasanov «O‘rta osiyolik geograf va sayyohlar» nomli kitobida «O‘rta Osiyo olimlari deyilganda, shu o‘lkadan etishib chiqqan va o‘z ilmiy faoliyatini shu erda yoki boshqa mamlakatlarda o‘tkazgan olimlar guruhi tushunilishi kerak» deb yozadi.


O‘rta osiyolik Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad al Farg‘oniy, Jayxoniy, Balxiy, Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy, Hafizu Abru, Bobur, Haydar Mirzo kabi ajoyib olim va geograf sayyohlar geografiya va kartografiyaning rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shganlar. Turkiston zaminida Xorazmning SHarq fani tarixidagi o‘rni juda muhimdir. Xorazmda aniq fanlar-matematika, astronomiya, kartografiya, kimyo, mineralogiya, geografiya IX asrlarda yuksak darajada taraqqiy etgan.
Ilk Xorazm vohasining ko‘zga ko‘ringan mashhur olimlaridan Muhammal ibn Muso al Xorazmiy (qisqacha Muhammad Xorazmiy) Xorazmda tug‘ilib Bag‘dodda vafot etgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra u 780 yilda tug‘ilgan va 847 yilda vafot etgan deb taxmin qilinadi.
IX asrning boshlarida podsho Ma’mun hukimronlik qilgan davrda (813-833 yillar) Bag‘dodda «Olimlar akademiyasi» – «Bayt ul-xikma» (Donishmandlar uyi) tashkil qilinib, unda juda ko‘p o‘rta osiyolik olimlar ijod qilgan. SHu vaqtda Muhammad Xorazmiy Bag‘dod rasadxonasining Er yuzi aylanasining uzunligini o‘lchash uchun 10 yoy uzunligini aniqlash bo‘yicha ekspeditsiyasiga (Mesopotomiyada) rahbarlik qilgan.
Prof. H.Hasanovning yozishicha, xalifa Ma’mun topshirig‘i bilan «Jahon kartalari» tuzishga kirishiladi va bu ishga M.Xorazmiy rahbarlik qiladi. Bu asarni «Dunyo atlasi» desa ham bo‘ladi. Bunda 70 tacha olim shug‘ullangan. Kartalarni tuzish 840 yillarda tugallangan.
Xorazmiyning mazkur kartalar yaratish munosabati bilan yozilgan «Surat al-arz» kitobi «Xorazmiy geografiyasi» nomi bilan mashhurdir. Kitob bir necha o‘nlab kartalar va ularga berilgan izohnomalardan iborat bo‘lgan. Bu kitobni «Erning surati» deb ham yuritganlar.
Hozirgi vaqtda atlasdan 4 ta karta saqlanib qolgan. Ular hozir Strasburg shahrida (Fransiyada) saqlanmoqda. Kartalarga izohlar asosan zij tarzda berilib, 537 ta eng muhim joylarning nomi va koordinatalari ko‘rsatilgan.
Atlasdagi kartalardan birida Nil daryosi havzasi tasvirlansa, ikkinchisida Azov va Qora dengizlar tasvirlangan. Muhammad Xorazmiy O‘rta Osiyoning buyuk geograf olimigina emas, balki SHarq geografiyasining va kartografiyasining asoschisi, uzoq Ispaniyadan to Qashqargacha bo‘lgan barcha tabiatshunos, geograf va sayyoh olimlarga ilhom bergan, namuna bo‘lgan rahnamosi hamdir. Beruniy ham o‘zidan II asr oldin o‘tgan vatandoshini katta ehtirom bilan tilga olgan. Italiya sharqshunosi K.Nallino Xorazmiyga yuksak baho berib, «Evropadagi hech bir xalq Xorazmiy erishgan yutuqqa erishishga va bunday asar yaratishga qobil emas edi»- deb yozadi. Muhammad Xorazmiyning zamondoshi Bag‘dod rasadxonasining xodimlaridan biri Ahmad ibn Muhammad al-Farg‘oniy asli farg‘onalikdir. Uning geodeziya sohasida qilgan ishlaridan «Al-Komil fil usturlob» («Usturlob to‘g‘risida mukammal ma’lumot») va «Usturlob san’ati to‘g‘risida» nomli asarlari geodezik va astronomik o‘lchash ishlarni bajarishda o‘sha vaqtdagi asosiy manbalardan biri hisoblangan. Al Farg‘oniy Evropada ulug‘ Alfraganus nomi bilan mashhur bo‘lgan. Farg‘oniyning xizmatlaridan yana biri shuki, 861 yilda u al-Mutavakkilning buyrug‘i bilan Nil daryosi suv sathini o‘lchaydigan asbob yaratib uni o‘rnatish uchun Qoxiraga borgan va bu ishni qoyilmaqom qilib bajargan.
X asrda yashab ijod qilgan yana bir xorazmlik olim Abu Abdulla Xorazmiydir. Uning kartografiya tarixiga qo‘shgan xissasi shundan iboratki, u o‘zining geografiyaga tegishli asarlarida Xo‘jand-SHifurkon (SHibirg‘on) shaharlaridan o‘tgan meridianni Bosh meridian deb qabul qilgan. Natijada bu meridian Xo‘jand meridiani nomini olgan.
SHarq kartografiyasini rivoj topishida arab va O‘rta Osiyo kartografiyasini asosi bo‘lgan «Islom atlasi» ning o‘ziga xos o‘rni bor.
Islom atlasining muallifi noma’lum, lekin ayrim tadqiqotchilar uni Balxiy tuzgan deb taxmin qiladilar. Bu atlasda 21 ta karta bo‘lib, jumladan, dunyoning doiraviy kartasi berilgan. Undan tashqari Arabiston yarim oroli, Fors dengizi, Misr, SHom mamlakatlari va Rum dengizi kartalari hamda, musulmon dunyosining markaziy va sharqiy qismlarini 14 ta kartasi berilgan, unda Jazoir, Iroq, Fors, Kirmon, Sind, Armaniston, Hazar dengizi, Fors cho‘li, Xuroson, Movarounnahr hududdlari o‘z aksini topgan.
850-934 yillarda yashab o‘tgan o‘rta osiyolik mashhur olim Abu Zayd Balxiy bevosita geografiya va kartografiya masalalari bilan shug‘ullanib, dunyo kartasini yaratgan.

6-rasm. Balxiy tuzgan dunyo kartasining o‘zbekcha tarjimasi.

Lekin akademik V.V.Bartold va prof. H.Hasanovlar bu kartadan (951 yilda) fors olimi Istaxriy foydalanib o‘z kartasini yaratgan degan fikrni aytishadi. Ularning yozishicha, Balxiy asarining Istaxriy tahririda to‘ldirilgan nusxasigina bizgacha etib kelgan. Keyinchalik bu asarni Abul Qosim Ibn xavkal (taxminan 976 yilda) to‘ldirgan. Istaxriyning (X asr) «Iqlimlar kitobida» 19 ta karta ilova qilinib, o‘sha davrda sharqda ma’lum bo‘lgan davlatlar tasvirlangan.


Prof. R.Rahimbekovning yozishicha, Istaxriyning 18 va 19-kartalari boshqa hududlar bilan birga Xorazm, Movarounnahr va Turkistonga bag‘ishlangan.



7-rasm. «Hudud ul-olam» (983 y.).

Istaxriy kartalarida O‘rta Osiyo toponimiyasiga oid qimmatli manbalar berilgan. Eng zaruri o‘sha davrda Amudaryo bir qancha o‘zan orqali Orol dengiziga quyilganligi aniq ko‘rsatilgan. SHuni aytib o‘tish kerakki, o‘rta asr arab kartografik maktabi vakillari tomonidan tuzilgan kartalar geografik koordinatalarsiz bo‘lib, geografik ob’ektlar geometrik shakllarda (ko‘proq aylanalarda) berilgan. Demak bu hududda yashab ijod qilgan geograflar va kartograflarning kartalari ilk kartografiya makazi bo‘lgan Misr va Rimda tuzilgan kartalardan farq qilgan, bu esa o‘rta osiyolik geograflarning alohida maktabi yaratilganligini ko‘rsatadi.





Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling