Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va o‘tkazishni takomillashtirish to‘G‘risida


III. Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish bosqichlari


Download 155.88 Kb.
bet4/4
Sana04.11.2023
Hajmi155.88 Kb.
#1745699
1   2   3   4
Bog'liq
40 11.02.2009

III. Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish bosqichlari
15. Nazariy jihatdan o‘qitish, o‘rganilayotgan mutaxassislik bo‘yicha zarur layoqatni, ko‘nikmalarni va amaliy ish tajribani egallash jarayonida o‘quvchilar olgan bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish maqsadida:
kasb-hunar bo‘yicha boshlang‘ich layoqat va ko‘nikmalarni olish bo‘yicha — o‘quv amaliyoti;
mutaxassislik sohasi bo‘yicha — ishlab chiqarish amaliyoti;
diplom ishini bajarishdan oldingi malaka oshirish (tajriba orttirish) amaliyoti o‘tkaziladi.
16. O‘quv amaliyoti o‘quvchilarni kasb bo‘yicha umumiy va maxsus fanlarni ongli va puxta o‘rganishga tayyorlash, ularning tanlangan mutaxassislik bo‘yicha amaliy kasb layoqati va ko‘nikmalarini egallashi uchun o‘tkaziladi.
17. Ishlab chiqarish amaliyoti korxona, muassasa, tashkilot faoliyatini o‘rganish va boshlang‘ich amaliy tajribaga ega bo‘lish asosida maxsus fanlarni o‘rganishda olingan bilimlarni mustahkamlashga, kengaytirishga, chuqurlashtirishga va tizimlashtirishga yo‘naltirilgan.
18. O‘quvchilarning diplom ishini bajarishdan oldingi amaliyoti o‘qitishning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi va ularning boshlang‘ich kasb tajribasiga va malakaga ega bo‘lishi, o‘quvchilarning mustaqil ravishdagi mehnat faoliyatiga kasb bo‘yicha tayyorligini tekshirish hamda diplom loyihasi (ishi)ga zarur materiallar to‘plash maqsadida o‘tkaziladi.
19. O‘quvchilarning tajriba orttirishi diplom ishini bajarishdan oldingi amaliyotni o‘tkazish turlaridan biri hisoblanadi va yakuniy davlat attestatsiyasida diplom loyihasi (ishi)ni bajarish nazarda tutilmagan hollarda o‘tkaziladi.
IV. Amaliyotni tashkil etish
20. Amaliyotni tashkil etish uning barcha bosqichlarida:
olinadigan mutaxassislik va beriladigan malakaga muvofiq o‘quvchilarni tayyorlashning zarur va yetarli darajasiga bo‘lgan talablarning bajarilishiga;
o‘quvchilar tomonidan ishlab chiqarish amaliyoti dasturiga muvofiq kasb (mehnat) faoliyati ko‘nikmalarini egallashning uzluksizligi va izchilligiga yo‘naltirilgan.
21. Ishlab chiqarish amaliyoti barcha bosqichlarining mazmuni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tarmoq ta’lim standartiga muvofiq ishlab chiqiladigan ishlab chiqarish amaliyotining namunaviy dasturida belgilanadi.
22. O‘quv amaliyoti o‘quv, o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida, o‘quv xo‘jaliklarida, o‘quv-tajriba uchastkalarida va kasb-hunar kollejining yoki korxona, muassasa, tashkilotning boshqa yordamchi obyektlarida o‘tkaziladi.
23. O‘quv amaliyoti, qoidaga ko‘ra, ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan o‘tkaziladi. O‘quv amaliyoti fanlarni (geodeziya, pedagogika, tibbiyot va boshqa fanlarni) o‘rganishning davomi hisoblanadigan hollarda u maxsus fanlarning o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladi. O‘quv amaliyotlari ro‘yxati kasb-hunar kolleji tomonidan belgilanadi.
24. Ishlab chiqarish amaliyoti:
ishlab chiqarish ta’limi darslari;
amaliy mashg‘ulotlar;
tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqarish amaliyoti dasturi talablariga javob beradigan tovar mahsulotlarni o‘quvchilar tomonidan tayyorlash bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyati ;
o‘quvchilarning tajriba-eksperiment, konstruktorlik, ixtirochilik ishlarida qatnashishi shakllarida o‘tkaziladi.
25. Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish muddatlari kasb-hunar kolleji tomonidan, o‘quvchilarning nazariy jihatdan tayyorlanganligini va kasb-hunar kollejlarining (ustaxonalar, o‘quv poligonlarining), o‘quv-ishlab chiqarish bazasining, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
26. Ishlab chiqarish amaliyoti uzluksiz siklda, shuningdek amaliyot mazmuni bilan nazariy o‘qitish o‘rtasidagi aloqa ta’minlangan taqdirda kunlar (haftalar) bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlar bilan navbatma-navbat o‘tkazish orqali amalga oshirilishi mumkin.
27. Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish uchun joylar kasb-hunar kollejlari bilan korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan shartnomalar asosida belgilanadi.
28. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘quvchilarga haqi to‘lanadigan ish joylari, mustaqil obyektlar, ishlab chiqarish amaliyoti dasturlariga muvofiq o‘quvchilarning ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlaydigan uchastkalar berish huquqiga ega.
29. Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashda quyidagilarga majbur:
ishlab chiqarish amaliyoti dasturida nazarda tutilgan topshiriqlarni to‘liq bajarish;
korxona, muassasa yoki tashkilotning ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish;
texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi qoidalarini o‘rganish va ularga qat’iy rioya qilish.
30. Baho va (yoki) sinov ishlab chiqarish amaliyoti har bir bosqichining natijasi hisoblanadi.
31. Ishlab chiqarish amaliyotining kasb-hunar kollejidagi rahbarlari:
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqarish amaliyotining ish dasturini tuzadilar;
yakka tartibdagi topshiriqlar mavzusini ishlab chiqadilar;
o‘quvchilarni mutaxassisliklar bo‘yicha taqsimlashda yoki ularni ish turlari bo‘yicha bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazishda qatnashadilar;
amaliyot davrida o‘quvchilar mehnatidan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qiladilar;
o‘quvchilar tomonidan yakka tartibdagi topshiriqlarni bajarishda va diplom loyihasi (ishi)ga materiallar to‘plashda ularga uslubiy yordam ko‘rsatadilar;
o‘quvchilar tomonidan ishlab chiqarish amaliyoti dasturining bajarilishi natijalarini baholaydilar.
32. Korxona, muassasa yoki tashkilotning rahbari yoxud uning o‘rinbosari yoki yetakchi mutaxassislardan biri ishlab chiqarish amaliyotiga umumiy rahbarlik qiladi.
33. O‘quvchilarning hisobot berish shakli kasb-hunar kolleji tomonidan belgilanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 7-son, 71-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/858/2095-son; 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Download 155.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling