Kasb (mutaxassislik) kodi va nomi: Kvalifikatsiya nomi: O‘quv dasturi nomi


O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi


Download 0.49 Mb.
bet43/79
Sana02.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1321261
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   79
Bog'liq
3.51.05.01-Avtomobillarni tamirlash chilangari

O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi

fizika, matematika va kimyo, servis mexanika, elektroservisa va elektronika asoslari, mahsulot sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari hamda chizmachilik.

O‘qitishni tashkiliy shakli

A - Amaliy ta'lim;

Dasturga qo‘yilgan talab

Majburiy

O‘qitish tili

Guruhda belgilangan o‘qitish tili asosida

Baholash tartibi

Baholash bo‘yicha amaldagi tartib asosida

O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash

Yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq


2. O‘quv dasturi mazmuni



Mavzuning
nomi

Mavzuning qisqacha mazmuni

Jami

O‘qitishni tashkiliy shakli

Mustaqil ta'lim

1

Kirish. O‘quv ustaxonasida Xavfsizlik texnikasi va yong‘in havfsizligi qoidalari.

O‘quvchilarni ustaxonalardagi barcha chilangarlik uskunalari, moslamalari, dastgoxlari bilan
tanishtirish. Elektr energiyada ishlaydigan jihozlarni massaga ulanishi. Barcha xavfsizlik servisasi, yong'inga qarshi xavfsizlik, sanitariya gigiyena qoidalari bilan tanishtirish. O‘quvchi jarohat olsa birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.

6

А




2

Dvigatellarni qismlarga ajratish va yig‘ish.

Dvigatellarni qismlarga ajratish, yuvish, tozalash, saralash, yig‘ish va sinash ishlarini ketma ketlikda o‘rganib bajarish.

12

А

6

3

Krivoship- shatun va gaz taqsimlash mexanizmlarini qismlarga ajratish va yig‘ish.

Krivoship-shatun mexanizmini qismlarga ajratish, yuvish va tozalash. Tirsakli val va unga o‘rnatilgan detallarni ajratib yig‘ish. Krivoship-shatun mexanizmini yig‘ish. Gaz taqsimlash mexanizmini qismlarga ajratish yuvish, tozalash. Dvigatel ishonchiligini va uzoq ishlovchanligini oshiruvchi konstruktiv va texnologik tadbirlarni o‘rganish. Dvigatelni ramaga mahkamlash usullari.
Mexanizmlarning afzalliklari va kamchiliklari. Gaz taqsimlash fazalari. Ularning dvigatel ishiga ta'sirini aniqlash.

24

А

9

4

Sovitish va moylash tizimlarini qismlarga ajratish va yig‘ish

Sovitish tizimini germetikligini tekshirish. Matiz avtomobilining sovitish tizimini qismlarga ajratish. Suyuqlik nasosi va ventilator dvigateldan ajratib yig‘ishni o‘rganish. Neksiya avtomobilining sovitish tizimidagi radiator va jalyuzini ishlashini tekshirish.

18

А

6










Termostatlarni detallarga ajratib yig‘ish ishlarini bajarish.
Moylash tizimini germetikligini tekshirish. Dvigateldagi moy satxini shchup yordamida tekshirish. Moy va moy filtirlarini almashtirishni o‘rganib bajarish. Matiz avtomobili dvigateli moy nasosini detallarga ajratib yig‘ish. Dvigatel karterini shamollatish. Shamollatish tizimining atrof-muhitta ta'siri.










5

Benzinli, gaz ballonli, dizel dvigatellarining ta'minlash tizimini qismlarga ajratish va yig‘ish.

Tizimning umumiy tuzilishi va ishlash tartibini o‘rganish. Karbyuratorli va injektorli dvigatellarni taminlash tizimlarini qismlarga ajratish, yuvish, tozalash ishlarini bajarish. L-Jetronik yonilg‘i purkash tizimini detallarga ajratib yig‘ishni o‘rganib bajarish. Xavo filtrlarini tozalash. Yonilg‘i purkash tizimlarida ishlatiladigan datchik va ijrochi mexanizmlarni ishlashini o‘rganish. Ovoz-
so‘ndirgich. Yoqilg‘ini uzatish va yonib bo‘lgan gazlarni chiqarish qismlarining ishlash tartibi
o‘rganish. Dvigatelning uzoq ishlashiga havoning ifloslik darajasining ta'siri.
Dizel dvigatellarini ajratish va yig‘ish. Yonilg‘i filtrlarini tozalash. Xaydovchi nasos, yuqori bosimli yonilg‘i nasosi, forsunkalarni dizel dvigatellaridan ajratib yig‘ish va sinash.
Suyultirilgan neftli gazda ishlovchi avtomobil dvigatelining gaz balonli taminot uskunalarini qismlarga ajratib yig‘ishni o‘rganib bajarish.

18

А

6

6

Transmissiya agregatlarini qismlarga ajratish va yig‘ish.

Ilashish mexanizmidagi tepkini erkin yo‘lini o‘lchashni o‘rganish. Bir diskli va gidravlik xamda elektromagnit kukunli ilashish muftalarini qismlarga ajratib yig‘ish. Yuk avtomobilining ilashish muftasini ajratib yig‘ishni o‘rganib bajarish. Neksiya avtomobilining diafragma prujinali ilashish muftasini ishlash tartibini o‘rganib qismlarga ajratish va yig‘ish.
Uzatmalar qo'tisini qismlarga ajratish, ustki sirtini yuvish va tozalash. Uzatmalar qo'tisidagi moy satxini tekshirish. Shesternalarning tishlari uvalanishi

24

А

9










yoki sinishi, uzatmalar o‘z-o‘zidan uzilishi, shesternalar shovqin bilan ishlashi, ikki uzatma bir vaqtda ulanib qolishi va uzatmalarning ulashning qiyinlashish sabablarini o‘rganish. Sinxronizatorlarni ajratib yig‘ish.
Kardanli uzatmaning avtomobilda joylashishi. Kardan uzatmalarni nazoratdan o‘tkazish. Kardan uzatmalarni qismlarga ajratish. Krestavinalar shiplari toreslarining yeyilishi ularning oralig‘ini o‘lchab aniqlash. Kardanli val vilkasidagi podshipniklar uchun mo‘ljallangan teshiklar yeyilishini aniqlash. Kardanli uzatmaning ikki bosqichda yig‘ish.
Orqa ko‘priklardagi differensial, yarim o‘qlarni qismlarga ajratish va yig‘ish. Asosiy uzatmalardagi moy satxi va germetikligini tekshirishni o‘rganib bajarish.










7

Yurish qismlarini qismlarga ajratish va yig‘ish.

Old g‘ildiraklarning podshipniklarini rostlash. Orqa g‘ildiraklarning podshipniklarini rostlash. G‘ildiraklarning yaqinlashuvini tekshirish. Old ko‘prik balkasining nuqsonlarini aniqlash. Burish sapfalarini tekshirishni o‘rganish. Old ko‘priklarni qismlarga ajratish va yig‘ish. Ramalarning nuqsonlarini aniqlashni o‘rganish. Kronshteynlarni maxkamlash. Amortizator va ressoralarni nuqsonlarini aniqlash va qismlarga ajratib yig‘ish. Shinalarni tamirlash jixozlari bilan tanishish. Shinalarni ko‘zdan kechirish. Shinalardagi xavo bosimini tekshirish zarur bo‘lsa dam berish. Shinamontaj qurilmalaridan foydalanishni o‘rganish.

24

А

9

8

Boshqarish mexanizmlarini qismlarga ajratish va yig‘ish

Rul boshqarmasini qismlarga ajratib va uni yig‘ish. Rul boshqarmasining detallarining servis xolatini ko‘zdan kechirish va sinab ko‘rishni o‘rganib bajarish. Rul chambaragidagi iul'tni o‘lchashni o‘rganish. Rul chambaragi va kolonkasining maxkamlanishini tekshirish. Rul yuritmasi
gidrokuchaytirgichi tizimi birikmalarining tekshirish. Rul boshqarmasiga tashxis qo‘yish asboblaridan foydalanishni o‘rganish. Rul tortqilari sharnirlarining xolatini baxolash va rostlash. Chervyakning rolik bilan tishlashishi rul mexanizmini avtomobildan

24

А

9










ajratib olmasdan rostlash.
Tormoz tizimini qismlarga ajratib yig‘ish. Tizimdagi xavoni chiqarib tashlash va germetikligini tekshirish. Tormoz tizimi naychalarining axvoli va zichligini tekshirish. Tormoz pedali va to‘xtab turish tortqilarini erkin yo‘lini xolatini aniqlash. Bosh tormoz silindridagi tormoz suyuqligini satxini o‘lchash va to‘ldirishni o‘rganib bajarish. Gidroyuritmali va pnevmoyuritmali tormoz tizimlarini qismlarga ajratib yig‘ish va sinash.










9

Avtomobil elektr jixozlarini qismlarga ajratib yig‘ish

Akkumulyator batareyasining nosozliklarini aniqlash. Akkumulyatorlar batareyasini zaryadlash.
Generatorlarni qismlarga ajratib yig‘ish. Startyorlarni nosozliklarini aniqlash. Startyorlarni tok keluvchi simlarini maxkamlash. Chyotkalar va kolektorning kirlanishini tozalashni o‘rganish. Startyorlarni sinash ishlarini o‘rganish. Yoritish va nazorat-o‘lchash asboblarining asosiy nosozliklarni aniqlash. Xaroratni ko‘rsatkichni sinash.

24

А

9

10

Sinov.

Bo'lim yuzasidan o‘quvchilarni dastur asosida amaliyotni bajarishni nazorat qilish. Ko‘nikma va malakalarini oshirish uchun sharoit yaratib berish. O‘quvchilarni bo'lim yuzasidan yakuniy nazorat sinovini o‘tkazish.

6

А

3

11

Kirish. Xavfsizlik texnikasini o‘rganish va tekshirish

Mashg‘ulot mazmuni, o‘quvchilarni
avtoxo‘jaliklarning ichki tarkibi, ish vaqti tartibi bilan tanishtirish. Mashg‘ulot dasturi bilan II-III razryadli chilangar bajaradigan ishlar tavsifi bilan tanishtirish. Jihozlar bilan va xavfsizlik servisasi bilan tanishtirish. Ishlab chiqarish mo'taxassisi bilan suhbatlashish.

6

A

3

12

Avtotransport xarakatlanuvchi tarkibiga servis xizmat ko‘rsatish asoslari

Avtomobillarning servis xolatiga tasir etuvchi omillar, avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatish va tamirlash tizimi, avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatish va tamirlashda bajariladigan ishlar tarkibi.

6

A

3

13

Avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatish va

Avtotransport korxonalarida avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatish va tamirlashda ishlatiladigan texnologik jixozlar xamda ularning turlari.

6

A

3







tamirlashda qo‘llaniladigan jixozlar

Avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatish va tamirlashda ishlatiladigan ajratish-yig‘ish xamda tamirlash jixozlari. Avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatishda ishlatiladigan tozalash-yuvish jixozlari. Avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatish va tamirlashda ishlatiladigan diagnostikalash jixozlari. Avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatish va tamirlashda ishlatiladigan moylash-to‘ldirish jixozlari.










14

Avtomobilni umumiy tekshirish

Tashqi kuzatishni ketma-ketligini bilish, avtomobilning holatini va natijani hujjatlashtirishni bilish. Avtomobilni tekshirishning ketma-ketligi, servis holatiga talablar hujjatlari namunasi va ularni to‘ldirish tartibi.

12

A

3

15

Krivoship- shatun, gaz taqsimoti mexanizmlari, sovitish va moylash tizimi servis xizmatini ko'rsatish

Krivoship-shatun mexanizmi (KShM) va gaz taqsimoti mexanizmi (GTM) ning servis holatini baxolash, nosozligini bartaraf etish. Moylash va sovitish tizimini tekshirish va kamchiligini bartaraf etishni bilish. Suv nasosi valini, podshipnigini, tasmalarni, dvigatelni tashxislash. Rostlash ishlarini bajarish. Harakat uzatuvchi tasmalarni, gaz taqsimlash mexanizmidagi klapanlar issiqlik tirkishlarini rostlash. Dvigateldagi birikma yoki uzellarini almashtirishni bilish. Dvigatelning holatini tekshirish tartibi, dvigatel bo‘yicha mahkamlash, rostlash va moylash ishlari. Servisaga talablar va me'yorlar. Dvigatel, krivoship-shatun mexanizmi (KShM) va gaz taqsimoti mexanizmi, sovitish, moylash tizimini ko‘zdan kechirish. Radiator, kompressorni, truboo‘tkazgichlarini, silindr kallaklarini, dvigatelni ramaga mahkamlanishi tekshiriladi. Tasmani tarangligi, klapanlar issiqlik tirkishlari tekshirib rostlanadi. Dvigatelni mahkamlash, silindrlar qopqog‘ini qistirmasi va kiritib-chiqarish gaz o‘tkazgichlarni qistirmalarini almashtirishi ishlari

36

A

12

16

Ta'minlash tizimiga servis xizmat

Avtomobilni ta'minlash tizimini tekshirish va nosozliklarni bartaraf etish. Yonilg‘i va gaz uzatish qismlarini tashxislash Ta'minlash tizimining havo va

18

A

6







ko‘rsatish va joriy ta'mirlash

yonilg‘i filtrlarini tekshirish, tozalash va
almashtirish.Yuqori va past bosimli nasos, yuqori va past bosimli gaz reduktori, karbyurator va
injektorlarni rostlash ishlarini bajarish.Ta'minlash tizimiga servis xizmat ko‘rsatish va
ta'mirlash.Ta'minlash tizimini umumiy tashhislash, Yuqori bosimli nasos, karbyurator va injektorni salt ishlash tartibini rostlash, yonilg‘i sathini rostlash, yongan gazlar tarkibida SO miqdorini aniqlash. Ta'minlash tizimi jihozlariga servis xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash.










17

Elektr jihozlari servis xizmat ko‘rsatish va joriy ta'mirlash

Elektr jihozlarini tekshirish va nosozliklarni bartaraf etish. Elektr energiyasi manbalarini, yondirish jihozlarini, o‘t oldirish tizimlarining yondirish va signalizatsiya jihozlarini, ko‘rsatkich jihozlarini tashxislash va TXK .Elektr jihozlarini umumiy tashxislash, servis xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash. Yurgizib yuborish tizimini va nazorat - o‘lchov asboblarini tekshirish, servis xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash. Generator va startyorni shyotkasini almashtirish, uzgich taqsimlagich kontaktlar
orasidagi oraliqni rostlash.

18

A

6

18

Ilashish muftasi.
Uzatmalar qo'tisi, kardan uzatmalarga servis xizmat ko‘rsatish va joriy ta'mirlash

Ilashish muftasini ishlatishni, tepkining yulini o‘lchash va rostlash. Kardan uzatmasi holatini aniqlash va xulosalash. Mahkamlash detallar orasidagi oraliqni tekshirish va kamchiliklarni bartaraf etish. Kardan uzatmasini qismlarga ajratish va yig‘ish ishlari. Ilashish muftasi, kardan uzatmasi va uzatmalar qo'tisiga servis xizmat
ko‘rsatish.Ilashish muftasi, tepkining prujinasini olib qo‘yish. Kardan uzatmasining holatini tekshirish, silindrni birikmalardagi detallar orasidagi oraliqni tekshirish. Kardan uzatmasini qismlarga ajratish va yig‘ishni bilish. Uzatmalar qo'tisini holatini mahkamlashni tekshirish. Salnikni almashtirish, karterdagi moy sathini tekshirish va kamini quyish.

36

A

10

19

Orqa ko‘prikga servis xizmat ko‘rsatish va

Orqa ko‘prikning germetikligini, mahkamlanishini tekshirish. Podshipniklarni lyuftini tekshirish va sozlash. Ko‘prikni ta'mirlash ishlari.Orqa ko‘prikka

12

A

6







joriy ta'mirlash

servis xizmat ko‘rsatish va joriy ta'mirlash.Orqa ko‘prikni holati, germetikligi, mahkamlanishini tekshirish. Yarim o‘qlarni shpilkalarini mahkamlash, asosiy uzatmani podshipniklarini rostlash. Shpilka, yarim o‘q, salniklarni almashtirish. Karterdagi moy sathini o‘lchash va quyish.










20

Oldingi ko‘prik, rul boshqarmasiga servis xizmat ko‘rsatish va joriy ta'mirlash

Rul boshqarmasini gidravlik tizimi germetikligini tekshirish. Rul chambaragini erkin yo‘lni, sharnirlardagi lyuftini tekshirish. Oldingi ko‘prikni balkasini joylashishi holatini
tekshirish.Boshqariluvchi g‘ildirakni o‘rnatish
holatini tekshirish.Rul boshqarmasi va oldingi ko‘prikni joriy ta'mirlash.Gidravlik kuchaytirgichli nasos germetikligini tekshirish, rul mexanizm karterini, rul chambaragini mahkamlanganligini tekshirish. Rul chambaragining erkin yo‘lini tekshirish. Sharnirli birikmalari holatini tekshirish. Gupchak podshipnigining holatini tekshirish va rostlash. Shkvoren sapfasi, vtulkalarni, bo‘ylama ko‘ndalang tayanchlarini, tormoz barabani va gupchak podshipniklarini almashtirish. Moyning sathini tekshirish. Rul tayanchlarini moylash. Gupchakdagi moyni almashtirish.

36

A

9

21

Tormoz boshqarmasiga servis xizmat ko‘rsatish va joriy ta'mirlash

Tormoz tizimining germetikligini tekshirish. Tormoz mexanizmlarini servis holatini aniqlash. Pnevmatik va gidravlik tormoz tizimlarini rostlash.Tormoz tizimiga servis xizmat ko‘rsatish va
ta'mirlash.Gidravlik va pnevmatik tormoz tizimining germetikligini tekshirish. Tormozlanish samarasini tashxislash va rostlash. Tormoz mexanizm detallarini umumiy holati, fraksion qoplamani, tormoz barabani, yuritmasini, qoplamalarning holatini tekshirish va rostlash ishlarini bajarish.

24

A

9

22

Kabina, platformaga servis xizmat ko‘rsatish va joriy ta'mirlash

Kuzov, kabina va platformalarni servis holatini tekshirish. Kabina va platformani mahkamlash, eshik, oyoq tagligi va kanoplarni mahkamligini tekshirish. Kuzov va platformalarni zangdan ajratishni bilish.Kuzov, kabina va platformalarga servis xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash.Kuzov, kabina va platformalarni nuqsonlarini aniqlash,

12

A

3










mahkamlash, moylash ishlarini bajarish. Zanglashga qarshi ishlarni bajarish. Eshik, kapot va boshqa kuzov va kabina qismlarini ta'mirlash, kuzovni ag‘darish mexanizmini tekshirish. Gidravlik ko‘targichni moyini tekshirish.










23

Avtomobillarni umumiy va elementlari bo‘yicha diagnostikalash

Tashxislash turlari, D-1, D-2 va D. Avtomobilning quvvati, tejamkorligi va atrof muxitga tasir ko‘rsatkichlari bo‘yicha tashxislash. Tormoz effektivligi bo‘yicha avtomobillarni tashxislash. Yo‘l sharoitida tekshirish.

12

A

6

24

Avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatish va joriy tamirlash ishlarini tashkil etish.

Zamonaviy avtotransport tarmog‘i korxonalari tavsifi. Texnologik jarayon to‘g‘risida tushuncha. Avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatish texnologik jarayonlarini tashkil qilish. Avtomobilni joriy tamirlash texnologik jarayonini tashkil qilish.

12

A

3

25

Amaliy nazorat mashg‘uloti.
Sinov

O‘quvchilarni dastur asosida o‘quv amaliyotning bajarishni nazorat qilish. O‘quvchilarni ko‘nikma va malakalarini oshirish uchun sharoit yaratib berish. O‘quvchilarni davomatini nazorat qilish.

6

A

3




Жами




432




151



  1. O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash

O‘quv dasturi davomida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar ichki nazorat bo‘yicha amaldagi tartib asosida baholanadi. Baholash usullari savol-javob, test, amaliy topshiriqlardan iborat bo‘lib, ular o‘quv elementini o‘zlashtirish natijalarini aniqlashga imkon beradi. Nazorat savollari va topshiriqlar qo‘yilgan maqsadga hamohang bo‘lishi lozim.

  1. Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:

  1. Shavkat Mirziyoyev “Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” Toshkent - “O‘zbekiston”-2017.

  2. Shavkat Mirziyoyev “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” Toshkent - “O‘zbekiston”-2017.

  3. Shavkat Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz” Toshkent - “O‘zbekiston”-2018.

  4. Shavkat Mirziyoyev “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi” Toshkent - “O‘zbekiston”-2019.

  5. O.U.Salimov “Avtomobillarni tuzilishi, servis xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash”, “Ilm Ziyo” Toshkent-2016 yil.

  6. O.Salimov, J.Qulmuxamedov Avtomobilarning tuzilishi, servis xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash “Ilm Ziyo” Toshkent-2017 yil

  7. A.Muxitdinov, J.Qulmuxamedov “Transport vositalarining tuzilishi”, “Ta'lim nashriyoti” Toshkent-2019yil.

  8. G‘.N.Maxmudov “Avtotransport vositalarining elektrjixozlari”, “Ilm Ziyo” Toshkent-2014yil.

  9. A.I.Komilov, Q.A.Sharipov, N.T.Umirov, Z.Y.Yusupov “Traktor va avtomobillar”, “Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” Toshkent-2007yil.

  10. A.Muxitdinov, V.Sattivaldiyev, Sh.Xakimov “Transport vositalarinig tuzilishi”, “Ta'lim nashriyoti” Toshkent-2014yil.

  11. D.I.Xoshimov “GM-Uzbekistan avtomobillarning konstruksiyasi”, “Avtomsan” Toshkent-2017yil.

  12. K.Shestonalov “Ustroystvo, texnicheskoye obslujivaniye i remont legkovqx avtomobiley”, Izdatelskiy sentr “Akademiya”-2000g.

  13. D.I. Xoshimov, G‘.N.Maxmudov “Yengil avtomobillarning tuzilishi”,“Avtomsan” Toshkent-2019 yil.

Internet saytlar.

  1. http://www.lee.de- avtomobil tuzilishi to‘g‘risida.

  2. http://www.bk-dtp.de- avtomobil tuzilishi to‘g‘risida.

  3. http://www.kfz-technik.de- avtomobil tuzilishi to‘g‘risida.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling